Durroniylar sulolasining hukmronligi zaiflashdi. Ahmadshoh-
ning vorislari bu ikki omilga qarshi
qanchalik kurashmasinlar,
ularni bartaraf eta olmadilar.
Durroniylar sulolasi hukmronligining barham topishi.
Ayni
paytda vorislar o‘rtasida toj-u taxt uchun kurash ham avj
oldi. Bundan boshqa qabilalar xonlari foydalanishga urindilar.
C hunonchi, barakzaylar yetakchisi Fathxon taxt uchun
kurashda
hali u vorisni, hah bu vorisni qo‘llab, davlatda bosh
vazir lavozimini egallab oldi va butun davlat ishlarini amalda
o‘z qo‘lida to ‘plashga erishdi.
U
yirik harbiy sardorlardan biri, ukasi D o ‘st M uham-
madxon yordamiga tayanardi. Ular Afg‘onistonning deyarli
barcha yirik viloyatlari hokimlarini o ‘zlariga
qarashli kishilar-
dan tayinlanishiga erishdilar.
Uzoq davom etgan o‘zaro kurashlardan so‘ng 1826-yilda
D o‘st Muhammadxon Afg‘oniston taxtini egalladi va o‘zini
amir deb e’lon qildi. Shu tariqa Durroniylar sulolasi hukm
ronligi barham topdi. Mamlakatda Barakzaylar sulolasi hukm
ronligi o ‘rnatildi.
Bu sulola hukmdori amir D o ‘st Muhammadxon butun
Afg‘onistonni yagona davlatga birlashtirish va uni kuchli
davlatga aylantirishga harakat qildi.
Dostları ilə paylaş: