olganda, insonga daxldor bo‘lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og‘irini engil qilmasa,
unday fanning keragi bormikan? shu ma’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bo‘lgan fanlarni,
ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar
inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo‘lish shakllaridir. Ularning barchasi inson
tabiati va mohiyati bilan bog‘liqdir. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi.
Inson shunday murakkab va ko‘p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida
inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga
yaqin va ma’nodosh bo‘lsa ham, bir-biridan farqlanadi.
INSON
- o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli
mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish,
sharoitga moslashish kabilar xos. Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib
turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish,
taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o‘z-o‘zini idora etish, badiiy ijod, ahloq, nutq,
tafakkur, qadriyatlar shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: