eng buyuk qadriyat bolsa, ona qolidan tushgan, Ona ko'kragidan ajralgan bola uchun esa, asta-
sekin atrof-muhit, o‘zi yashayotgan makon, o‘zga kishilar va o‘zi ham qadriyatga aylanib boradi.
Bu davrda u o‘z shaxsiy ehtiyoji va maqsadlarini o‘ziga xos qadriyat ko‘zgusi orqali ko‘radi,
o‘ziga kerakli va zarur narsalarni muhayyo qilishlarini ko‘proq xohlaydigan, talab qiladigan bolib
qoladi. Bolalar hayotini ko‘pgina tadqiqotchilari kamolotning bu muhim davrida 3-6 yosh o‘z
qadrini oshirish va shaxsini ko'proq sevish /bolalik egoizmi/ mavjud bolishini ta’minladilar.
Albatta inson ilk bolalik davrida qolib ketmaydi, ota-ona, qarindosh-urug‘, dastlabki
o‘qituvchilar uni qadriyatlar mezonini anglashida muhim o‘rin tutadi, shu tariqa inson kamolot
sari boradi. Bu jarayonda yetuk shaxsga aylanish imkoniyati bolgan odamzod naslining har bir
vakili oilaviy, ma’naviy-axloqiy, milliy, ijtimoiy qadriyatlar ta’sirida
tarbiyalanadi, shu bilan
birga, shaxsiy jihatlari, qadrlanadigan sifatlari va xususiyatlari kamolotga yetib boradi. Bu
jarayonda shaxsning o‘zi ham ijtimoiy
qadriyat sifatida shakllanib, o‘z qadrini namoyon qilib
boradi. Inson tabiati bilan bogliq bu jarayonni sotsial yondashuv tarafdorlari ijtimoiy ahamiyatga
molik sabablar bilan tushuntiradi va insonning ijtimoiy funksional, «qandaydir genlar»ga e’tibor
bermasdan foydalanish mumkin bolgan davlat mashinasi unsuri sifatidagi obrazini yaratadi.
«Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmuyidir» degan shior aynan ijtimoiylik inson hayoti
substansiyasi, negizini tashkil etishini tushunish imkonini beradi.
Hozir G‘arb adabiyotlarida «mind — bodi» (aql — tana), «nature — nurture» (tabiat —
tarbiya) muammosi muhokama qilinmoqda. Ammo asosiy muammo ko‘rsatib o‘tilgan
mohiyatlarni
mufassallashtirishda emas, balki insonning yagona obrazini yaratishdadir. Bu esa
ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy sohalardagi bilim yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan
kompleks yondashuvni taqozo etadi. Homo sapiens evolyutsiyasi to‘g‘risida so‘z
yuritganda,
oddiy biologik yoki ijtimoiy mezonlarga emas, balki biologik-ijtimoiy mezonlarga suyanish lozim.
Dostları ilə paylaş: