• texnologik — transport va axborot uzatish vositalarining rivojlanishi;
• xalqaro — xalqaro iqtisodiy tashkilotlar rolining kuchayishi, xalqaro standartlarning joriy etilishi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni unga teskari jarayon — iqtisodiy faoliyatning hududiy integratsiyalashuv jarayoni bilan birga kechmoqda. Ushbu jarayon cheklangan miqyosda, tovarlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatiga asoslangan mamlakatlar guruhini qamrab oladi.
Hududiy integratsiyalashuv, bir tomondan, turli mamlakatlarning iqtisodiy
jihatdan birlashish jarayonini rag‘batlantirsa, ikkinchi tomondan, alohida iqtisodiy guruhlar o‘rtasida qarama-qarshilik va raqobatni kuchaytirish orqali jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini sekinlashtiradi.
Globallashuv jarayoni iqtisodiy faoliyatning liberallashuvini — xalqaro savdo, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya operatsiyalariga qo‘yiladigan cheklovlarni qisqartirish yoki bartaraf etishni taqozo etadi. Shu bilan bogiiq holda globallashuv va liberallashuv bitta jarayonning ikki tomoni hisoblanadi, ular o‘rtasidagi qarama- qarshilik ushbu jarayon ichidagi qarama-qarshilikni aks ettiradi. Globallashuv jarayoni ichida turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, turli xo‘jalik sohalari, sanoat va moliya guruhlari, tarmoqlar va mamlakatlarning manfaatlari to‘qnash keladi. Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyoti uchun quyidagi salbiy oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin: