Jamiyat falsafasi


«Inson» tushunchasining talqinlari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Falsafa 8 mavzu

«Inson» tushunchasining talqinlari.
Dunyo markaziga insonni qo‘yuvchi yondashuv 
doimo antropotsentristik yondashuv deb atalgan. Qadimgi sofist Protagorning «Inson barcha 
narsalarning mezoni», degan mashhur iborasi antropotsentrizmning aniq ifodasidir. Bunda 
jonsiz va jonli tabiatning o‘zaro ta’siri inson me’yorlari, ideal hamda da’volari nuqtayi nazaridan 
qaraladi. Inson dunyoning asosiy va eng katta boyligi sanaladi. Ammo insonni bilish sohasida 
antropotsentrizmdan tashqari boshqa yondashuvlarga ham duch kelish mumkin. Tabiatni hamma 
narsadan ustun qo‘yuvchi naturalistik yondashuv — tabiiy sentrizm va u bilan uzviy bogliq bolgan 
naturalizm prinsipi shular jumlasidan. Bu yerda inson — tabiat farzandi. Uning barcha xato va 
kamchiliklari boshqa har qanday tabiiy jarayonlar singari o‘rinli hamda tabiiy. Kosmotsentrizm 
— kosmosning hamma narsani, shu jumladan, insonning mohiyati va tabiatini ham belgilovchi 
ta’siriga ishora qiluvchi dunyoqarash hisoblanadi.
Tarixiy-sivilizatsion jarayonda 
teotsentrizm
ta’limoti ham muhim rol o‘ynagan. U oliy, 
g‘ayritabiiy mavjudotni dunyoning asosiy va eng muhim omili deb e’lon qilgan. Bu borada tarixda 
juda chiroyli, ezgu niyatli va kuchli odamlar yashagan Atlantida haqida o‘ta jozibali afsona 
mavjud. Bu afsonada aytilisMcha, Atlantida jannatmakon bir joy bolgan, unda odamlar baxtiyor 
yashar ekanlar. Afsuski, atlantlarning har biri o‘zini o‘ylab, o‘z farovonligi haqida qayg‘urib, 
o‘zlashtirgan bilimlaridan shaxsiy maqsaddagina foydalanib, olamda insondan ulug‘roq jonzot 
yo‘q va har kim o‘ziga o‘zi qonun, deb hisoblay boshlagach, Atlantida inqirozga yuz tutgan emish.


Platon bu ideal davlatga Atlantika okeanidan geografik o‘rin va tarixdan muayyan vaqt berdi 
— u 11500 yil oldin mavjud bolganini qayd etadi. Platon 70 yoshga tolgach, Atlantida haqidagi 
afsonani eslash fursati yetdi. «Timey» va «Kritiy» dialoglarida Atlantida tarixi hikoya qilinadi. 
Platon o‘z bobosi Timeydan, Timey — otasining Solon ismli yaqin do‘stidan, Solon esa — davlat 
ishlari bilan Misrda bolgan paytida shu yerlik kohindan eshitgan rivoyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi: 
«To‘qqiz ming yil muqaddam sizlar Gerakl ustunlari (Gibraltar bo‘g‘ozi) deb ataydigan bo‘g‘oz 
ortida Atlantida degan katta orol bolgan. Bu orolda qirollarning qudratli va ajoyib sulolasi yuzaga 
kelgan. Bu sulola juda ko‘p mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilgan. Ammo bir 
nechta kuchli zilzilalar bu orolni qismlarga bolib tashlagan, keyinchalik u suv ostida qolgan va 
butunlay yo‘q bolgan».
«Kritiy» dialogi manzarani quyidagicha toldirish imkonini beradi. Xudolar Yerni o‘zaro 
bolib olganlarida, donishmandlik ilohasi Afihaga Gretsiya, Atlantida dengiz xudosi Poseydonga 
tekkan. Poseydon orolda yashaydigan Kleyto ismli qizni sevib qolgan. Kleyto unga o‘nta o‘g‘il 
tug‘ib bergan, Bu o‘g‘illarning har biri keyinchalik orolning o‘z qismida hokimlik qilgan va faqat 
oliy hukmdor Atlas yoki yunoncha Atlantga bo‘ysungan. Atlantida aholisi yuksak axloqiy 
me’yorlarni asrlar davomida saqlab kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular juda izzattalab va ochko‘z 
bolib qolganlar. Shunda Zevs ularni jazolashga qaror qilgan va orolni suvga g‘arq qilgan.
Atlantida haqidagi afsona katta ma’naviy mazmunga ega. U axloqiy nopoklikdan 
saqlanishga chaqiradi, ayni vaqtda, inson o‘z millatdoshlari va butun dunyo taqdiri uchun mas’ul 
ekani haqida ogohlantiradi.
Hozirgi adabiyotlarda kosmos tafakkuri yoki kosmik aqlni anglatuvchi 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin