KIRISH…………………………………………………………..3 I.Bob. Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyoda barpo etilgan markazlashgan davlatning asoschisi. I.1 Amir Temur davri tarixnavisligi……………………………..6 I.2 Amir Temur Movaraunnahir xukumdori……………………..26 1.3. Amir Temur davridagi savdo-pul munosabatlari……………………………..
II. Bob. Jahon tarixida Soxibqiron Amir Temurning savdo-sotiq va pul siyosati. 2.1 Amir Temur va Temuriylar davlatining jahon tarixida tutgan urni………………………………………………………………44 2.2 Amir Temur va Temuriylarning tashqi savdo va elchilik aloqalari………………………………………………………....48 2.3. Amir temurning moliya-pul siyosati
Xulosa……………………………………………………….....56 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….58 Ilova……………………………………………………………..60
KIRISH Mavzuning dolzarbligi.Milliy istiqlol O‘zbek xalqining asriy orzusi armoni edi. O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi eng ulkan g‘alaba, uning qadriga yetish, mustaxkamlash, avaylab saqlab qolish muxim vazifa. Mustaqillik sharofati bilan o‘zligimini anglash, o‘z tariximizni xolisona o‘rganishga ega bo‘ldik. Ayniqsa sovetlar xukumronligi yillarida qoralanib kelgan Amir Temur va Temuriylar davri tarixini yangi manbalar asosida va mustaqillik ruhi bilan o‘rgansh dolzarb mavzulardan biridir. Amir Temur va Temuriylar davrida Movaraunnahir va Xuroson O‘rta Osiyo madaniy hayotida juda katta yuksalish ruy berdi. Bu davir o‘z mohiyati bilan sharq o‘yg‘onish davrining o‘ziga xos bosqichi bo‘ldi. Bu davirda madaniy xayotning kuchayish darajasi IX-XII asrlar orasidagi ilk musulmon renescansidan qolishmaydi. Amir Temur va Temuriylar mamlakat mustaqilligi, el-yurt osoyishtaligi, uni obod etishda bunyodkorlik ishlariga katta axamiyat berdilar.Amir Temur zabt etgan mamlakatlarida xam bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan, davlatlar o‘rtasida savdo va madaniy aloqalar olib borgan shu boisdan xam Amir Temur va Temuriylar davridagi tarixini xar tomonlama xolisona o‘rganish dolzarb mavzu xisoblanadi.