Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyalari. Yagona industrial jamiyat nazariyasi fransuz sotsiologi R. Aron nomi bilan bogiiq bo‘lib, turli mamlakatlarda industriallashish jarayoni ular uchun yagona industrial jamiyatning shakllanishiga olib keladi, degan fikrga asoslanadi. Ushbu nazariyaga muvofiq texnik taraqqiyot nafaqat iqtisodiy qonunlarning amalda qoilanilishini, balki qonunlarning mohiyatini ham modifikatsiyalaydi: mulkchilikning yetakchilik roli bekor qilinadi, iqtisodiy hokimiyat yirik korporatsiyalar qo‘liga o‘tadi, davlatning yordami bilan boylik va kambag‘allik o‘rtasidagi farq yo‘qotiladi.
Yangi industrial jamiyat nazariyasi amerikalik iqtisodchi Dj. Gelbreyt tomonidan yaratilgan. U murakkab va takomillashgan texnikani amaliyotda qo‘llash kapitalizmning qayta ichki rivojlanishiga, ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish, yaxshi tashkil etilgan xizmatlar tizimiga erishish va avvalgi ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatish imkonini beradi, degan g‘oyani isbotlashga ararakat qiladi. Uning fikricha, hozirgi kapitalizm iqtisodiy tizimi turlicha ikki sektor — «rejali tizim» va «bozor tizimi»ning majmuasidan iborat.

• texnik-iqtisodiy muhitning texnologiyalar ustidan nazorat o‘rnatishga yo‘naltirilishi;
• yangi «intellektual texnologiyalar» bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish jarayonining ta’minlanishi.
D. Bell «industrializm» inqirozidan chiqish yo‘lini «postindustrial tendensiyalarni» rivojlantirishga madaniyat va din o‘rtasidagi uzilgan aloqalarni tiklash orqali erishish mumkin, deb hisoblaydi.
sotsiolog va futurolog A. Tofflerning superindustrializm nazariyasida ko‘rish mumkin. U zamonaviy jamiyatda yuz berayotgan, murakkab va turli xil o‘zgarishlar jarayonlarini industrializmning falokati va «yangi sivilizatsiya»ning dunyoga kelishi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Bunday «o‘tish davrini» u tarixiy rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan «o‘zgarishlar to‘lqini» nazariyasi bilan tushuntiradi.