teokosmizm atamasiga ham duch kelish mumkin. Ba’zan inson, umuman, insoniyat rivojlanishining yangi
darajasi o’zamrligini asoslash uchun ayni shu kosmik aqlga murojaat qilish talab etiladi. Oliy
kosmik aql faollik, cheksiz harakat va rivojlanishning bosh negizi sifatida qabul qilinadi.
Sotsiotsentrizm ta’limoti madaniy-sivilizatsion omillarga suyanadi. Bu yerda inson o‘zi
yashaydigan ijtimoiy-madaniy muhit mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Sotsiotsentrizmga eng
yaqin tushuncha sifatida amal qiluvchi kulturotsentrizm inson madaniyat mazmuni orqali o‘z
ma’nosini kasb etadi, degan tezisni himoya qiladi.
Antropotsentrizmning ziddi — insonga geologik kuchlardan biri sifatida qaraydigan
yondashuv dezantropotsentrizm deb ataladi. Hozirda ancha mashhur bolgan bu yondashuv insonni
uning ustun mavqei va o‘rnidan mahrum etadi, hech narsa bilan cheklanmagan o‘zboshimchalik
oqibatlari haqida o‘ylashga majbur qiladi. Insonni o‘zi yaratgan texnokratik, sun’iy dunyo bilan
universal evolyutsion rivojlanishga boglashdan iborat bolgan masala koevolyutsiya muammosi
sifatida namoyon boldi.
Falsafiy qiziqishlari markazida tabiat va inson mohiyati to‘g‘risidagi masala turuvchi fan
«Falsafiy antropologiya» deb ataladi. U ekzistensiya g‘oyalariga qarab moljal oluvchi
faylasuflarning fikr-mulohazalariga juda boy. Antropologik yondashuv inson borlig‘ining o‘ziga
xos xususiyatlarini aniqlaydi, insonning ekzisensial tahlili bilan shug‘ullanadi. «Ekzistensiya»
tushunchasi tadqiqotchining fikrini, avvalo, inson qilmishlari va azob-uqubatlarida namoyon
boluvchi inson hamda dunyo aloqalarini izlash, aniqlash tomonga yo‘naltiradi.
Hozirgi zamon G‘arb falsafasining yo‘nalishi sifatidagi falsafiy antropologiya dastlab nemis
faylasufi va sotsiologi M.Sheler (1874-1928) asarlarida ishlab chiqilgan va germaniyalik faylasuf
X.Plesner (1892—1985), nemis mutafakkiri A.Gelen (1904—1976) asarlarida rivojlantirilgan.
Shaxsni umumbashariy rivojlanishning asosiy mazmuni deb e’lon qiluvchi personalizm uni
o'rganishga nisbatan ancha murakkab yondashuvlarni taklif qiladi. Shaxs o‘z mohiyatini muqarrar
tarzda o‘zidan tashqarida ko‘radi, bu —eksteriorizatsiya, u teran ichki me’yor va moljallardan
oziqlanadi, bu — interiorizatsiya. Nihoyat, shaxs o‘z real empirik mavjudligining tor
chegaralaridan olib, oliy qadriyatlar: haqiqat, ezgulik va go‘zallikka intiladi, bu —
transtsendensiya.