4. Ong falsafasi. Ong strukturasi va funksiyalari. Inson borlig‘i tabiiy rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq bosqichi ham tegishli va
uning tabiiy-jismoniy, biologik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, jonli organizmlarning mavjudlik
qonunlari va tamoyillari his etuvchi mavjudot sanalgan insonga nisbatan ham to‘la tatbiq etiladi.
Ammo bundan tashqari insonni qolgan barcha jonli narsalardan farqlash imkonini beradigan, unda
hyech shubhasiz mavjud bo‘lgan, lekin sinchiklab qaraganda ko‘rinmaydigan, aniq tavsif
berishning iloji bo‘lmagan nimadir mavjud. Insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi bu «nimadir»
turli davrlarda turli mutafakkirlar tomonidan jon, ruhiyat, ong, tafakkur, ideal va hokazolar deb
atalgan.
Ong inson borlig‘ining eng muhim omilidir.Ong muammosini yechishga nisbatan yangicha
yondashuvlar hozirgi zamon falsafasining irratsionalistik oqimlariga (lot. Irra Ongning tabiati.)
mansub. Ong muammosi o‘ta murakkab muammolardan biri bo‘lib, falsafada doim qizg‘in bahs
va munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Bu bahs va munozaralar hozir ham tugagani yo‘q.
Ongning tabiati shunday: u hissiy idrok etiladigan ob'ektiv borliqni tushunish va aks ettirish
uchun biz yuqorida foydalangan aksariyat ko‘rsatkichlar va tavsiflarga mos kelmaydi. Ongni
o‘lchash, biron-bir tarzda miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin emas, zero uning
massasi ham, energiyasi ham yo‘q, shuningdek u moddiy ob'ektlar kabi muayyan shakl-
shamoyilga ham ega emas.
Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo‘lib, balki bilvosita – odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo‘ladi.Binobarin, inson borlig‘ining bu elementlarini tahlil
qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini
ham o‘z ichiga oladi, zero uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Shu
sababli ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, kibernetika,
informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o‘rganiladi.
Ayni vaqtda mazkur muammo o‘ta murakkabligi tufayli uning falsafiy talqini ayrim fanlar
uchun muhim metodologik rol o‘ynaydi. Ularning natijalari esa, o‘z navbatida, ongning tabiati
xususidagi falsafiy mulohazalar uchun asos bo‘ladi. Ongning tabiati masalasining qo‘yilishi va
unga berilgan tegishli javob, odatda, barcha keyingi falsafiy, chunonchi: ontologik, gnoseologik,
ijtimoiy va boshqa mavzulardagi mulohazalarning yo‘nalishini belgilaydi.
Ongsizlik. Ong insonning ichki dunyosi sifatida o‘z strukturasiga ega. Uni o‘rganishdan
oldin quyidagi holatga e'tiborni qaratish lozim. Ba'zan «ong» tushunchasi «inson ruhiyati»
tushunchasi bilan ayniylashtiriladi. Bu noto‘g‘ri. Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma bo‘lib, u aks ettirishning ikki sohasi – ong va ongsizlikni o‘z ichiga oladi. Olimlar insonda onglilik va ongsizlikning o‘zaro nisbati to‘g‘risida so‘z yuritar ekanlar,
ba'zan ularni okeandagi muztoqqa o‘xshatadilar. Bu muztog‘ning suv ustidagi ko‘zga ko‘rinadigan
qismi ongga qiyoslanadi, suv ostidagi ko‘rinmaydigan qismi esa ongsizlikka o‘xshatiladiki, uning
miqyosi, shakli, tuzilishi va mazmuni haqida biz bilvosita belgilarga ko‘ra faqat taxmin qilishimiz
mumkin. Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqaridagi ruhiy hodisalar, holatlar va harakatlar majmui, deb hisoblash odat tusini olgan. Bu sohaga, eng avvalo, instinktlar – inson xulq-atvorining
uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida hosil bo‘ladigan va har bir mavjudotning hayot funksiyalarini,
umuman uning mavjudligini ta'minlashga qaratilgan tug‘ma harakatlari majmui kiritiladi.
Ongsizlikni (ong osti) tushunish yanada ko‘proq qiyinchilik tug‘diradi. Uning mavjudligi
avstriyalik mashhur psixiatr Z.Freyd (1856-1939) tomonidan XX asr boshida aniqlagan.