Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
523
w
www.oriens.uz
April
2021
KIRISH
O‘tgan asrning asrning ikkinchi yarmida ta’lim tizimi jaxon sivilizatsisiyaning
ilg‘or yutuqlari va xalqimizning tarixiy ildizlaridan ajralib qolgan edi. Bu ahvolni
tubdan o‘zgartirish xalqimizning intellektual boyliklarini, jahon fani va
madaniyatining yutuqlarini o‘ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish
kerak edi. Mana shu asosidagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga
keltirish ko‘zlangandi. Darhaqiqat buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma’naviy merosi,
ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma’naviy hayotimizni tiklay
boshladik. Milliy urf odatlarimiz va an’analarimiz, xullas inson ma’naviyatiga
daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan tiklandi. YOshlarda o‘zlikni anglash, milliy
g‘urur, oriyat, utmishdan faxrlanish, porloq kelajakni barpo etishda ta’lim tarbiya
sohasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizning istiqlolga erishishi
qisqa fursatda xalq ta’limini rivojlantirish sohasida ijobiy natijalar bera boshladi.
Mamlakatda milliy dastur g‘oya va maqsadlarining amalga oshirilishi mustaqil
va erkin fikrlaydigan shaxsining istiqlol g‘oyalariga sodiq vatanining fidoyisi
bo‘lgan fuqaroning etuk malakali mutaxassisning shakllanishga shart - sharoit
yaratdi. Jamiyatning ijtimoiy siyosiy hayotida ongli ravishda ishtirok etadigan
ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir etadigan o‘z mamlakati va oilasi taqdiri uchun
mas’uliyatni his etadigan shaxsni tarbiyalash ta’limning asosiy maqsadlaridandir.
Har bir kishining jamiyat hayotida munosib o‘rnini topishi, erkin fikrlash va bahs
madaniyatining yuksalishi va natijada shaxsning ichki dunyosini boyitish imkoni
yuzaga keldi. Bunga ta’lim tizimining har bir bosqichida shaxs imkoniyatlarining
namoyon etilishi, uning har tomonlama rivojlanishi ijtimoiy shakillanishi va amalga
oshirishni ta’minlaydigan zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish bilan erishish
mumkin. SHaxs davlat va jamiyat talablarini qondiradigan zamonaviy, izchil va
uzluksiz ta’lim va kasb-hunar dasturlarini, ilg‘or pedagogik va axborot
texnalogiyalaridir. Ta’lim va kasb –hunar dasturlari xalqni boy intellektual va
ma’naviy –axloqiy meroslarga umuminsoniy qadriyatlarga, fan –texnika va
madaniyatnig ilg‘or yutuqlariga asoslangan xolda tuziladi. O‘zbekistonda ta’lim
tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan o‘rta maxsus ta’limdagi keng miqyosidagi
o‘zgarishlar tom ma’nodagi yangilikdir.
METODLAR
Maqolada O‘zbekistonda o‘rta maxsus ta’lim sohasidagi islohotlari va uning
ahamiyati qabul qilingan tarixiy va sotsiologik metodlar – tahliliy, ketma-ketlik,
xolislik, ob’ektivlik tamoyillari asosida yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: