Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 333,37 Kb.
səhifə14/16
tarix02.06.2023
ölçüsü333,37 Kb.
#124124
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1 Mavzu Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Ushbu nazariyaga ko‘ra oxirgi vaqtlarda jahon iqtisodiyotida G‘arbning roli pasayib, Osiyo sivilizatsiyalarining o‘rni esa sezilarli darajada ortib boradi. Sivilizatsiyalar o‘rtasida sivilizatsiyalar tarkibidagi aloqalar sivilizatsiya markazi hisoblangan mamlakatlarga tomon tortilib, kuchayib boradi. Natijada istiqbolda dunyo yagona sivilizatsiyadan emas, balki turli sivilizatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida o‘xshash va farqli jihatlar mavjud boiadi.

Jahon xo‘jaligining globallashuvi

Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendensiyalaridan hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan boshqa tendensiyalar kuchsiz namoyon bo‘layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integratsiyalashish va industriallashish jarayonlariga kam jalb etilgan. Shu bilan bir vaqtda ushbu mamlakatlar jahon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam ko‘rinishida), ishchi kuchi (eksportyorlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol ishtirokchilari sanaladi.

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — bu jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayonidir. Ushbu jarayon jahon iqtisodiyoti shakllana boshlagan davrdan boshlangan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanadi

Qayd etib o‘tilgan yo‘nalishlar o‘rtasidagi nisbat oxirgi yillarda sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda.

Qayd etib o‘tilgan yo‘nalishlar o‘rtasidagi nisbat oxirgi yillarda sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda.

Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ifodalash mumkin:

• xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi, uning o‘sish sur’atlari;

• to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi;

• kapitalning xalqaro markazlashuv hajmi va dinamikasi;

• yirik, murakkab kompleks xalqaro investitsiya loyihalarining shu turdagi loyihalarning umumiy miqyosiga nisbatan hajmi va dinamikasining o‘zgarishi;


Yüklə 333,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin