Jarayondagi ahamiyati


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix20.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#146255
1   2   3   4   5   6   7
ta-lim-sohasidagi-islohatlarning-demokratik-jarayondagi-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
525 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga kirishayotgan tizimga o‘ta boshladi. Biroq 
o‘rta kasb xunar ta’limi tizimidagi mavjud muammolar katta xajmdagi mablag‘ni, 
ta’limning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishini uning jamiyatimizni ustivor 
yo‘nalishga aylanishini talab qilayotgan edi. Ta’lim islohotlarining jadallashuvi bu 
yo‘nalishda izchillik hamda uzliksizlikni taminlashga xizmat qiladigan yangi qonun 
qabul qilinishni taqozo etayotgan bir vaqtda bir qator qonun va dasturlar qabul 
qilindi.
1
Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustivor deb 
belgilanishi milliy tajribaning tahlili va ushbu tizimdagi jahon miqyosidagi yutuqlar 
asosida tayyorlangan hamda yuksak ma’naviyat ega, umumiy va kasb-hunar 
madaniyatiga asoslangan ijtimoiy –siyosiy hayotda mustaqil fikr yurita oladigan 
jamiyatning barcha sohalaridagi muammolrini tahlil va hal etishga qodir kadrlarning 
yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirildi. Ta’lim tizimi sohasida o‘tkazilgan 
islohotni ikkita yirik bosqichga bo‘lish mumkin birinchi bosqich 1991-1997 yillar, 
ikkinchi bosqich (1997 keyingi davrlarga ajratish mumkin
2
O‘zbekistoning siyosiy ijtimoiy –madaniy va iqtisodiy hayotidagi chuqur 
islohotlar mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga tezkor kirishi bilan birga sodir 
bo‘lmoqda. Bu xol o‘rta maxsus kasb xunar ta’limi o‘quv muassasalarini ham xalqaro 
ta’lim tizimiga va xalqaro ta’lim xizmat bozoriga tezroq kirishishi zarurligini 
belgilaydi.
MUNOZARA 
YOshlarni kasb-xunarga o‘rgatish, ta’lim uzliksizligini ta’minlash masalasi 
davlat siyosati darajasiga kutarilishi yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va 
kasb-hunar kollejlarini moddiy –texnik bazasini yaxshilash maqsadida ham hukumat 
tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berildi. Mustaqillikning daslabki yillarida 
yoshlarimiz umumiy o‘rta ta’limni tugatganlaridan so‘ng yana uch yil akademik 
litseylar va kasb - hunar kollejlarda ta’limni majburiy –ixtiyoriy davom ettiradilar. 
Ta’kidlash kerakki, qonunga asosan akademik litsey va kasb- hunar kollejining 
maqomi tenglashtirilgan. SHu bilan birga ular o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan 
bir biridan ma’lum ma’noda farq qiladi. Akademik litseylar o‘quvchilarning 
qiziqishlari va qobiliyatlarni hisobga olgan holda ularning jadal intellektual 
rivojlanishini, chuqurlashtirilgan - ixtisoslashtirilgan holda o‘qitishni ta’minlaydi. 
Akademik litseylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. 
Kasb –hunar kollejlari esa o‘quvchilarning kasb –hunarga moyilligini 
layoqatlarini bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan 
1
Ўз Р ВМ “Кадрлар тайёрлаш миллий дастурини ишлаб чиқиш тўғрисида” қарори 1997 йил 10 мартда . 
“Таълим тағрисида”ги қонун ва Кадрлар тайёрлаш миллий Дастури 1997-йил 27-августда
2
Эргашева Ю.А. Формирование национальной модели образования в узбекистане за годы независимости // 
Alma mater вестник высшей школы М.,2017 г № 9 сентябрь 86-87 ст



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin