Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudligining moddiy va ma’naviy omillari. Tarix falsafasi va uning ijtimoiy mazmuni



Yüklə 223 Kb.
səhifə16/28
tarix08.12.2022
ölçüsü223 Kb.
#73265
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy talqini. Jamiyat mavjudlig

Falsafada inson. Biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, inson ko‘p fanlar tomonidan predmet sifatida qaraladi, shu sababli bizning oldimizda muhim bir vazifa – inson muammosining aynan falsafiy aspektlarini ochib berish turadi.
Tabiatshunoslik va jamiyatshunoslikda insonni tadqiq etishning hozirgi darajasi shundayki, bunda inson hozirgi to‘plangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish masalalari tobora ko‘proq birinchi planga chiqmoqda.
Inson muammosining falsafaga oid masalalari deb quyida­gi­larni hisoblash mumkin:
a) inson mohiyati; b) insonda ijtimoiylik va biologik (tabiiylik)ning nisbati;
v) shaxsning erkinligi; g) insonning mavjud bo‘lishi (borlig‘i) va mohiyatining dialektikasi; d) inson hayotining maqsad va ma’nosi.
Bu albatta inson muammosining falsafiy spesifikasi faqat yuqoridagilar bilan cheklanadi, degan emas. Biz faqat asosiylarini sanab o‘tdik xolos.
Insonning kelib chiqishi haqidagi nazariya
Insonning kelib chiqishi eng murakkab va jumboqli fenomenlardan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardan boshlab ushbu fenomenni tushuntirishda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki paradigma mavjud: insonning xudo tomonidan yaratilganligi g‘oyasi va tabiiy tarixiy evolyusiya g‘oyasi.
Insonning hayvonlarga o‘xshab ketishini odamlar juda qadimgi zamonlardayoq payqaganlar. Antik fanning paydo bo‘lishi bilan inson va hayvonlarni qiyosiy tahlil qilish yo‘lidagi dastlabki urinishlar ham yuzaga keldi. Bunday harakatlarning dastlabkilaridan birini Qadimgi Gresiyada Arastu amalga oshirdi, Qadimgi Rimda yashagan vrach va anatom Klavdiy Galen esa birinchilardan bo‘lib odam bilan maymun o‘rtasidagi o‘xshashliklarni tavsiflab berdi.
1610 yilda faylasuf va olim Lyuchilio Vanini odam va maymunning qarindoshligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi va buning uchun gulxanda kuydirildi. 1699 yilda esa ingliz anatomi E.Tayzon «Orangutan yoki o‘rmon odami: maymun, pigmey va insonning qiyosiy anatomiyasi» nomli asarini e’lon qildi.
XVIII asrga kelib olimlar endi inson va hayvonlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmadilar. Tirik organizmlarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan shved olimi Karl Linney (1707-1778), garchi insonning xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi g‘oyani tan olsada, o‘z tasnifida uni hayvonlar dunyosining boshqa vakillari orasiga joylashtirgan va bunda u Homo turini alohida ajratgan edi. J.B.Monboddo va J.E.Doornikning ilmiy ishlaridan boshlab odamlarning insonga o‘xshash maymunlardan kelib chiqqanligini haqidagi fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdiq etiladi.
Antropogenezning tadrijiy xususiyati haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarning shakllanishida Jan Lamarkning (1744-1829) «Zoologiya falsafasi» deb atalgan va 1809 yilda e’lon qilingan asari muhim bosqichni tashkil etdi. Lamarkning fikriga ko‘ra qadimgi maymunlar o‘rmonlarning kamayib ketishi natijasida daraxtlardan tushib yerda yashashga va tik turib yurishga majbur bo‘lganlar. Bu ularning umurtqa pog‘onalari, oyoq kaftlari, qo‘l bo‘g‘inlari, jag‘lari, tishlari va bosh miyalarining o‘zgarishiga olib kelgan. To‘da-to‘da bo‘lib ijtimoiy hayot kechirish sharoitlarida esa ularda nutq rivojlana boshlagan. 1818 yilda esa Bilenshtedning asari dunyoga keldi, unda muallif inson va ungacha bo‘lgan hayvoniy shakllarni bir butun evolyusion zanjirga bog‘lovchi oraliq shakllar mavjud bo‘lganligi haqidagi fikrni bayon qildi.
Odamning kelib chiqishi haqidagi tabiiy-ilmiy qarashlarning uzil-kesil tasdiqlanishida Ch.Darvinning «Tabiiy tanlanish natijasida turlarning kelib chiqishi» (1859) va «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish» (1871) kabi asarlarida bayon etilgan evolyusiya nazariyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. «Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» asarida Ch.Darvin « O‘z ajdodlarimizning tana kattaligi yoki kuchiga nisbat beradigan bo‘lsak, shimpanze yoki gorillaga o‘hshash maymunlardan vujudga kelganligini biz bilmaymiz..., binobarin odamzod uchun qandaydir ojizroq shakllardan vujudga kelish afzal edi,chunki ana shu holat u o‘z aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga va turmushning ijtimoiy shaklida yaqinlariga yordam berishga majbur etar edi»(47-bet) deb ta’kidlaydi.Darvin hayvonot olami va odamzod fe’l-atvorini ko‘p yillik kuzatuvlariga tayanib odam osmondan uzilib yoki yer tubidan nogahon otilib chiqqan bir tur emasligini isbotlashga urindi va uni sut emizuvchi hayvonlar sinfidagi mavjudot degan fikrlarga qo‘shildi.Sichqondan kalamush, mushukdan yo‘lbars paydo bo‘la olmaganidek, maymundan ham aslo odam vujudga kelmaydi.Na darvinizmda va na biologiya fanida maymun to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamga aylanishi haqida fikr yo‘q.Darvinning evolyusion ta’limoti o‘z davrida xam undan keyingi yillarda xam jiddiy tanqid va e’tirozlarga uchraganiga qaramay, u davrlar imtixonidan o‘tib odam xozirgi fiziologik tuzilish va aqliy kamolotga yetguniga qadar million yillarni qamrab oladigan evolyusion bosqichni bo‘sib o‘tganini ma’lum ma’noda isbotladi.Nafaqat ilmiy doiralarda balki diniy doiralarda ham odam birdaniga emas , tarixiy-tadrijiy taraqqiyot maxsuli ekanligi tan olina boshladi. «Maymunsimon odamlar» yoki «Odamsimon maymunlar» iboralarini Darvin asarlari umumiy matnidan yulib olib aqidaparastlarcha yoki o‘z manfaatlari yuzasidan muxokama yuritish va yuzaki xulosalar chiqarish kabi tarixiy tajribalar bizga sobiq ittifoq davridan ma’lum. Fan va dinni qarama-qarshi qo‘yish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi bizga ma’lum. Shunday ekan bu ikki falsafiy dunyoqarashlar tizimini o‘zaro bir-birini to‘ldirishi va uyg‘unlikda bo‘lishiga xarakat qilish murakkab jarayon bo‘lsada maqsadga muvofiq bo‘ladi.Chunki e’tiqod aqlga muvofiq bo‘lishi lozim. Ch.Darvin insonparvar olim sifatida ta’kidlaydiki «O‘z turini ya’ni odam zotini qiynashdan,qonli urushlar olib borishdan,xech bir vijdon azobisiz o‘z bolasini o‘ldirishdan, o‘z ayoliga itoatkor qul sifatida qarashdan uyalmaydigan va o‘ta xurofotga berilgan odam bo‘lgandan ko‘ra , tog‘dan tushib yosh o‘rtog‘ini ajablanib qolgan itlar galasidan g‘olibona ajratib olgan qari pavian bo‘lishni afzal bilar edim» (Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish.421 bet.) deydi.Darvinning bu kinoyali gaplari o‘zini eng oliy mavjudot deb xisoblovchi butun insoniyat uchun jiddiy ogohlantirish bo‘ldi.
XIX asrning o‘rtalariga qadar atnropogenezning talqinlari tabiiy-ilmiy xususiyatga ega bo‘ldi, ya’ni antropogenez faqat tabiiy fanlar (anatomiya,embriologiya, evolyusiya nazariyasi va boshqalar) doirasida izohlandi. Shunga muvofiq antropogenezning harakatga keltiruvchi kuchlari sifatida tabiiy-biologik olimlar tushunilar edi. Antropogenez jarayonida ijtimoiy olimlarning roli F.Engels antropogenezning mehnat nazariyasida («Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli», 1873-1876) o‘z aksini topdi. Uning mohiyati «Mehnat -insonni yaratdi» degan formulada ifoda etilgan edi.

Yüklə 223 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin