Jas ayirmashiliq ped psix uzb



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI

I R O D A 
O`smirning o`tish davri, yoshi irodaning o`sish davri bo`lib sanaladi. Bizga ma`lumki iroda, 
ma`lum belgilarga, maqsadga erishishdagi qiyinchiliklarni enga bilishda namoyon bo`ladi. 
O`smirning oldida juda ko`p vazifalar turadi. Bunda o`smir qiyinchiliklarni engishga tayyor 
bo`lsagina ana shu vazifalarni to`la to`kis his qila oladi. Shuning uchun o`smirlarda irodani tarkib 
toptirishda shunday rahbarlik qilish kerakki, o`smir xar qanday maqsadga erishish mumkinligi 
to`g`risidagi ishonchni yo`qotmasligi kerak.O`smir o`z oldiga o`zining kuchi etadigan vazifalarni 
muvoffaqiyatli bajarganligini hamma vaqt qo`llab turish kerak. Irodani tarbiyalashda o`z-o`zini 
tarbiyalash katta rol o`ynaydi, unga extiyoj o`smirlik yoshida paydo bo`ladi. O`smirlar o`z oldiga 
ma`lum talablarni qo`yish mumkin. Ular o`zlariga tanqidiy ko`z bilan qarashga, o`zlari ideal deb 
hisoblagan hislatlarini tarbiyalashga intiladilar. 
Biroq bu hislatlar o`spirinlik davrida bundan ham yaqqolroq namoyon bo`ladi. O`smirlarda 
extiyoj va qiziqishlar o`smirlik yoshining o`rtalarida paydo bo`ladi. Kattalarga taqlid qilish extiyojining 
yo`nalishi oila va maktabdagi tarbiya sharoiti bilan aniqlanadi. Katta bo`lishga intilish bilan bir qatorda. 


43 
O`smirlar tevarak-atrofidagi kishilar, birinchi galda ota-onalari, O`qituvchilari bilan bo`ladigan 
munosabatlarni o`zgartirishga oid kuchli extiyojlarni boshdan kechiradilar. O`smir o`zining jinsiy va 
aqliy imkoniyatlarini anglay boshlaganda, unda katta kishilar bilan bo`ladigan munosabatni o`zgartirish 
extiyojlari vujudga keladi. O`smirda yangi xarakter hislati – mutsaqillik vujudga keladi.O`smirlarning 
mutsaqillikka intilishlariga befarq qarash aslomumkin emas. 
Mutsaqillikning o`sishiga o`qish jarayoni juda katta yordam beradi. Irodaviy xarakter 
xislatlariga sabot, matonat, o`zini yo`kotmaslik, o`zini to`ta bilishlik kiradi. O`smirning o`zini yo`qotib 
qo`yishiga olib keluvchi xollarga yo`l qo`ymaslik kerak. Bunday xollarning takrorlanishi o`smirda 
salbiy odatlar paydo bo`lishiga olib keladi. 

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin