Jamiyat falsafasi


Xo‘sh, nazariy ong deganda nimani tushunish kerak



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Xo‘sh, nazariy ong deganda nimani tushunish kerak
? Nazariy ong deganda 
nazariyotchilar, olimlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. 
Odatiy ongdan farqli olaroq nazariy ong o'zgaruvchan xarakterga ega. Bu o‘zgaruvchanlik ilmiy 
bilimlarning shiddatli rivojlanishi, voqelik haqidagi bilimlarning doimiy chuqurlashib va kengayib 
borishi bilan belgilanadi. Shuningdek, odatiy ongga voqealarning tashqi tomonini ifodalash xos 
bo‘lsa, nazariy ong voqealarning mohiyatini, rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning 
uchun ham u odatiy ongga faol ta’sir qila oladi va kundalik tajriba asosida hosil qilingan bilimlarni 
saralashga yordam beradi. Ushbulardan xulosa shuki, ong va tafakkur insonga olam va odam, 
voqea va hodisalar sirlarini bilish, ular bilan bog'liq tushuncha va tamoyillar, qonunlar va o‘ziga 
xos jihatlar, masala va muammolarni anglash, bu yorug‘ dunyoda mazmunli hayot kechirish uchun 
ato etilgan. Insonning biologik va ijtimoiy tabiati haqidagi falsafiy asarlarda jins, jinsiy 
munosabatlar, erkak va ayol o‘rtasidagi farq, avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar, o‘lim 
muammolari deyarli yoritilmagan. Vaholanki, insonning real hayoti — tug‘ilish va olish bilan 
bogliq biologik vaqt doirasi bilan chegaralangan. Mazkur chegaralarda hayot kontinual va avlodlar 
o‘rtasidagi munosabatlarga ham, jinslar o‘rtasidagi munosabatlarga ham bogliq bolgan 
o‘zgarishlarga tola.
Hozirgi zamon falsafasi va fani insonni o‘rganishda uning yaxlit ijtimoiy-biologik mavjudot 
sifatidagi talqinidan kelib chiqadi. Inson va uning qobiliyati muammosi shuning uchun ham 
alohida o‘rin egallaydiki, tabiiy ilmiy bilimning bu muammoni o'rganish imkoniyatlari ancha 
cheklangan. Falsafiy va ijtimoiy bilim ham insonni mukammal bilishni da’vo qila olmaydi. 


Demak, bunda kompleks yondashuvgagina umid qilish mumkin. Bu yondashuv inson tabiatini 
tushunishning butun ratsionalistik an’anasi hamda ezoterik tafakkur imkoniyatlaridan foydalanish 
hisobiga insonni o‘rganish chegaralarini ancha kengaytirish imkonini beradi.
Hozirgi zamon fani inson hodisasini o‘rganishga tabiatshunoslik va jamiyatshunoslikka oid 
bilimlar sintezi asosida yondashishni taklif qiladi. Bunda inson ijtimoiy xulq-atvorining ijtimoiy-
biologik asoslarini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Hozirgi fanlarda inson va oliy hayvonlar 
xulq-atvori o‘rtasidagi o‘xshashliklarning samaraliligi keng muhokama qilinmoqda. Ijtimoiy 
biologiya darvinizm prinsiplari va tushunchalari, chunonchi, tabiiy tanlanish, evolyutsiya 
jarayonini populyatsion genetika qonuniyatlari universalligining adaptogenezi sifatida tushunishni 
qabul qilish zarurligini qayd etmoqda. Insonni bilishning tabiiy-ilmiy metodlariga yon bosish 
insonshunoslikning biologiyaga boglanib qolishiga olib kelishi mumkin. Tabiiy fanlar sohasida 
erishilgan yutuqlarga e’tiborsizlik esa insonni real o'rganishda uncha foydali bo‘lmagan abstrakt 
va spekulyativ modellarning tuzilishiga olib keladi. Inson haqidagi flkrlar inson tabiati va 
mohiyatini farqlash zarur, degan xulosaga olib kelgan. Bu yerda aniq chegara bolishi mumkin 
emas, Chunki inson doim olam jumbog’i, uning ochilmagan siri bolib kelmoqda. Lekin, shunga 
qaramay, fanda inson qobiliyati va sifatlari majmuyini uning tabiati bilan boglab o‘rganish qabul 
qilingan. Aqllilik, muomala qilish va ijtimoiy hayot kechirish qobiliyati insonning asosiy 
xususiyatlari hisoblanadi. Inson mohiyati esa, o‘z tabiatining teran o‘zagi, faqat «insongagina xos 
bolgan» jihatlar yoki insonni oliy hayvondan farqlash imkonini beruvchi sifatlar bilan bogliq. 
Inson mohiyati nimada, degan savolga mutafakkurlar har xil javob beradi. «Inson mohiyati ayrim 
individga xos bolgan mavhum narsa emas. Amalda u barcha ijtimoiy munosabatlar majmuyidir», 
degan ta’rif insonning ijtimoiyligini odamzodning eng muhim va asosiy negizi sifatida qayd etadi. 
Bu yondashuv butun insoniyatning yagona teran mohiyati va aniq qayd etiladigan inson tabiati 
mavjudligini inkor etuvchi falsafiy antropologik relyativizmning amaldagi muqobilidir. Inson 
haqida oddiy odamlar orasida so‘z yuritilganida, odatda, mohiyat — tug‘ma, shaxsiyat - 
o‘zlashtirilgan sifat ekanligi qayd etiladi. Shaxsiyatdan farqli o‘laroq, mohiyatni osongina 
yo‘qotish, o‘zgartirish yoki buzish mumkin emas. Shart-sharoitlarni o‘zgartirish orqali shaxsiyatni 
deyarli to‘liq o‘zgartirish mumkin. Shaxsiyat yo‘qolishi yoki o‘zgarishi mumkin. Mohiyat inson 
jismoniy va aqliy holatining negizi hisoblanadi. Shaxsiyat o‘zlashtirilgan sifatlardan tashkil topadi. 
Shaxsning shakllanishida imitatsiya — taqlid yo‘li va tasavvur muhim ahamiyatga ega. Mohiyat 
shaxsiyatdan ustun bolsa, odam o‘zi uchun foydali narsalarni afzal ko‘radi, shaxsiyat mohiyatdan 
ustun bolgan holda esa o‘zi uchun zararli narsalarni afzal biladi, degan g‘ayrioddiy yondashuv 
ham mavjud.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin