Inson to’g’risidagi gumanitar va tabiiy fanlar xulosalarini umumlashtirish va yangi bilimlar berish
Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni falsafiy muammolar tizimida muhim o’rin tutadi. Turli falsafiy taolimotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo’lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o’zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi.
Suqrotning «o’zligingni bil» degan hikmatli so’zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug’ mutasavvuf Abdulxoliq G’ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita dahldordir. Umuman olganda, insonga dahldor bo’lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og’irini engil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu maonoda, inson, avvalo o’zi uchun zarur bo’lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.
Tabiat, madaniyat, siyosat, tsivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo’lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog’liqdir.
Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va maonodosh bo’lsa ham, bir - biridan farqlanadi.
Inson o’zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashi kabilar xos. Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar ,ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, isteomol qilish, boshqarish, o’z-o’zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruhsat va taqiqlash) shular jumlasidandir.
Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g’am-tashvish, qayg’u, iztirob chekish, zavqlanish,kayfiyat kabilar kiradi.
Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o’z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini taominlaydi. Insonga xos bo’lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy xususiyatlardan ustun qo’yish psixologik xususiyatlarni bo’rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi. Falsafa tarixida inson to’g’risidati taolimotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi yo’nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga, sotsiologizm insonning ijtimoiy xususiyatlariga, psixologizm esa, maonaviy, ruhiy, psixologikxususiyatlariga bir yoqlama asoslangan edi.
Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shaxs, individ, individuallik tushunchalarining moxiyatini bilish va ularni bir - biridan farqlash muhimdir. Shaxs o’zida sotsial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi.
Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chikarish, oila, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo’ladi.
Inson taolim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy meoyorlar, siyosiy g’oya, milliy mafkura kabi omillar taosirida yashaydi, ularni o’zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya’ni shaxs bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo’ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi.
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g’oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va maonaviylikni uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy-badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo’lishga rag’batlantiradi. Yuksak maonaviyatgina inson extiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o’rnatib, saxiy va oliyhimmat bo’lishga undaydi.
Antropolotiya insonning maonaviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan g’oyani ilgari suradi. Islom Karimov taorifiga ko’ra, maonaviyat (ruh) insonni axloqan poklaydigan, iymon-eotiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydgan botiniy kuchdir. Yuksak maonaviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari etuk shaxslar timsolida o’z aksini topadi. Insonga xos bo’lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida, uning o’z moddiy va maonaviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko’rinadi.
Shaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, g’oya va mafkura muhim o’rin tutadi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga etkazishni taqozo etdi.
Bozor iqtisodiyoti inson extiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quydatilardir: mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o’zgarganligi; mehnatga yanticha munosabatni rag’batlantirishga yordam beruvchi omillar; o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi; shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi; turli mulk shakllarining vujudga kelganligi; shaxs erki va huquqlarining kengayganligi; davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi; demokratik qadriyatlar rivoji; maonaviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir.
Dostları ilə paylaş: |