Muammoli vaziyat: Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va maonaviy eotiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatning kishilar qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb - kor bilan shug’ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos o’rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan hissa qo’shadi.
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Gegel jamiyaning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax din bilan bog’lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Frantsuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat maonaviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra jamiyat o’z taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti
borasida tsivilizatsiyali yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra har bir xalq o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani kabi, jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.
Barqarorlik - jamiyat taraqqiyotining tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg’unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, maonaviy tizimning tanazzuli alomatidir.
Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashinib turishi ham mumkin. Jamiyatning maonaviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ro’yobga chiqarilib bo’lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muommolar tug’iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo’qolishida, g’oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini topadi.
Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o’z taraqqiyot yo’lini tanlash huquqiga ega bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni taominlash garovi ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o’z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlanishning o’zbek modelini yaratish imkoniga ega bo’ldi.
Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo’ldan: inqilobiy yoki tadrijiy yo’ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evolyutsion)
taraqqiyoti barqaror va tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evolyutsion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilishi lozim bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog’liqdir».(Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T. «O’zbekiston», 1992, 41-b).
O’zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir: iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; davlatning bosh islohotchi ekanligi; qonun ustuvorligi;kuchli ijtimoiy himoyalash; bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish.
O’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, maonaviy qadriyatlarning tiklanishi, o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi, inson huhuqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.
O’zbek modelining hayotiyliti jahon jamoatchiligi tomonidan eotirof qilindi. O’zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda. O’zbekona taraqqiyot yo’li maonaviy hayot va iqtisodiy rivojlanish bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshirilishida, maonaviyat, maorifat, madaniyatga bo’lgan E’tiborning kuchayishida yaqqol ko’zga tashlana-di. Maonaviy salohiyatning kuchayishi, inson intellektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi.
Mustaqillik yillarida o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz xususiyatlariga mos bo’lgan yangi alifboga o’tish uning mavqeini oshirish va yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o’z navbatida, ijtimoiy rivojlanishga ijobiy taosir ko’rsatadi.
Davlat jamiyatni boshqarish, tartibga solish, kjtimoiy barqarorlikni taominlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat maonaviy taraqqiyotining muhim yutug’idir.
Jamiyat maonaviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi. O’zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yaigicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik anoanalarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o’zbek modeli kontseptsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o’tishga qaratilgandir.
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat
tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg’armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, mahalla qo’mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish - O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichtsdir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko’pqirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini bajaruvchi, jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o’zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o’ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negazida qaror topadi. O’zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yildi.
Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari qo’liga o’ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarni kamol toptirish, o’z-o’zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro’yobga chiqarish maktabidir. Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O’z navbatida, maonaviy etuk avlod jamiyat garaqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi. Shunday etuk kishilarni tarbiyalashda jamiyag to’g’risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o’zlashtirish va hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir.