Jamiyat falsafasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Protagorning:
«Inson barcha narsalar mezonidir», degan fikri ham juda mashhur. «Tangri 
saltanati bizning ichimizdadir», deb o‘rgatgan 
Iso Masih

Buddaviylarning:
«O‘zligingga nazar 
tashla, sen Buddasan», degan chorlovi ham yuqoridagi fikr bilan hamohangdir. 
Islomda
«Kimki 
o‘zini bilsa, u Allohni ham bilgaydir», deyiladi. Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va 
ko‘proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni o‘zidan keyin va o‘zi orqali anglab etadi. Falsafa 
dunyoni inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish 
demakdir.
Beruniy fikricha, insonning fe’l-atvori va ma’naviy qarashlari, surati va siyrati bevosita 
tabiiy muhit ta’sirida shakllanadi. Zero, aynan shu tabiiy muhit, geografik sharoit xalqlar, millatlar 
shakllanishining muhim asosi bo‘la oladi.
Forobiy fikricha, inson o‘z tabiatiga ko‘ra hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash va 
takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muhtoj bo‘ladi. Yakka holda hech kim buning 
uddasidan chiqa olmaydi. “
Inson_shunday_maxluqotki_,_u_faqat_jamiyatda_o‘z_ehtiyojlarini_qondirishi_va_oliy_ma’naviy_darajaga_ko‘tarilishi_mumkin”_1_._Inson'>Inson shunday maxluqotki
, u faqat jamiyatda o‘z ehtiyojlarini 
qondirishi va oliy ma’naviy darajaga ko‘tarilishi mumkin”
1

Inson
o‘z hayotining me’mori, 
ijodkori bo‘lmog‘i, o‘zida fozila xislatlar, iste’dodlarni tarbiyalashi lozim. Bunga esa u jamiyatda 
yashab faoliyat ko‘rsatgandagina erishadi. 
Inson
ijtimoiy mavjudot. Yolg‘izlik uzlat uni 
qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib boradigan iste’dodini yo‘qotadi.
Ibn Xaldun insonga
ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan ijtimoiy mohiyat izlaydi. 
Inson jonzot sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir
. Shunga ko‘ra, u umrining har daqiqasida 
yovuzlikdan ko‘ra ezgulikka, yomonlikdan ko‘ra yaxshilikka, nafratdan ko‘ra muhabbatga intilib 
yashashga mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne’matdir. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin