Jamiyat falsafasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Inson ongli mavjudot
. Bir zamonlar faylasuflarning ustozi Suqrot «O‘zingni bilsang, 
olamni bilasan», — degan edi. Falsafiy hikmatga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson 
ham sir-u sinoatlarga boy, u o‘zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo‘l ochishi mumkin, 
degan g‘oya yotibdi. Shu ma’noda, inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo‘jiza va 
tadqiqot mavzui sifatida o‘rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o‘ylantirib 
kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, tafakkurning kelib chiqish masalasidir. Shu 
nuqtayi nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi — eng qadimiy falsafiy 
masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa 
sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan 
bo‘lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni 
o‘rganish bilan aynan falsafa shug‘ullanadi.
Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri ekan, uni anglash jarayonida 
turli xil javoblar bolgan ligi tabiiy. Bu savolga eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar 
doira sida berilgan. Ongni diniy tushunish uni ilohiy hodisa, Xudo yaratgan mo‘jiza tarzida talqin 
qilishga asoslanadi. Ko‘pgina dinlarda inson ongi Xudoning, buyuk ilohiy aqlning mittigina aks 
etishi, uning namoyon bo‘lish shakli tarzida tavsiflanadi.
Bunday qarashlarning ildizi juda qadimiy bolsa-da, ular hamon o‘zining ko‘plab 
tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning yaratilganligi masalasi bilan bevosita bogliqdir. 
Kimda-kim olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham Yaratganning qudrati ekanligini 
tan olishi tabiiy. Barcha dinlar kabi islom dinida ham ana shunday qarash e’tirof etiladi va ong, 
tafakkur Yaratganning insonga in’omi, ilohiy mo‘jizalar sifatida tavsiflanadi. Bunday 
qarashlardan farq qiladigan va ong muayyan moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, 
uning mohiyati inson tanasi faoliyati bilan boglab talqin etiladi. Bunday qarashlar ham qadimiy 
ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog‘lashga harakat 
qilgan qarashlar ham shakllandi. Ayni paytda materialistik yo‘nalish nomini olgan bunday 
yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo bolgan. Falsafa 
tarixida «Vulgar materializm» deb nom olgan oqim namoyandalarining qarashlari bunga misol 
bola oladi. Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab 
chiqaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ma’naviy emas, balki moddiy hodisa, degan xulosa 


chiqadi. Vaholanki, safroni ko‘rish mumkin, ammo ongni ko‘rib ham, ushlab ham, olchab ham 
bolmaydi.
Moddiylikka asoslangan qarashlarga ko‘ra, ong in’ikosning oliy shaklidir. Xo‘sh, in’ikos 
deganda nima tushuniladi. In’ikos muayyan ta’sir natijasida paydo boladi. Bumng uchun esa, hech 
bolmaganda, ikkita narsa, jonzotlar, ya’ni obyektlar bolishi va ular o‘rtasida o‘zaro ta’sir sodir 
bo‘lishi lozim. Eng umumiy ma’noda, har qanday narsalarning u bilan ta’sirlashuvda bolgan 
boshqa narsalarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bogliq xossasiga in’ikos deyiladi. 
Shu ma’noda in’ikos hamma joyda mavjud. Ayni paytda har bir holatda u o‘ziga xos xususiyatga 
egadir. Chunonchi, notirik tabiatdagi in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq 
qiladi. Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab xarakter kasb 
etadi. Shu bilan birga, notirik tabiatda in’ikos passivligi, tirik tabiatda esa, faolligi bilan ajralib 
turadi. Tirik tabiatda in’ikos tashqi ta’sir natijalaridan faol foydalanishni keltirib chiqaruvchi 
axborotli in’ikos shaklini oladi. Ayni paytda axborotli in’ikosning o‘zi tirik tabiatning har bir 
darajasida yanada murakkablashib, o‘ziga xoslik kasb etadi. Mana shunday murakkablashuv 
jarayoni psixik in’ikosning shakllanishiga zamin yaratdi. Aynan psixik in’ikos darajasida 
voqelikka aktiv munosabat ham shakllanadi, in’ikosning ilgarilab borishidan esa, o‘z navbatida, 
uning o‘ziga xos, yuqori shakli bolgan ongning paydo bolishiga imkoniyat yaratdi.
Odatiy ong hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuyidan 
iborat bolib, kishilarning kundalik hayotidagi voqealarni aks ettiradi va rivojlanadi. Uning 
sohiblari — subyektlari alohida olingan shaxslarning hayotiy tajribasi, qiziqishlari, qobiliyatlari, 
bilimlari, hayotda egallangan mavqelari hech qachon bir xil bolmaydi. Odatiy ongda nazariy 
bilimlarga dalil va asos bolib xizmat qiladigan elementlar boladi. Olimlar, san’atkorlar turli 
nazariyalar, badiiy obrazlar yaratishda hayotiy-kundalik ongga asoslanadilar, undan ma’naviy oziq 
oladilar.
Odatiy ongda xalq donishmandligi, an’ana va urf-odatlar, kundalik turmush qoida va 
talablari, tabiat haqidagi bilimlar, Shuningdek turli uydirmalar, noto‘g‘ri qarashlar ham o‘z 
ifodasini topadi. Ko‘p asrlik hayotiy tajribani ixcham shaklda o‘zida mujassamlashtirgan xalq 
maqollari bunga misol bola oladi. Odatiy ong sof holda uchramaydi. Chunki, inson farzandi 
murg‘aklik davridanoq o‘z atrofidagilar, so‘ngra kitoblar, ta’lim tizimi yordamida inson zakovati 
erishgan ilmiy bilimlarni ham o‘zlashtirishga kirishadi. Boshqacha aytganda, sodir bolayotgan 
voqealarga nafaqat o‘z tajribasi, balki ilmiy bilimlar nuqtayi nazaridan ham baho bera boshlaydi, 
nazariy ong ta’sirida bo‘ladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin