JAHON TARIXIDA SOXIBQIRON AMIR TEMURNING SAVDO-SOTIQ VA PUL SIYOSATI.
Amir Temurning hokimyat tepasiga kelishi Amir Temur bin Tarag’ay 736 hijriy yili (milodiy 1336 yil 9-aprelda) Shaxrisabz shaxriga yaqin Xo’ja ilg’or qishlog’igada tug’ulgan. Otasi tarag’ay barlos urug’ining nufuzli beklaridan bo’lganligi uchun ham har yili bir marta Ila daryosi bo’yidagi Olmaliq shaxriga xon tomonidan chiqariladiganqurultoyga taklif qilinar edi. 1362 yilning kuzida Tug’luq Temurxon Movorounnahrni o’g’li Ilyosxo’jaga qoldirib o’z qaroprgohi Mo’g’iliston (Sharqiy Turkiston)ga qaytib kelayotib, o’g’liga yordamlashish uchun Amir Temurni lashkarboshi qilib qoldirdi. Lekin Amir Temur Ilyosxo’ja bilan chiqisha olmay samarqandni tashlab ketishga majbur bo’ldi.
Shu yili Seistonda bo’lgan janglarda Amir Temur o’ng qo’li va oyog’idan og’ir yaralandi. Ilyosxo’ja 1365 yil Movorounnahrni qaytadan bo’ysunditish ushun Toshkentga yurish boshladi. Amir Temur va Xusayn boshchiligidagi lashkar Ilyosxo’ja qo’shinlari bilan Chinoz va Toshkent oralig’idagi bir maydonda to’qnashdi. Jang paytida kuchli jala quyadi, bu jang tarixda “Loy jangi” deb ataladi. Bu jangda xusayn qo’shinlari bilan jang maydonini tark etadi, oqibatda jang boy berilib, Sirdaryo ortiga chekinadilar. Amir Temur Qarshiga chekinadi, Amir Xusayn daslab Samarqandga, keyin esa janubga Amudaryodan o’tib Ballx qal’asiga keladi. Ilyosxo’ja qo’shinlari uchun Samarqandga yo’l ochiladi, lekin ular Samarqandga kira olmaydi. Chinki bu yerda xalq mo’g’illarga qarshi qo’zgoladi. Qo’zg’olonga Samarqanddagi sarbadorlar boshchilik qiladi. Sarbadorlar xarakatiga Movlonzoda, Abu Bakr Kalaviy xamda Xo’rdak Buhoriy boshchilik qilar edi. Amir Temur va Xusayn samarqand atrofiga kelib sarbadorlar rahbarlari bilan Konigildagi qarorgohida uchrashadilar ularga izzat-ikrom ko’rsatadilar. Amir Xusayn Temurga bildirmay Abubakr Kalaviy va Xo’rdak Buxoriylarni doga tortadi. Amir Temur faqat mavlonzoda saqlab qoladi. Bu esa Amir Temur va Xusayn o’rtqasidagi munosabatlarni keskinlashadi. Ikki Amir o’rtasida asosiy to’qnashuv 1370 yil aprelda Balx yaqinida yuz beradi va Amir Xusayn mag’lub bo’ladi.
1370yil 9-aprel kuni Chig’otoy ulusining barcha beklari Balx shaxriga to’planib quriltoy o’trazadilar va Amir Temurni Movorounnahr hukmdori etib taynladilar. Amir Temur Chig’atoy avladidan Qozonxonning qizi Saroymulkxonimni nikoxiga oladi va “Ko’ragon” (mo’g’ilchada - kuyov) nomini oladi.
Amir Temur xokimyat tepasiga kelgan davrda Turon va boshqa mamlakatlarda feodal tarqoqlik, parokandalik va o’zaro urushlar avjiga mingan, ayrim siyosiy –harbiy guruhlar Turon va unga qo’shni yerlarga talon-tarojlik hujumlarini kuchaytirgan edi.
Shuning uchun xam Amit Temur o’z davlat sarxadlarini mustaxkamlash uchun eng oldin harbiy yurishlarni Mo’g’ilistondan boshladi. Amir Temur 1371-1390 yillari Mo’g’ilistonga etti marta harbiy yurish yushtirdi va oxitgi harbiy yurishida Qamariddin va uning amirlarini Irtish daryosining narigi tomoniga surib tashladi. Amir Temur Movarounnaxrning g’arbidagi Xorazm xarazmshohlaridan Husayn, Yusuf va Sulaymon So’fiylarga qarshi 1370-1390 yillari besh marta harbiy yurish olib borib, Xorazmni o’z davlati tasarrufiga kiritdi.
Amir Temur jahondagi 27 mamlakatni bosqichma-bosqich o’z davlati tarkibiga kirib, yagona davlat sifatida birlashtirdi va ularni iqtisodiyoti – moliya tizimini takomillashtirdi. Davlat boshida bosh xukmdor- Amir Temur turgan bo’lsa, ikkinchi bo’lib moliya devoni turgan. Bu devonni bitta devonbegi va uning kotibiyati boshqarardi.
Moliya devonining asosiy vazifasi- davlat soliq ishlarini yuritish, qishloq xo’zalik ishlarini boshqarish, davlat xazinasiga turli daromat tushumlarini keltirish, tangalar zarb qilish va soliqlar bilan bog’liq qonunbuzarliklar hamda boshqa iqtisodiy muammolar bilan shug’ullangan. Dorug’alarni taynlash va vazifasidan ozod qilish ishlarini moliya devoni hal qilgan.
Davlat xazinasi Samarqanddagi Ko’ksaroy va Hirotdagi Ixtiyoriddin qal’asida saqlanardi. Amir Temur davlatning mustaqil moliya siyosatini takomillashtirish uchun o’z davlati tarkibiga kirgan barcha mamlakatlar moliyasini bir tizimga birlashtirdi va ularni ma’muriy boshqarish talablari asosida idora qilish usullarini joriy qildi. Agar Evropada birinchi byudjet tuzilishi Angliya va Fransiyada XVII-asrda paydo bo’lgan bo’lsa, Amir Temur o’z davlatida undan 3 asr avval mamlakatni idora etishda byujetning dasrlabki kurtaklarini ishlab chiqdi va joriy qildi. Moliya –pul tizimini rivojlantirilishi mamlakatni yuksalishiga kuchli ta’sir qilardi. Pulning jamiyat iqtisodida o’ynagan roli kuchayib borganligi uchun qishloq xo’jalik mahsulatlaridan olinadigan soliqni naqd aqcha bilan olish imkonini berdi. Bu davrda asosan qishloq xo’zaligi bilan bog’liq ikki turdagi – xiroj va ushr solig’idan boshqa savdogarlar va hunrmandlar zakot to’laganlar, chegaradan o’tgan mollar hisobidan boj olingan. Bular davlat xazinasi manbai bo’lgan. Bundan tashqari oltin va kumushga o’xshash nodir metallarni qazib olish va ularni sotish, tangalar zarb qilish, turli jarimalar, sovg’alar, varissiz mol mulklar davlat xazinasiga kelib tushar edi. Davlat byujetidagi xodinlarga oylik maosh berishda pul va ya’ni moddiy (natura) normalarida to’lash tizimi qo’llanilgan.
Amir Temur davrida zarb qilingan barcha tanga pullar eng asosiy to’lov vositasi sifatida davlatning ichki va tashqi savdo aloqalarida qo’llanadigan yagona pul birligi (valyuta) bo’lganligi uchun ham bu pullar Amir Temur davlatining halqaro siyosiy va iqtisodiy qudratini oshirishga va mustahkamlashga hizmat qilgan.
Amur Temur (1370-1405 y. hukmronlik qilgan davrlarda) davlatining tanga pullariga talab va ehtiyoji kuchli bo’lganligi uchun ham bu pullar nafaqat Movarounnahrdagi markaziy shaharlarda, balki Huroson, Eron, Iroq, va Ozarboyjon hududlarida, chunonchi, Astrobod, Astora (Ashpara), Baku, Basra, Bog’dod, Bamiyon, Damg’on, Darband, Yazd, Isfahon, Qarshi, Kashon, Kermon, Qum, Mordin, Mahmudobod, Mashhad, Sava, Samarkand, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Shabankar, Shiroz, Shemaha, Shayh Abu Ishoq Hirot va boshqa 40 ga yaqin shaharlarda ham zarb qilingan.
Yozma manbalarda biz yuqorida tilga olgan hududlardagi shaharlardan boshqa Hindiston, Turkiya, Misr va SHom podshohlari ham Amir Temur nomi bilan tilla, kumush tangalar zarb qilganligi ma`lum. Masalan, Ibn Arabshox o’zining "Amir Temur tarixi” asarida "Turk sultoni Boyazidning ustidan g’alaba qilgandan so’ng uning o’g’illaridan Rum podshohlaridan biri Isfandiyor Amir Temur huzuriga kelib, Amir Temurga itoat izhor etdi. Temur uni sevinch bilan qarshi olib, Isfandiyorni Rumdagi o’z martabasida barqaror etdi va unga o’z tevarak-atrofdagi amirlarga Mahmudxon va ulug’ Amir Temur Ko’ragon nomi bilan hutba o’qitib, pul zarb qilishlarini amr etdi” - deb yozsa, SHarafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"da: "Amir Temur Turk sultoni ustidan g’alaba qilgandan so’ng o’z elchilarini shu davrdagi Misr va SHom podshohi Barquqning o’g’li Malik Nosirga jo’natdi. Malik Nosir Amir Sohibqironga muholifat bo’lish mumkin emasligini anglab, o’z taqdirining omonligini tilab, Amir Temur nomiga hutba o’qitib tangalar zarb qildi" - deb qayd etadi.
Amir Temur o’zi qurgan juda katta davlatning pul-moliya ishlarini bir markazdan turib boshqarish qiyinligini tushunganligi uchun ham yerli hokimiyatlarga markaziy hokimiyatni etirof qilgan holda, o’z nomi bilan pullar zarb qilishga ijozat bergan edi.
Kimki Amir Temur nomi bilan e`mas o’z nomi bilan tangalar zarb qilsa, unday shahslar qatiy jazolangan. Masalan, «Fors va Iroqda 1392 yillari hukmronlik qilgan Muzaffar va Sulton Ahmadlar o’z nomi yozilgan tangalar zarb qilganidan darg’azab bo’lgan Amir Temur ularni tutib, butun mollari va hazinasini musodara qilib, 1393 yili Forsni shahzoda Umarshayh Mirzoga berdi".
Tanga pullarning davlat belgilab bergan andoza (standart) buyicha, oltin, kumushning sofligi va vazniga alohida etibor bergan holda zarb qilinishi davlat tomonidan qattiq nazorat qilib turilar edi. Ayni chog’da bu tangalardagi mahalliy bezaklarning o’ziga hos nafisligi saqlanib qolgan bo’lib, Hirot, Mashxad, Isfahon, Tabriz va Bog’dodda zarb qilingan tangalarda bu hususiyat yaqqol ko’zga tashlanadi.
Amir Temur o’zining birinchi tanga pullarini 774/ 1372-73 yillari Chig’atoy honlarining andozasi bo’yicha zarb qilgan bo’lsa ham, lekin 1380 yillarga kelib pul islohoti olib borilishi natijasida yangi shakildagi pullarni o’z nomi bilan zarb qildirdi.
Eski tanga pullarni esa hazinaga qaytarib olib, ularni eritgan. Yangi andozadagi tanga pullarni zarb kilganligi uchun ham uning birinchi chiqargan pullari turli joylarda topilgan dafina (hazina)larda juda kam uchraydi.Amir Temur davlatida 1380 yillari Samarkand va Horazmda onda-sonda oltin tangalar zarb qlingan bo’lsa ham, bu tangalar butun dunyodagi numizmatika kolleksionerlari uchun kamyob nodir tanga hisoblanadi.
Amir Temur kumush tanga pullarining qadr qimmati shuncha baland bo’lganki, 1403 yili Amir Temur saltanatini ziyorat qilgani kelgan Kastiliya (Ispaniya) elchisi Ryui Gonsales de Klavihoning yozishicha: "Bu yurt (Samarqand) don-dun, moy, meva-cheva, qush go’shti, har hil go’sht, qo’ying-chi, hamma narsaga boy mamlakatdir. Qo’ylari katta dumbali, juda yirik qo’ylar. Dumbasi odam qo’lida zo’rga ko’taradigan darajada ogir - yarim pud, ya`ni sakkiz-o’n kilogramm keladigan qo’ylar bor. Bunday ser-dumba qo’ylar shu qadar ko’p va arzon ediki, shoh, lashkari Samarqandga yig’ilib kelgan kezlarda bunday qo’ylar bir jufti bir dukat (ya`ni tahminan 10 tanga - I.T.) turardi. Boshqa mollar ham shu qadar arzon ediki, bir yarim qop arpaning baxosi yarim real (ya`ni tahminan bir miri – I.T.) edi"Yana u o’z hotiralarida, Samarqand shahrida har yili juda ko’p turli hil mollar sotilar, bu mollar esa Hitoy, Hindiston. Tatariston (Dashti Qipchok.) va boshqa mamlakatlardan keltirilar ekan, deb yozadi.
Amir Temur o’zi bevosita CHingizhon avlodidan bo’lmagani uchun o’zini "Amir" deb ataydi. 1372 yildan 1388 yilga qadar qo’g’irchoq xon Suyurg’atmish, undan keyin esa uning o’gli Mahmudhon nomidan ish yuritadi. Manbalarda "Suyurg’atmishhon vafotidan so’ng Amir Temur Sohibqiron no’yonlar, amirlar va davlat arkonlari bilan o’tkazilayotgan qurultoyda bu borada baxs va mashvarat qilib, saltanat tahtiga uning layoqatli o’gli Sulton Mahmudni o’tirg’izdi va uning nomi va duosi bilan tangalar zarb kildirdi", - deb yozadi. Bu tangalarga e`sa Amir Temur Mahmudhon nomi bilan birga, o’z nomini qo’shib zarb qildirdi".1402 yili Mahmudhon vafot etgach, Amir Temur boshqa qo’g’irchoq hon tutmay o’sha Mahmudhonning nomi bilan pul zarb qilishni davom ettiradi.
Bu tangalarning old tomoniga (La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh) degan iymon keltirish kalimasini yozdirdi. Tangalarning to’rt burchagiga esa to’rt halifa - Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilarning nomlarini yozdirdi. Tanganing orqa tomoniga esa (Suyurgatmishhon yorlig’ Amir Temur Kuragon akmonu) deb yozilgan.
O’zbekiston tarihi davlat muzeyining numizmatika fondida saqlanayotgan N-401/1, Samarqand, 782/1380 y.; N-401/2-3, Samarqand, 783/1381; N-401/4-b, Samarqand, 784/1382; N-401/7-57, Samarkand, 785/1383; N-401/55-56, Samarkand, 786/1384 y.; N-401/ 57-61, Samarqand, 786/1384 y; N-401/62 raqqamli Samarqandda 788/ 1386 yillarda zarb kilingan kumush mirilarda ham Suyurgatmishhon va Amir Temur nomi e'zilgan. Sulton Mahmudhon va Amir Temur nomidan zarb kilingan kumush tanga va mirilar-ning oldi tomoniga{La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh) deb, tangalarning orka tomoniga esa: (Sulton Mahmudhon e'rligi Amir Temur Kuragon akmanu)3, deb e'zilgan.
Tangalar asosan kumushdan zarb e`tilgan bulib, ogirlik vaz-ni 6 grammni tashkil kilgan bulsa, u tanga deb atalgan. Tanga ning turtdan biriga tugri keladigan 1,5 grammlik kumush pu» lar e`sa "Amir" suzidan "miri" deb yuritilgan1. Undan bu kundalik turzgusch'da ishlatiladigan juda kup mis chakalar Achyar Temur nomi bilan zarb kilingan.
Biz kuyida Amir Temur va Sulton Mahmudhon nomi bilvi! Afgoniston, Eron, Irok va Ozarbayjon shahdrlarida tur l davrlarda zarb kilingan tangalarning orka tomonidagi e' lardan ayrim namunalar keltiramiz
Amir Temurning geometrik va har hil nafis naqshlar bilan bezatilgan tangalarga nazar tashlar ekanmiz ko’z o’ngimizda bu tangalarga urilgan tamg’alar gavdalanadi. Bu tamg’alar uchta uchburchaksimon kichik halqalardan iborat.
Amir Temur Markaziy Osiyo Huroson va Iroq Eron yerlarini o’z saltanatiga qo’shib olishga ot surib qilich ko’targan bo’lsa ham lekin uni boshqarish, iqtisodi, fan va madaniyatini yuksaltirishda turli kengash va chora tadbirlar qo’llagan, o’ziga hos strategiya va taktika sohibi, diplomat islohotchi olijanob vatanparvar davlat arbobi bo’lganligini tariziy dalillar isbotlaydi.