Jahon tarixida soxibqiron amir temurning savdo-sotiq va pul siyosati


I.2. Amir Temur Movaraunnahr xukumdori



Yüklə 196,17 Kb.
səhifə4/10
tarix16.12.2023
ölçüsü196,17 Kb.
#182130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
JAHON TARIXIDA SOXIBQIRON AMIR TEMURNING SAVDO-SOTIQ VA PUL SIYOSATI.

I.2. Amir Temur Movaraunnahr xukumdori.

Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Tarag‘oy esa barlosurug‘ining oqsoqollaridan hamda Chig‘atoy ulusini e’tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Tarag‘oy ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo‘yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yig‘inlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Api Yazdiyning ta’kidlashiga ko‘ra, «ulamo va sulaho va muttaqiylarg‘a mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi...». Tarag‘oybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri bo‘lgan. Tarag‘oybek 1360 yilda vafot etgan.


Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga berdi. Amir Temuryoshlik chog‘laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shu asnoda Amir Temurtulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir bo‘lib voyaga yetgan. Amir Temurtabiatan og‘ir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo‘lgan. Shu tufayli o‘spirinlik chog‘laridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli do‘stlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi do‘stlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) to‘planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo‘lishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy bo‘linma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temurqo‘shinida lashkarboshilik darajasigacha ko‘tarilganlar.
Amir Temur o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o‘zaro kurashlarida kat-nashib, jasorat ko‘rsatgan, janglarda chi-niqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dong‘i butun Kashkadaryo vohasiga yoyil-gan. Amir Temurning aklu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnaxrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazatn bilan yakinlashtirdi. Xonda-mirtlnt yozishicha, otasi amir Taragoy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk og‘oga, so‘ngra o‘sha yili (1355) Qazag‘onning nabirasi va amirHusaynning singlisi O‘ljoy Turkon ogoga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo‘g‘ullarga karshi kurashadilar2.
Amir Temurning Movarounnahrni birlash-tirish yo‘lidagi harakati XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o‘zaro kurashi kuchay-ib, amir Qazag‘on o‘ddirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og‘ir tanglik sodir bo‘ddi. Xondamir-ning «Habib us-siyar» kitobida kelti-rilgan ma’lumotlarga qaraganda, ulus o‘nga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘li-nib ketgan.
Samarkand viloyatida amir Bayon sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xo‘jandda amir Boyazid jaloir, Balxda Uljoy Bug‘a sulduz, Shibirg‘onda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Ko‘histonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar o‘zlarini hoki-mi mutlaq deb e’lon qiladilar. Bu davrda Chig‘atoy ulusining sharqiy qismi — Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo‘g‘ul xonlari Movarounnahrdagi og‘ir siyosiy va-ziyatdan foydalanib, bu yerda o‘z hokimiyatini o‘rnatishga harakat kiladilar.
Jeta xonlaridan Tug‘luq Temur va uning vorisi Ilyosxoja 1360 — 61 va 1365 yil larda Movarounnahrga bir necha bor bo-stirib kiradilar. Mo‘g‘ul xonlarining boskinchilik yurishlari va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi. Biroq, Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bo‘lib, mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashga jur’at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga o‘ta-di, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, o‘zga mamlakatlardan boshpana iz-laydilar. Amir Temurning amakisi, Kesh viloyatining hukmdori amir Hoji barlos Xurosonga qochadi. Mana shunday og‘ir pallada siyosat maydoniga Amir Temurkiradi. Mo‘g‘ullarga qarshi turish uchun kuchlar nisbati teng emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur1360 yilning boshida Tug‘luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga o‘tib, uning yorlig‘i bilan o‘z viloyatining dorug‘asn etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojliqdan qo‘yilgan siyosiy hamda strategik qadam bo‘lib, bu bilan Amir Temurmo‘g‘ullarning navbatdagi talon-tarojining oddini olgan, mamlakat va xalqni falokatdan qutqar-gan edi. Biroq, Movarounnaxrning hukm-dori etib tayin qilingan Ilyosxoja va uning lashkarboshisi amir Bekki-chik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi.
Xivaning jangida, Urganjiy dashtida Amir TemurTug‘luq Temurning yana bir raqibi — qaynog‘asi amir Husayn bilan uch-rashadi. Amir Temurmo‘g‘ullar bilan kurashish maq-sadida u bilan birlashib, ikkovlon kuch to‘plashga kirishadi. Dastlab ular Tug‘luq Temurxonning farmoniga binoan Amir Temurni ta’qib qilishga kirishgan Xiva dorug‘asi To‘qol (Tavakkal) bilan jang qiladilar. So‘ngra 1362 yilning kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qut-biddinning tarafida turib mekroniy-lar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda Amir Temur o‘ng kif-ti va o‘ng oyog‘idan jarohatlandi.
Amir Temurva amir Husayn keyingi ikki yil davomida Ilyosxoja boshliq Jeta lashkari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat, 1364 yil oxirida ular mo‘g‘ul qo‘shinlarini Movarounnahr qududidan quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ladilar. Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365 yil ning bahorida yana Turkiston ustiga qo‘shin tortadi. Toshkent bilan Chinoz oralig‘ida ikki o‘rtada sodir bo‘lgan jang tarixda «Loy jangi» nomi bilan shuhrat topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida mag‘lubiyatga uchraydilar va o‘z qo‘shinlari bilan Amu-daryo bo‘ylariga chekinib, Balx viloyatida o‘rnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xo‘jand, Jizzax va boshqalar bir qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand o‘sha paytlarda katta qo‘shinga qarshilik ko‘rsata olmasdi. Shaharning na devori va na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan edi, lekin mo‘g‘ullarga qarshi xalq ko‘ta-riddi, sarbadorlar shahar mudofaasini o‘z qo‘llariga oddilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarkand shaxrida mo‘g‘ullarga qaqshatqich zarba beradilar.
Ilyosxoja dastlab Samarqandni, so‘ngra butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Sarbadorlarning mo‘g‘ullar ustidan qozongan g‘alabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir Temurga ham borib yetgan. Amir Temurqishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo bo‘yida o‘tkazib, 1366 yil bahorida Samarqandga yo‘l oldi-lar. Ular Konigita to‘xtab sarbadorlarning dushman ustidan qozongan g‘alabala-ridan mamnun bo‘lganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildi-radilar. Biroq, sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrug‘i bilan Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga tortiladi. Mavlonozoda-ni esa Amir Temuro‘z himoyasiga olib kutqarib qoladi. Shutariqasarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning hukmronligi o‘rna-tiladi, ammo ko‘p vaqt o‘tmay Husayn bilan Amir Temuro‘rtasidagi munosabat keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib borayotgan-ligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, uning qal’a devorla-ri va istehkomlarini mustahkamlash-ga kirishadi. Balx, Qunduz va Badaxshondan ko‘p sonli lashkar ham to‘playdi. Kesh va Qarshi viloyatlariga bosh bo‘lgan Amir Temurham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik ko‘radi. 1366 — 70 yillar o‘rtasida bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tadi.
XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni bir-lashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmokda edi. Amir Husayndan ko‘ra Amir Temurzamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham o‘z faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnaxrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temurtarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo ichki g‘animlari-dan boshlaydi. 1370 yil bahorida Amir Temuramir Husaynga qarshi yo‘lga chiqadi. Qo‘shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga yetganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nog‘ora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temurbuni yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Balxga yetmasdan O‘rpuz mavzeida u amir va no‘yonlari bilan kengash o‘tkazadi. Ko‘pchilikning xohish va ixtiyori bilan, o‘sha davr qonun-qoidalariga ko‘ra, chingiziylar avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmish o‘g‘lon Movarounnahr podsholigi taxtiga o‘tqazildi.
Amir Temur qo‘shini to Balxga yetib borgunicha, unga yo‘l-yo‘lakay yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shildi. Shu asnoda amir Husaynni ko‘pchilik amirlari tark etdilar. Jangda amir Husayn qo‘shinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan so‘ng, 1370 yilning 10 aprelda Balx shaxri Amir Temurga taslim bo‘ldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. Bu g‘alabadan so‘ng Amir Temur Movarounnahrning chingiziylardan bo‘lgan hukmdori Qozonxonnpsh qizi Saroymulk xonimnn o‘z nikohiga ola-di. Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan Amir Temur «ko‘ragon», ya’ni «xon-ning kuyovi» unvonini oldi.
1370-yilning 11-aprelda Chig‘atoy ulusining barcha beklari, amirlari, viloyat va tumanlarning dorug‘alari hamda Termizning sayyidlari (xudo-vandzodalari), shuningdek Amir Temurning yoshlikdan birga bo‘lgan quroldosh do‘stlari va piri Sayyid Barakaning ishtirokida o‘tkazilgan qurultoyda an’anaga ko‘ra chingiziylardan Suyur-g‘atmishxon mamlakat hukmdori deb e’lon qilingan bo‘lsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temuro‘zi boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni o‘g‘illari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qildi. Samarqand Amir Temurdavlatining poytaxtiga aylantirilib, o‘sha yilning yozida shahar devori va qal’asi tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi.
Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mavqeini mustahkamlab, ko‘pdan davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish maqsadida Amir Temur (1370 yil iyunida) Samarqandda katta qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qo‘shin tuzish masalalari muhokama etildi.
El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temurqo‘shinning tuzilishiga katta ahamiyat berdi. U «amir» va «amir ul-umaro» kabi yuqori darajali harbiy unvonlar jo-riy qildi. Qo‘shinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan, u ayniqsa lashkar-boshilarni tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda intizom masalalariga nihoyatda e’tibor beradi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, dastlabki vaqtlardayoq mamlakatda ro‘y ber-gan og‘ir iqtisodiy tanglikni bartaraf qilish uchun eng avvalo soliq tizimini tartibga soddi. Davlat soliqparini yi-g‘ishda aminlar, kalontarlar va soliq yig‘uvchilarni ra’iyatga nisbatan insof va adolatli bo‘lishga, qonunga xilof ish tutmaslikka chaqirdi, chunki saltanatning barqarorligi ko‘p jihatdan ra’iyatning hol-ahvoli, uning davlat va davlat boshlig‘iga bo‘lgan sadoqatiga bog‘liq. Ra’iyatni himoya qilish qonun bilan mustahkamlangan, qonun barchaga barobar bo‘lgan. Amir Temurnafaqat o‘z xalqini, balki zabt etilgan mamlakatlarning aholisini ham imkoni boricha qonun himoyasiga olgan. Ularni asirlik va talontarojlardan saqlagan.
Amir Temur Movarounnahrni mo‘gullar hukmronligidan ozod etib, bu qad. mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan bo‘lsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik o‘rnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temurhakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va Shimoliy. Hududlari notinch edi. Mo‘g‘uliston bilan Oq O‘rda hukmdorlari Farg‘ona vodiysining sharqi, O‘tror, Yassi (Turkiston) va Sayram shaxrilariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talon-taroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temurdastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370 yil kuzi va 1371 yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirg‘on viloyati bo‘isundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temurhokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq O‘rda hukmdorlariga suyanib, hanuz bo‘ysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir TemurChig‘atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni o‘z davlatiga ko‘shib olish siyosatini tutdi. Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yo‘l bilan hal etilma-gach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi.
Birinchi yurishi 1371 yil yoz (iyul)ida Kot shaxrini egallash bilan yakun-landi1. Amir Temurning 1373 yil bahori va 1375 yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin O‘rda xoni To‘xtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf so‘fi, uning yordamida Amir Temurdavlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorako‘l viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379 yilda Amir Temurni to‘rtinchi marotaba Xorazmga qo‘shin tortishga majbur etdi. Pekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf so‘fi ilgari Xorazmning Chig‘atoy ulu-siga tegishli bo‘lgan janybiy sharqiy (Kot va Xiva shaxrilari birga) qismini yana qay-tadan bosib oldi. Amir Temurdavlatiga nisbatan Yusuf so‘fining tutgan bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshinchi marta yurish qilishiga sabab bo‘ldi. 1388 yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga bo‘ysundiriddi.
Bu orada Amir TemurMo‘g‘uliston hokimi Qamariddin bilan ham to‘qnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga bo‘lgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370 — 71 yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376 yilda esa Qamariddin hatto Farg‘ona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temurmamlakatning Shimoliy-sharqiy hududlariga nisbatan bo‘layotgan muttasil taxdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371 — 90) mobaynida Sohibqiron Mo‘g‘ulistonga yetti marta yurish qilib, mo‘g‘ul hukmdorlari Anqoto‘ra va Kamariddin ustidan g‘alaba qozondi. Shu zaylda Amir TemurMovarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, o‘zaro nizolar, shuningdek Mo‘g‘uliston tomonidan bo‘lib turgan tazyiqqa chek qo‘yib, ushbu hududda yashovchi elu elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijo-biy ahamiyat kasb etdi. Ammo, Amir Temurbu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qo‘shni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni o‘ziga bo‘ysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Bu davrda Oltin O‘rda, Xuroson va Erondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qo‘l keldi.
Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi. 1381 yil u Hirotni egalladi. Saraxs, Jom va Qavsiya shaxrilari jangsiz taslim bo‘ldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strate-gik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Eron, Iroq, Shom va boshqalar mamla-katlarga o‘tishda ko‘prik vazifasini o‘tardi. 1381 — 84 yillar davomida Amir TemurEronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qal’alari, 1384 yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaxrilari bo‘ysundiradi.
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda «uch yil-lik», «besh yillik» va «yetti yillik» urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386 — 1388) harbiy yurishlar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning Shimoliy. qismi, Gurjiston va Van ko‘li atrofidagi yerlar egallandi.
Amir Temur shu bilan birga Shimoliy.-g‘arbdan, ya’ni Oltin O‘rda tomonidan bo‘layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To‘xtamishga qarshi uch marta qo‘shin tortishga majbur bo‘ldi. U 1389 yil da Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391 yilning 18 iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol shaxrilari oralig‘ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida(Kunduzcha jangi) va nihoyat, 1395 yilda Shimoliy Kavkazda Terek daryosi bo‘iida To‘xtamish qo‘shiniga kakshatqich zarba beradi. Amir Temurharbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar g‘orat qilindi. Amir TemurTo‘xtamishni quvib Ryazan viloyatiga-cha bordi va Yelets shaxrini ishg‘ol qildi. Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva yurishini shunday ta’riflaydi: «Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshi’or cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andag‘i hokimlarni tobe’ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti...». Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari xam kuchli aziyat chekdi. Qizig‘i shundaki, Amir TemurIdilning Turo-tur kechuvi bo‘yida O‘rusxonning o‘g‘li Quy-richoq o‘g‘lonni chaqirtirib, unga qo‘lga kiritilgan sobiq Jo‘chi ulusini in’om etdi. Rossiya tarixchilari D. Grekov va A. Y. Yakubovskiy yozishlaricha, Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.
Shundan so‘ng Amir Temurbutun e’tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 — 96) urush davomida G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi.
Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan urushi (1398 yil may 1399 yil mart) qariyb o‘n bir oy davom etdi. Amir TemurHindistondan katta o‘lja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan qaytdi. O‘lja-larning bir qismi qo‘shinga taqsimlab berildi, qolgani Samarqand va Kesh shaxrilarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.
Amir Temurning 1399-1404 yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Ba-albek (Ba’albak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabilaning Ubuliston o‘lkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bag‘dod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara jangiaa Amir Temurjahonning bukj sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim us-tidan g‘alaba qozondi. Turkiya sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, o‘g‘illari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushdilar. So‘ng, Amir TemurAnadoluni egallab, O‘rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shaxrini zabt etdi va salibchilarnchnt Yaqin Sharqsagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. So‘ngra, Egey dengizida joylashgan Xios vaLesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim bo‘ldilar, Misr ham o‘z itoatkorligini izhor etdi. Amir TemurAnqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaxrilarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yig‘ib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qo‘lga kiritdi. Birgina Bursa shaxridan olingan oltin va javohirlarning o‘zi kattagina karvonga yuk bo‘lgan. Bandi qilingan Boyazid o‘rdugohga olib kelingach, Amir Temur unga xurmat va extirom ko‘rsatdi. Uning vafotidan so‘ng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat ko‘zi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi.
Chunonchi Boyazidning to‘ng‘ich o‘g‘li Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) shaxri uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning Shimoliy-garbiy qismi suyurg‘ol sifatida Iso Chalabiyga in’om qilinib, Bursa shaxri uning poytaxtiga aylantirildi. Usmonli turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi. Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida bo‘lmagan, chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun ham Amir TemurUsmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qo‘lini cho‘zdi. Shunday bo‘lsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu galaba bilan Amir Temur ni Fransiya qiroli Karl VI (1380 — 1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 — 1407) tabriklab, unga max-sus maktub yubordilar. Chunki Amir Temurendigina uygonayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Amir TemurKichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404 yil 27 noyaboshqalarda 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan Xitoy sa-fariga chikdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning O‘trorda vafoti (1405 yil 18 fev.) tufayli amalga oshmay kolli. Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsa-da, ammo ko‘p vaqt o‘tmay bu noxush xabar mamlakat bo‘ylab tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi.
Amir Temur Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar g‘oyat katta hudud-ni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temurdavlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Shimoliyg‘arbda Quyi Volga, Don buylari; Shimoliy.-sharkda Balxash kuli va Ili daryosigacha; janubi-sharqda esa Shimoliy Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundiriddi. Amir Temurdavlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning «...davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim», degan so‘zlari buning yorqin dalilidir.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qo‘hna dunyoda utgan kup jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bulgan. Uning «Qay bir joydan bir gisht olsam, urniga un g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, urniga unta kuchat ektirdim»2 degan suzlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevin chli hodisani muhtasham me’morlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat bo‘lgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari mamlakatda hasham-dor imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir Temurzabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari (Bag‘dod, Darband, Baylaqon)ni qayta tikladi. Amir TemurTabrizda masjid, SHerozda saroy, Bag‘dodda Madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan bo‘lsa-da, lekin asosiy e’ti-borini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, o‘gli Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi.
Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shaxrini poytaxtga aylantirish niyatida bo‘lib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhurOqsaroy qad ko‘tardi. Amir TemurKeshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar «Qubbat ul-ilm val-adab» unvoniga ega bo‘ddi. Saltanat poytaxti Samarkand Amir Temurdavrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shaxrilarining me’moru binokorlari qo‘li bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bog‘rog‘lar va bo‘stonlar barpo etiladi. Xususan Shohizinda me’moriy majmuasiga mansub Shodimulk og‘o maqbarasi, Shirinbeka og‘o maq-barasi va boshqalar quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroylar qad ko‘taradi. Umuman olganda Samarkand shaxri Amir Temurdavrida o‘zining qad. o‘rni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qal’a devori bilan o‘ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza o‘rnatildi.
Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o‘nlab sug‘orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir TemurSamarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashxur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarkand kattaligi, go‘zalligi hamda te-varak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlar-dan ham ustunroq turmog‘i lozim edi. Hofizi Abruning yozishcha, Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. U davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilim-donlari va ulamolari bilan maslahatlashardi.
Odatda u tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar o‘tkazardi. Amir Temursaroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono Nu’monuddin Xo-razmiy, Xo‘ja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqalar xizmat kilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va ma’naviyat aqliga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi: «Agar Temur qayerda fan uchratsa, ularni o‘z homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom ko‘rsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan o‘z oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqalar lavozimlarda foydalanardi».Amir Temur davrida savdo va hunarmandchilik g‘oyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi.
Klavixo Samarkand bozorlarida bug‘doy va guruchning mo‘lligi va arzonligi haqida gapirib, shahar hunarmandchiligi mahsulotlarini — atlas, kimxob, har xil ip va jun to‘qima mollar, mo‘ynali va ipakli po‘stinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa mollarning serobligini ham ta’kidlaydilar. Bu davrda Amir Temurva uning joy lardagi noiblari Xitoy va Hindistondan O‘rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yo‘nalgan asosiy xalqaro savdo yo‘li — «Buyuk ipak yo‘li»ni nazorat qilib, savdo karvonlari qat-novi xavfsizligini ta’minlashda, rabotlar, qal’alar, ko‘priklar qurish yo‘lida muhim chora-tadbirlar ko‘rdilar va Sharq bilan G‘arb o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g‘oyat katta e’tibor berdilar. Amir Temureng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar o‘rtasidagi tarqoklik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat Movarounnaxr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iktisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqgar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi. Amir TemurYevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik kirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik alokalar o‘rnatdi.1
Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning faoliyati qo‘yilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich (1360—1386)da Amir TemurMovarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo‘lida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo‘lgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliyati O‘rta Osiyo xalklarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yo‘lida shubhasiz ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqpik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat kuchlarini va mo‘g‘ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo‘hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni vaqgda xo‘jalikning asosi bo‘lgan dehqonchilikda muayyan siljishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi ariq (kanal)lar qazilib, dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur biror mamlakatni tasarru-figa olishdan avval albatta o‘sha joy aholisiga tinchlik yo‘lini taklif et-gan, bu yo‘l inkor etilgan holdagina harbiy kuch ishlatgan.
Amir Temurhayotligi chog‘idayoq saltanatni asosan to‘rt qism (ulus)ga bo‘lib, o‘g‘il, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruxta, G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Miron-shohta, Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi SHeroz) Umarshayxga, Afgoniston va Shimoliy. Hindiston (markazi G‘azna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadta suyurg‘ol qilib berilgan. Amir Temurdavlati o‘ziga xos tartib-qoidalarga asoslangan holda idora etilgan. Amir Temurasos solgan bu davlat Xuroson va Movarounnahrda XVI-asr boshigacha mavjud bo‘lib, Shayboniyxon tomonidan tugatilgan.
Sho‘rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng bunday qarashlarga barham berildi. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov sa’y-harakati bilan Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni o‘z joyiga qo‘yila boshlandi. O‘zbekistonda uning faoliyatini o‘rganishga va uni ommalash-tirishga keng yo‘l ochildi. «Sohibqiron Amir Temurshaxsi uning ajdodlari bo‘lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalklarning, butun ma’rifiy insoniyatning boyligi»1ga aylandi. Uning nomi O‘zbekistonda abadiylashtiril. qishloqlardagi shoh ko‘chalar, maydonlar, jamoa xo‘jaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqalar uning nomi bilan ataldi.



Yüklə 196,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin