Jarayondagi ahamiyati


NATIJALAR Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix20.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#146255
1   2   3   4   5   6   7
ta-lim-sohasidagi-islohatlarning-demokratik-jarayondagi-ahamiyati

NATIJALAR


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
524 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
Mustaqillik dastlabki yillarida ma’muriy buyruqbozlik tizimidan demokratik 
jamiyat qurishga o‘tish, ta’lim tarbiyadagi eski ma’naviy qarashlarning ayrimlaridan 
voz kechishga milliy xususiyatga ega tarbiyaviy ishlarni yangi uslublarini izlab 
topishga, yoshlar ongiga milliy madaniyatimiz, xalqimizning tarixi, an’analarimiz, 
urf odatlarimizni to‘laroq singdirishga, ularni boshqa xalqlar madaniyati bilan 
tanishtirish yoshlarda millatlararo munosabatlarni shakllantirish uchun O‘zbekistonda 
ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilishi lozim edi. 
Ta’lim islohatlarining jadallashishi bu yo‘nalishda izchillik va uzliksizlikni 
ta’minlashga xizmat qiladigan yangi qonunga ehtiyoj sezila boshladi. Mustaqillikning 
dastlabki yillaridan boshlab jahon taraqqiyotidagi tajribani chuqur o‘rgangan, ulardan 
etarli xulosalar chiqargan holda respublikamizning hunar –texnika ta’limi tizimini 
milliy asosida qayta qurish ishiga kirishildi. Bu borada respublika raxbariyatining 
chiqargan farmon va qarorlari umuminsoniy qadriyatlar va milliy mentalitetni 
e’tiborga olgan holda ta’lim tarbiya mazmuni milliy mafkura va mustaqillik, ozodlik
g‘oyasi asosida tashkil etish va takomillashtirsh, ta’lim samarodorligi sohasini tinmay 
isloh qilib borish, uni jahon talablari darajasigi olib chiqish yo‘lidagi say -harakatlar 
fikrimiz dalilidir. Bozor munosabotning shakllanishi kasb-hunar bilim yurtlarining 
jamiyatdagi ishlab chiqarish orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘zgartirishni taqozo 
etadi. Natijada 1992 yilda respublika hunar-texnika ta’limini rivojlantirishning yangi 
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Istiqlolning dastlabki kunidanoq ta’lim tarbiyani 
jadallashtirishning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lsada ta’lim tarbiya jarayonidagi 
ish uslublarining ayrimlari hamon eskiligicha qolib ketmoqda edi. Ayniqsa kasb-
hunar ta’limi sohasida deyarli o‘zgarishlar yo‘q edi. SHuning uchun ta’lim 
to‘g‘risidagi qonun tizimni isloh qilishning amaliy chora-tadbirlari, ta’lim tarbiya va 
o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash ya’ni 
uzliksizlikni ta’minlash muammolarini bartaraf eta olmadi.
Mamlakat ta’lim tizimidagi mavjud holatni tahlil qilish shundan dalolat beradiki, 
kadrlar tayyorlash jarayoni respublikada amalga oshirilayotgan demokratik 
o‘zgarishlar va bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermas edi. Buning ustiga ta’lim 
muassasalarining sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallar 
bilan to‘liq ta’min etilmaganligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta
hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi yuqori malakali raqobatbardosh 
kadrlarga bo‘lgan talabni qondirish imkoniyatini bermayotgan edi. Kasb-hunar 
ta’limi sovetlarning cheklangan ta’lim tizimidan yangi ijordkorlikka asoslangan, 
ta’lim mazmuni milliylashgan yo‘nalishlarga o‘tayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston ta’lim 
tizimi esa sovetlarning inqirozga yuz tutgan tizimidan keng kulamdagi pedagogik 
tajribalar asosida tubdan o‘zgarayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida 



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin