Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudligining moddiy va ma’naviy omillari. Tarix falsafasi va uning ijtimoiy mazmuni


Jahon rivojining zamonaviy konsepsiyalari



Yüklə 223 Kb.
səhifə14/28
tarix08.12.2022
ölçüsü223 Kb.
#73265
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudlig

Jahon rivojining zamonaviy konsepsiyalari. SSSR va jahon sotsializm tizimining halokatga yuz tutishi bilan xalqaro hamjamiyatning geosiyosiy strukturasi o‘zgardi. Xalqaro munosabatlarning ikki buyuk davlat – Amerika Qo‘shma Shtatlari va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi kuchlarning, ayniqsa, harbiy sohadagi nisbiy mutanosibligiga, kapitalistik va sotsialistik tizimlar o‘rtasida dunyoni «sovuq urush» asosida qarama-qarshi bloklarga bo‘linishiga asoslangan ikki qutbli sistemasi barham topdi. Xalqaro hamjamiyat xalqaro munosabatlarning yangi davriga – yangicha dunyoviy tartibotga qadam qo‘ydi. Jahon siyosatshunosligida dunyoda yuzaga kelgan yangicha vaziyat to‘g‘risida bahs-munozaralar avj ola boshladi.
Mazkur munozaraga birinchilar qatori «tarixning intihosi « ta'limotining asoschisi amerikalik siyosatshunos Frensis Fukuyama hisoblanadi. Uning fikricha, eng buyuk kommunistik davlat – Sovet Ittifoqining qulashi va ijtimoiy tuzum sifatida sotsializmning o‘z-o‘zidan barham topishi dunyoning bipolyar, ya'ni ikki qutbli tizimining tugashi va ko‘pqutblilik holatiga o‘tishi bilan cheklanib qolmasdan, an'anaviy, ya'ni ijtimoiy ma'noda tarixning ham intihosiga yetishini anglatadi. «Tom ma'noda tarix yakuniga yetdi: mafkuraviy evolyusiya tugadi va boshqaruvning so‘nggi shakli sifatida g‘arb liberal-demokratiyasining universallashuvi boshlandi», - deb yozadi u11. Dunyo endi liberal-demokratiya darajasiga yetgan «tarixdan keyingi» xalqlar va hali «tarixda mavjud», lekin rivojlanishning asosiy maqsadi mutlaq g‘arblashish (vesternizatsiya) bo‘lgan hamda AQShda o‘zining yorqin ifodasini topgan g‘arbona qadriyatlar orqali «tarixdan keyingi» mamlakatlar hamjamiyatiga qo‘shilishdan iborat xalqlarga bo‘linadi. Aynan AQSh jahon hamjamiyatiga yetakchilik vazifasini va yangicha dunyoviy tartibot uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oluvchi yagona buyuk davlat sifatida ko‘rsatiladi.
Amerikalik yana bir siyosatshunos – S.Xantington «sovuq urush» tugaganidan so‘ng, o‘zgargan dunyoda ijtimoiy-madaniy jarayonlar dinamikasini tushuntirishga, zamonaviy dunyoda ixtiloflarning bosh manbaini aniqlashga yo‘naltirilgan yangi paradigmani yaratishga harakat qildi. U «sivilizatsiyalar to‘qnashuvi» modelini ilgari surdi12.
Xantington fikricha, ilgari uch xil dunyodan – kapitalizm, sotsializm va «uchinchi dunyo»dan tashkil topgan xalqaro sistema endi 8 ta asosiy: g‘arbona, konfutsian, yapon, islom, induizm, pravoslav-slovyan, lotinamerikasi va afrika sivilizatsiyalarini o‘z ichiga olgan yangi tizimga o‘tmoqda. Raqobat qiluvchi harbiy bloklar, uning fikricha ushbu sivilizatsiyalardan qaysi biriga tegishli ekanligi bilan farqlanadi. Oxir oqibat kishilar uchun siyosiy mafkura yoki iqtisodiy manfaatlar emas, balki e'tiqod va oila, qon-qarindoshlik va ishonch, ya'ni kishilar o‘zlarini qanday anglashlari, nima uchun kurashishlari va halok bo‘lishlarini bilish muhimroqdir. Ammo Xantington madaniy-tarixiy maktabning asoschilari (Shpengler, Toynbi, Danilevskiy, Sorokin)dan farq qilib, sivilizatsion o‘zlikni anglashning yangi mezonlarini ilgari surdi, xususan bu qurol-yarog‘, ayniqsa ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, inson huquqlari va immigratsiya bilan bog‘liq jahonshumul muammolarni uzil-kesil hal etilishi edi. Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi chegara aynan shu muammolarning hal etilishiga qarab aniqlanadi. Bunda G‘arb bir tomonda, qolgan sivilizatsiyalar, ya'ni qolgan dunyo esa boshqa tomonda joylashadi.
Xantington g‘arb sivilizatsiyasining yaxlit birbutunlik sifatida, sistemalararo ixtiloflar davriga nisbatan dahshatliroq fojea oldida turganligi haqidagi tezis bilan chiqdi. Xantington konsepsiyasiga binoan, kelajakda geosiyosatdagi markaziy muammo G‘arb va qolgan sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ixtilof bo‘lib qoladi. «Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi jahon siyosatining belgilovchi omiliga aylanadi. Sivilizatsiyalar orasidagi uzilish chizig‘i G‘arb va qolgan dunyo o‘rtasidagi munosabatlar orqali o‘tadi»13. Shundan kelib chiqib, u G‘arbdagi hukmron doiralarga g‘arbiy sivilizatsiya chegaralarida, ayniqsa, AQSh va yevropa o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarda G‘arbning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning imkoniyatlarini kuchaytirish zarurligi haqidagi g‘oyalar bilan murojaat qiladi.
«Sivilizatsiya to‘qnashuvi» modeli sivilizatsion bag‘rikenglikka rahna soladi. U jahon jamoatchiligiga kelajakda G‘arb va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi ixtilof – geosiyosatning markaziy o‘q chizig‘i bo‘lib qolishligini isbotlashga qaratilgan. Ushbu model nafaqat olimlar o‘rtasida, balki turli mamlakatlar, xususan, islom dunyosidagi siyosiy doiralarda ham turlicha, ba'zan salbiy munosabatga sabab bo‘lmoqda. Masalan, Eron Islom Respublikasining sobiq Prezidenti Sayyid Muhammad Xotamiy tashabbusi bilan sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot masalasi Yuneskoning 1999 yildagi sessiyadagi va BMTning 2000 yildagi 53-Bosh Assambleyasida muhokama etildi. Mazkur ming yillik sammitida XXI asr – sivilizatsiyalararo muloqot asri, deb e'lon qilindi14.



Yüklə 223 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin