Sharq sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan quyidagi muhim xususiyatlarni ko‘rsatish mumkin:
• Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘lishni, sabr-toqatlilikni targ‘ib etgan;
• Odamlar orasida bag‘rikenglik, birdamlik va hamjihatlik ruhi kuchli bo‘lgan;
• Milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan;
• Kattalar va ota-onaga hurmat bilan qarashga alohida e’tibor berilgan.
«Demografik portlash» - ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qisqa bir davrida, muayyan mintaqa yoki mamlakatda va shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tug‘ilish hisobiga axoli miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi.
Futurologiya – kelajak haqidagi fan.
Etnogenez – xalqlar yoki millatlarning kelib chiqishi.
Egalitarizm – umumiy tenglikni targ‘ib qiluvchi g‘oyaviy-siyosiy oqim.
Antropologiya- yunoncha anthropos - odam va logos ta’limot demakdir. Odamning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi, odam irqlari qaqidagi fan. Antropologiya odam tana tuzilishi, kishilar o‘rtasidagi salbiy farklarni o‘rganish asosida ish ko‘radi.
Antropologiya - inson mohiyatini uning tabiat va jamiyatdagi o‘rnini, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fandir.
Inson - har qanday falsafiy ta’limotning asosini tashkil etuvchi fundamental falsafiy kategoriya. Boshqa biologik mavjudotlardan xotirasi, tafakkuri, tili, amaliy faoliyati, ongi bilan ajralib turadi.
Inson -tushunchasi o‘zida biologik va fiziologik xususiyatlarni mujassamlashtiradi.
Shaxs - tushunchasi esa o‘zida sotsial(ijtimoiy) sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi.
Individ - deganda biz uzining takrorlanmas fazilatlariga ega bo‘lgan inson va shaxsni tushunamiz.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari Jamiyat deganda nimani tushunasiz?
Jamiyatga xos belgilarni sanang?
Jamiyatning kelib chikishi tug‘risidagi ganday nazariyalarni bilasiz?
Fuqarolik jamiyati nima?
Jamiyatning rivojlanishida ma’naviyat qanday o‘rin tutadi?
Jamiyatning tadrijiy rivojlanishi deganida nimani tushunasiz?
Ijtimoiy ishlab chiqarish nima?
Sivilizatsiya nima?
Madaniyat nima? Uning sivilizasiya bilan aloqasiga tavsif bering.
Tarix falsafasini vujudga kelishi va rivoji haqida nimalarni bilasiz?
Mustaqillik falsafasining ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?
Turli falsafiy tizimlarda inson haqidagi tasavvurlar qanday shakllangan?
Falsafiy antropologiya qachon vujudga kelgan va u nimani o‘rganadi?
Antropologiyadagi falsafiy va boshqa yo‘nalishlar o‘rtasidagi farq nimada?
Nima uchun inson mohiyati «boqiy» falsafiy muammo hisoblanadi?
Insonda biologik va ijtimoiy asoslarning o‘zaro nisbati qanday?
Insonning bioijtimoiy tabiati falsafiy muammo hisoblanadimi?
«Biologizatorlik» va «sotsiologizatorlik» konsepsiyalarini qanday baholaysiz?
Inson falsafiy muammo sifatida?
Inson mohiyati to‘g‘risada qanday konsepsiyalar mavjud?
Psixologizm konsepsiya izoxlang?
Sotsiologizm konsepsiya izoxlang?
Biologizm konsepsiya izoxlang?
Insonning kelib chiqishi haqidagi diniy va dunyoviy qarashlarni ifodalang?
1 Rikkert G. O ponyatii filosofii. – «Logos», Kn.1. Spbyu.yu 1910. 33-b.
2 Sovremennaya kniga po estetike. Antologiya. M., 1957.
5 Qarang: Istoriya Vostoka. M., 1999. T.1, 17-19-betlar.
6 A.Z.Kreber, Kluckhonc. Culture: A Critical Review of Concept and Deinitions. N.-Y. 1952. p.291.
7 O. Shpengler. Zakat Yevropi. M., P., 1923. 16-b.
8 A.Toynbi. Postijenie istorii. M., 1921. 33-b.
9 N.Danilevskiy. Rossiya i Yevropa. M., 1991. 74-b.
1011 Qarang: Filosofiya istorii. 391-397-b.
11 F.Fukuyama. «Kones istorii?»//Voprosi filosofii. M., 1990. №3.
12 Qarang. S.Xantington. «Stolknovenie sivilizasiy?»//Polis. M., 1994. №1.
13 Qarang: Polis, 1994. №1. 33-b.
1411 Qarang: M.Xotemi. Vistuplenie na 53-sessii Generalnoy Assamblei, informasionniy byulleten posolstva Irana v Tashkente. 2001. №7.
15 5 mln yil degan ma’lumot 60-yillardayoš odam šoni va shimpanze šoni ošsillari taqlili asosida olingan edi. Biroš u yillarda poleoniologlar ular orasidagi bœlinish 10-25 mln yil ilgari sodir bœlgan deb qisoblar edilar.
16 Qarang: Psixologiya. Slovar. M., 1990. 135-b.
17 O’sha yerda. 136-b.
18 Qarang: Radugin A.A. Radugin K.A. Sosiologiya. M. 1995. 85-b.