Jamiyat va inson falsafasi ma’ruza rejasi


  Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari va o’zaro aloqadorligi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix25.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#102419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jamiyat va inson falsafasi ma’ruza rejasi

1. 
Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari va o’zaro aloqadorligi. 
Madaniyat tushunchasiga turli lug‘atlarda, faylasuflar va olimlarning asarlarida berilgan 
ta'riflarni taqqoslasak, ularning o‘rtasida jiddiy farq mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Bu 
tasodifiy bir hol emas. Madaniyat – shaxs va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi 
o‘ta serqirra hodisa. Madaniyat nima, degan savolga javob topish u qay tarzda vujudga kelgan va 
turli, ayrim jihatlarga ko‘ra esa bir-biriga zid madaniyatlarning mavjudlik sababi nimada, degan 
savollarga javobni ham nazarda tutadi.
«Madaniyat» atamasi arabcha «madina» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «shahar» degan 
ma'noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini badaviy yoki sahroyi turmush, 
ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa 
O‘rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi shahardagi turmush tarzi va sivilizatsiya ne'matlari 
bilan bog‘langan.
Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko‘rinishida shakllangan. Shu bois, eng qadimgi 
davrlardan hozirgi kungacha ham yurtimizda ma'naviy madaniyat, go‘zallikka intilish, san'atni 
qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg‘onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi 
sifatida qaralgan. Shu davrda madaniyatni ma'naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan 
fan, axloq, san'at, falsafa, din bilan bog‘lash odati paydo bo‘lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari 
majmui sifatida, ma'naviy faoliyat antik an'anasining davomi sifatida e'tirof etilgan. Shu ma'noda 
madaniyat tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o‘rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan.
Ma'rifat davri faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil va o‘ziga xos 
jabhasi sifatida qaraydilar. Ularning talqinida jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida aql, 
oqilonalik tamoyillarining qaror topishi madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi 
insoniyat oldiga umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarni qo‘yish va ijtimoiy o‘zgarishlarni 
o‘ziga bo‘ysundirishdan iborat. Ma'rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin bo‘lgan 
narsalarni saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual, ijodiy, samarali, novatorlik 
ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lishi, ya'ni nafaqat yaratishi, balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz 
kengaytirishi lozim edi. Ammo madaniyatning asl mohiyati, uning o‘ziga xosligi inson aqlining 
mutlaq erkinligi sifatidagi ma'naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi.
Kant ko‘nikma madaniyatini va intizom madaniyatini farqlaydi. Ko‘nikma maqsadlarga 
erishish qobiliyatini, intizom esa – oqilona maqsadlar qo‘yish va inson irodasini oqilona yo‘l 
tanlash imkoniyatidan mahrum qiladigan mayllar tutqunidan xalos etishni nazarda tutadi. Kant 
madaniyat tushunchasini fan va san'at doirasi bilan cheklaydi. Fanda aql-idrokning qonunchilik 
kuchi, san'atda – tasavvurning mahsuldor kuchi jamlanadi. Ular ob'ektiv bilim va sub'ektiv sezgi 
kabi bir-biriga ziddir. Shunga qaramay Kant fan va san'at munosabatlariga bir-birini to‘ldiruvchi 
munosabatlar sifatida qaraydi.
XIX asrda madaniyatga avvalo u yoki bu tipdagi jamiyat hayoti va uning o‘z-o‘zini tashkil 
etishidagi roliga ko‘ra farqlanadigan qadriyatlar va g‘oyalar tizimi sifatida yondashila boshlandi. 
Gegel madaniyatga mutlaq g‘oya o‘z-o‘zini anglab yetishining boshlang‘ich va yakunlovchi 
(falsafa) bo‘g‘ini sifatida qaraydi. Gegelning bu nazariyasi XIX-XX asrlarning madaniyatga doir 
bir qator konsepsiyalarida tanqid qilinadi. Jumladan, «lokal sivilizatsiyalar» konsepsiyasida 
Shpengler xalqlar madaniyatiga o‘z rivojlanish jarayonida vujudga kelish, ravnaq topish, 
tanazzulga uchrash va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadigan berk, betakror organizmlar sifatida 
qaraydi. Shpengler tarixiy jarayonning o‘ziga xos uzlukliligi dalilidan madaniyatlarning ko‘p 
sonliligi g‘oyasini keltirib chiqaradi.
XX asrda madaniyatni o‘rganish asosan etnografiya va ijtimoiy antropologiya doirasida 
amalga oshiriladi. XX asrning ikkinchi yarmida madaniyatning kommunikativ xossalari haqidagi 
tasavvurlar rivojlanadi, uning germenevtik talqini keng tarqaladi. Bu esa madaniyatning tuzilishi 
va xususiyatlarini o‘rganish uchun asos sifatida tilga qiziqish kuchayishiga sabab bo‘ladi.
Jumladan I. Karimov madaniyatni ma'naviyat bilan uzviy aloqadorligini asoslaydi. Uning 
fikricha “Ma'naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki 


dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos 
kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.

Shunday qilib, tarixiy jarayonda shakllangan madaniyatga doir rang-barang 
konsepsiyalarda mazkur hodisaning muhim xususiyatlariga tavsif beriladi. Madaniyatning hozirgi 
talqini mazkur tavsiflarni o‘z ichiga oladi. Madaniyat tushunchasining mazmuni moddiy va 
ma'naviy qadriyatlar, ularni yaratish, ajdodlar tajribasini o‘zlashtirib, undan yangi qadriyatlar 
yaratish uchun foydalanishga qodir bo‘lgan insonni shakllantirish usullari tizimidan iborat. 
Madaniyat yaxlit bo‘lib, ancha murakkab tuzilishga ega. Uning elementlari turli asoslarga ko‘ra 
farqlanadi. Har qanday madaniyat: 
- barqaror elementlar, ya'ni madaniy universaliyalarni; 
- muayyan tarixiy sharoitda vujudga keladigan va yo‘q bo‘lib ketadigan o‘tkinchi 
elementlarni o‘z ichiga oladi.
Madaniyatning ichki tuzilishi. Har qanday madaniyatning ichki tuzilishi uning amal qilish 
xususiyatlari 
bilan 
belgilanadi. Madaniyatning 
borlig‘i 
insoniyat tajribasini o‘zida 
mujssamlashtirgan alohida madaniy predmetlilikni yaratuvchi sub'ektning o‘ziga xos faoliyati 
bilan ta'minlanadi. Shundan kelib chiqib madaniyatning quyidagi muhim elementlarini farqlash 
mumkin: 
- madaniyat sub'ekti; 
- inson faoliyati; 
- madaniy predmetlilik; 
- madaniyatning asosiy funksiyasi – ajdodlar ma'naviy tajribasini saqlash, avloddan-
avlodga o‘tkazish va o‘zlashtirishni amalga oshirish bilan bog‘liq odamlar o‘rtasidagi aloqalar.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin