Jarayondagi ahamiyati


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix20.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#146255
1   2   3   4   5   6   7
ta-lim-sohasidagi-islohatlarning-demokratik-jarayondagi-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
526 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash kichik usta 
tayyorlash imkonini beradi. Lekin amalga oshirilayotgan ishlarni shu bugungi talablar 
darajasida deb bo‘lmaydi. Masalan, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini pedagogik 
kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasini, ularning mutaxassisligini o‘qiyotgan fanlari 
bilan o‘zaro mosligi, o‘quv laboratoriya bazasidan, shu jumladan chet eldan 
keltirilgan jixozlardan ta’lim jarayonida foydalanish darajasi, o‘quv-uslubiy 
adabiyotlar bilan ta’minlanganlik, ishlab chikarish bilan aloqa va xamkorlik ishlari, 
bitiruvchilarni ishga joylashtirish va ularning monitoringini olib borish, oliy ta’lim 
muassasalari bilan o‘zaro xamkorlikni yanada takomillashtirish, qabul rejalarining 
bajarilishi, kichik mutaxassislarga bo‘lgan extiyoj mavjudligi, yoshlarni kasbga 
yo‘naltirish ishlari kabi qator muammolarni hal etish oldimizga bir qancha 
kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni keltirib chiqaradi
Kasb-hunar kollejlarini bitirgan talabalarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga 
joylashtirish muammolari mavjud. Buning uchun viloyat mehnat va aholini ijtimoiy 
muxofaza kilish bosh boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘limlari, dehqon fermer 
uyushmalari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ishni tashkil etish 
maqsadga muvofiqdir. 
Statistik ma’lumotlarga nazar soladigan bo‘lsak daslabki yillarda Qashqadaryo 
viloyati misolida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini 2000 yilda 8654 nafar, 
2001 yilda 14398 nafar, 2002 yilda 16699 nafar, 2003 yilda 11166 nafar, 2004 yilda 
11391 nafar, 2005 yilda 13270 nafar, jami 2000-2005 o‘quv yillari 75578 nafar 
talabalar bitirib chiqqan. SHulardan, 2000 yilda 5897 nafari (68%), 2001 yilda 10010 
nafari (69,5%), 2002 yilda 9052 nafari (54,2%), 2003 yilda 7896 nafari (70,7%), 
2004 yilda 8323 nafari (73,1%), 2005 yilda 9670 nafar (72,9%) talabalar ishga 
joylashganlar. Agar o‘rta maxsus ta’lim muasasalari bitiruvchilarini oliy o‘quv 
muassasalariga qabul qilinishini olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich 2000 yilda 
361 nafar (4,2%), 2001 yilda 431 nafar (3%), 2002 yilda 787 nafar (4,7%), 2003 yilda 
860 nafar (7,7%), 2004 yilda 1042 nafar (9,1%), 2005 yilda 1399 nafarni (10,5%) 
tashkil etadi.
3
Kadrlar tayyorlash tizimidagi tarkibiy qismlardan yana biriga diqqatingizni 
tortmoqchimiz. Gap ishlab chikarish xaqida borayapti. Afsuski, xali bu sohada 
muntazam va samarali amaliyot yo‘lga qo‘yilgan emas. Ta’limni korxonadagi unumli 
mehnat bilan shu jumladan, ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan 
qo‘shib olib borish e’tibordan chetda qolgan. 
3
ЎзР ЎМКҲТМ жорий архиви Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тизимида 2005 йил якунлари бўйича
амалга оширилган ишлар натижалари тўғрисида маълумот. 11-бет. 



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin