To`rtinchidan, Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat barpo etib, o‘z mamlakati hududini mustahkamlab, aholining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli yaxshilanib, savdo-sotiq ishlarini rivojlantirib yubordi. Amir Temur davlati tashqi savdo munosabatlarini yaxshilash uchun dunyo mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
Beshinchidan, Amir Temur umr bo‘yi bunyodkorlik bilan shug‘ullangan. Hozirgi kunga qadar u bunyod etgan ko‘plab inshootlar jahon svilizatsiyasitizimida alohida ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlamog‘imiz mumkinki, bizning tariximizda Amir Temurdek ulug siymo bor ekan, uning qoldirgan vasiyati va merosi, pandu nasihatlari bugungi hayotimizda hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmaslikka, ta’riflamaslikka, targ‘ibot qilmaslikka haqqimiz yo‘q.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Xerman Vamberi Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi T. 1992, 100 b
Karimov Sh, Shamsiddinov R “Sohibqiron Amir Temur va uning saltanati”, Andijon 1995 y. 600 b
“Temur tuzuklari” T. G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1991 y. 70 b
“Zafarnoma” “Sharq yulduzi” 1992 y. № 7. 700 b
“Zafarnoma” “Sharq yulduzi” 1993 № 1. 680 b
Ibn Arabshoh “Amir Temur tarixi” 1-kitob. 120 b
Fransua Bernye. Istoriya poslednmx politecheskix perevorotov v gospodete Velikogo Mon Mongolo, M. 1933 250 b
Mo‘minov I , “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. T., “Fan” nashriyoti, 1968 yil. 210 b
Berdimurodov A, “Amir Temurni Samarqanddagi bog‘lari” “Turkiston”, 1992 yil 17 noyabr. 95 b
Ibn Arabshoh, Amir Temur tarixi Q-2 “Mehnat”, 1992 y. 130 b
Umilkov.I.I. Iz istorii mejdunarodngx otnosheniy Srednoy Azii v zapodnoy Yevropoi v nachale XV veka. M., 1966. 285 b