Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudligining moddiy va ma’naviy omillari. Tarix falsafasi va uning ijtimoiy mazmuni



Yüklə 223 Kb.
səhifə6/28
tarix08.12.2022
ölçüsü223 Kb.
#73265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudlig

Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. 
Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizasiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi belgilangan:
1.Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 
Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. 
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi. 
Davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati. Davlat - jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug‘idir.
Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi.O‘zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg‘armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, mahalla qo‘mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishO‘zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko‘pqirrali aloqasi bo‘lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o‘ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O‘zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari qo‘liga o‘ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o‘z-o‘zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o‘z-o‘zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish maktabidir.

Yüklə 223 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin