Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudligining moddiy va ma’naviy omillari. Tarix falsafasi va uning ijtimoiy mazmuni



Yüklə 223 Kb.
səhifə24/28
tarix08.12.2022
ölçüsü223 Kb.
#73265
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudlig

Hayotning ma’nosi muammoviy tushuncha bo‘lib, unda insonning o‘zligini anglagan holda yashash, umr o‘tkazishning maqsadini tanlovi va uni ro‘yyobga chiqarish yo‘lidagi faolligi ifodalanadi. Hayotning ma’nosi tushunchasining mazmunini «kishi nima uchun dunyoga keladi va nima uchun yashaydi?-degan azaliy falsafiy savol tashkil etadiki, barcha davrlarda faylasuf, mutafakkirlar unga javob axtarganlar. Bu o‘rinda Umar Xayyomning quyidagi ruboiysi xarakterlidir:
Bu bexabar dil ham tegdi-ku jonga,
Sitamidan jonim keldi fig‘onga.
Olamga baribir boru yo‘qligim,
Bas, men nima uchun keldim jahonga.
«Hayotning ma’nosi» tushunchasi falsafiy mazmunga ega bo‘lib, u quyidagi ikki jihatga ega; dunyoqarash va psixologik. Uning dunyoqarash jihatida shaxsning individuallashgan qarashlari, maqsadlari majmui orqali namoyon bo‘ladigan uning dunyoga va o‘zining borlig‘iga bo‘lgan munosabati ifodalanadi.
Psixologik jihati esa shaxsning axloqiy hissiyoti bilan bog‘liq ruhiy-botiniy ko‘rsatmasi(ustanovka) ifodalanadi. Mazkur jihat nazariy mazmun darajasida shaxs dunyoqarash jihatining uning axloqiy faoliyati motiviga aylanishida muhim omil vazifasini o‘taydi.
Inson hayotini ma’nosiga kelsak, u quyidagicha, odam aslan ma’naviylik, jismoniylik va axloqiylikning mushtarakligidan iborat. Odamzot shakllanishining ibtidosida jihatlar uyg‘un kamol topgan. Keyinchalik yuz bergan ijtimoiy mexnat taqsimoti bois, ushbu muvozanat buzilgan. Birovlar aqliy, boshqalar esa jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishga griftor bo‘lganlar
«Komil inson» tasavvuf adabiyotida ko‘p marta tilga olinib munozaralarga sabab bo‘lgan va bu haqda maxsus kitoblar yozilgan. Shulardan Ibn al —Arabiy, Xusain Voiz Koshifiy, Saydiy Abdulqodir Giloniy, Aziziddin Nasafiylarning risolalarini ko‘rsatish mumkin. Ibn al —Arabiy nazdida komil insonni Alloh nurdan yaratgan. Islom ilmining bilimdonlari ko‘rsatishicha, ilohiy nur barcha mavjudotlardan, hatto yer va osmondan ham avval yaratilgandir.

Yüklə 223 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin