Jas ayirmashiliq ped psix uzb



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI




 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI. 
ReJA: 
1.Yoshlar psixologiyasi faniga kirish, fanning predmeti. 
2.Yosh davrlar psixologiyasi faning printsiplari va tadqikot usullari. 
3.Hozirgi zamon yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy vazifalari. 
Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, 
o`quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug`ilgandan umrining oxirigacha) psixik 
rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi xamda o`zaro munosabati qonuniyatlarini urganishdan 
iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o`ziga xos 
xususiyatlarini,uning xar xil faoliyatini er va ayolning jinsiy tafovvutlarini, shuningdek inson 
shaxsining tarkib topishini ilmiy jixatdan tadq 
iq qiladi. 
Inson ruxiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash uchun, shu soxadagi ma`lumotlarni tuplash 
xam mazkur psixologiyaning mavzu baxsiga kiradi. Bolaning tug`ilishidan voyaga etgunicha xar 
tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng xukukli a`zosi bulgunicha ulgayishi va shaxsining tarkib 
topishi muammolarini bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharxlash yosh davrlari
psixologiyasi soxasining muxim jixatidir. Yosh davrlari psixologiyasi soxasi inson psixikasi faqat 
miqdor jixatidan emas, balki sifat jixatdan xam rivojlanishi, takomillashib borishi va o`zgarishi
xakidagi metodologik koidaga amal qiladi. 
Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik 
xususiyatlari va ularning o`ziga xos omillari me`zonlari xamda mexanizmlari xakidagi fandir. 
Shuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning o`ziga xos xususiyatlarini xam urganadi. Shuning 
uchun ijtimoiy xayotda ta`lim-tarbiyada, gruxlar xamda jamoalarda ,ishlab chikarish va oilaviy
munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi aloxida urin to`tadi. Inson shaxsining tarkib topishi va 
bilish jarayonlarining rivojlanish muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonunlarini xisobga 
olmay okilona xal qilib bumaydi. Shuning uchun xozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga 
aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi- inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari
xamda shu rivojlanishning boskichlari to`g`risidagi fandir.
Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli 
yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o`zaro ta`siri 
xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. 
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish Bilan Amaliy maksadlarni ruyobga
chikaradi. Ta`lim tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. moddiy nematlar ishlab 
chikarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo 
muloqotni to`g`ri yo`naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iklim yaratishga, uzok umr kurish sirlarini
ochishga, oilaviy munosabatlarni mutsaxkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. 
Mazkur psixologiya fanining soxasi 19-asrning boshlarida vujudga kelgan lekin dastlabki ildizi
kadimgi Yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to`g`risida jaxon
psixologiyasi olamida turli karashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda keng tarqalganlari 
biogenetik (V.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevoritsik (e.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) 
nazariyalaridir. Shuningdek metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar xam juda kup.
Ilmiy psixologik adabiyotlar emperik ma`lumotlar yosh davri psixologiyasining mutsakil Fan sifatida



ajralib chiqishiga kator omillar va xolatlar sabab bo`lgan degan xulosaga keldik. quyida ana shularni 
bayon kilamiz. 
1.Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyutsiya goyasining (Ch.Darvin) inson psixikasining
rivojlanish jarayonida urganish zarurligi. 
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti xarakatini psixik 
xususiyatlarini va bolalarning o`sishiga biror bir faoliyatning ta`sirini aniqlash uchun etarli emasligini 
e`tirof etish. 
3.Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug`ilganidan umrining oxirigacha) kamolati uchun 
metodologik va nazariy axamiyatga ega ekanligi tan olingani.
4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar ,maktab o`quvchilari, urta va oliy 
ukuv yurtlari ning talabalari, ishchilar, xodimlar kariyalar xar xil psixologik xususiyatlarga ega 
ekanligi sababli tarbiya, ishlab chikarish ,ijtimoiy taminot muassasalari, etimxonalar, bolalar uyi
koloniyalar 
maxsus 
maktablar, 
internatlar, 
psixonevrologik 
dispanserlar, 
kariyalar 
uylari, 
shifoxonalar,va boshka Lar)ning xodimlarida extiyojlar ortib borayotgani . 
5.Tibbiyot Fani va uning tarmoklari rivojlanishi psixiatriya, psixo-nevralogiya, psixogigiena, 
neyroxirurgiya, sangigiena bolalar va kattalar patalogiyasi, genetika, oliy nerv faoliyati va xokozolar
buyicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya
fanlarining xamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi. 
6.Yuridika psixologiyasi va uning soxalari ijtimoiy xayotimizda sezilarli urin egalayotgani
xamda yoshlar urtasida qonunbuzarlikning ortib boayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal 
psixologiya, penitentsiar yoki axlok tuzatish mexnati psixologiyasi, voyaga etmagan qonunbuzarlar 
muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi). 
7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy siyosiy tus olayotgani va turmushning xar bir jabxasiga 
kiribborishi, shuningdek uz urnini tpayotgani (psixologik konsultatsiyalar maslaxatlar auto va sotsial 
treninglar, ishbilarmonlik uyinlari profesiogramma psixodiagnotsika va xokozolarga talab ortishi). 
8. Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi uzgarishlariga doir, bilimlarga extiyoji 
va talabi ortayotgani (xarbiy, sport, savdo, mexnat, kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya psix`ologiyasiga
aniq materiallar zarurligi. 
9. Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etalogiya vazifalari, millatlararo 
munosabatlarini barqarorlashtirish, insonparvarlik goyalarini turmush tarziga olib kirish
masalalarining dolzarbligi (ekologiya va inson, kiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi etnik 
psixologiya va xokozo) 
10.Moddiy ishlab chikarishni kupaytirish, sanoatda va kishlok xujaligida kishilarning
xakikiy xujayinlik tuygusini uygotish, akliy va jismoniy imkoniyatlarni kidirish, ishlab chikarish 
samaradorligini oshirish, inson-inson inson-texnika, er-inson, inson-iklim, munosabatlarini izchil 
urganish zarurligi. 
11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish
Inok oila yaratish yoshlarni turmushga tayyorlash, uz xoliga kasd qilish xollarini bartaraf
etish, oilada teng xukuklilikni karor toptirish va bolalar tarbiyasini yaxshilish vazifalari. 
12.Inson uzok umr kurishning sirlarini – gerontopsixologik qonuniyatlarni ochi shva targib
qilish davlat muassasalarida psixologik bilimlarlardan uz urnida foydalanish ,uzok umr kurishga 
zamin tayyorlash ,kariyalar pansionatlarida ularning ruxiyatiga mos munosabatda .odilona mulokatda 
bulish kerakligi yosh davri psixologiyasi rivojlantirishni takkoza etmokda. 
Turli yosh xar xild jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi , uzgarishi , vatanimizda 
yashayotgan barcha millat va elatlarning axlokiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta`sir qiladigan



omillar xamda shart-sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish xozir nixoyatda zarur bo`lib 
koldi. 
Yosh davri psixologiyasi fanini urganish xam nazariy, xam Amaliy axamiyatga ega. 
U xam bashka fanlar katorida rivojlandi , bunda eksperimental biologiya va genetika, 
meditsina sotsiologiya kabi fanlarning xizmati katta buldi.Yosh davri va diferintsial psixologiya Fani 
dialektikani printsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga diferintsial psixofiziologiya qonuniyatlariga
psixologlar tuplangan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, uzgarishi 
yuzasidan baxs yuritadi,Ijtimoiy turmushning barcha jabxalaridagi amaliy masalalarni xal qilishda faol 
ishtirok etadi. 
Mazkur Fan soxasi o`zining predmeti xamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy 
printsiplari va koidalariga tayangan xolda belgilaydi. Yosh davri psixologiyasi quyidagi printsiplarga
rioya qiladi. 
1. Dealektik materializm ta`limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan 
materiyaning xususiyati va yoki miyaning maxsulidir.Odatda psixika tashki dunyoning sezgi organlari
orqali insonning miyasiga bevosita ta`sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tassavur, xotira 
tafakkur, nutk xayol kabi bilish jarayonlarida , shuningdek shaxsning xususiyatlari va xolatlarida
diqqati xia-tuygusi va xarakter xislatlarida, kizikishi va extiyojlarida uz ifodasini topadi. 
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashki dunyodan kirib keladigan 
kuzgatuvchilarga ichki yoki tashki biologik organlar javob reaktsiyasini bildiradi. Bosh miya katta 
yarim sharlarida vujudga keladigan muvakkat nerv boglanishlarida vujudga keladigan muvakkat nerv
boglanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari xisoblanadi va ular tashki ta`sirning natijasida
xosil bo`ladi. Bosh miya putslogida vujudga keladigan muvakkat nerv boglanishlari I P Pavlovning 
nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, kontsentratsiyasi xamda o`zaro induktsiyasi qonunlari zamirida ruy 
beradi. Bu kounlar turli yusunda muvakkat boglanishlar, assotsiasiyalar kanday yuz berayotganini, 
kanday shart sharoitda tormzlanishini (kuzgalishni), muvakkat boglanishlarning yukolayotgani yoki 
paydo bulayotganini tushuntirish imkonini beradi. 
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funktsiyasi muvakkat nerv boglanishlarining 
birlanish mexanizmi xamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta`sirida xosil bo`ladi. Yuqoridagi 
ta`limotga kura xar ikala mexanizm xayvonlarning tashki olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning 
uchun psixik faoliyat vokelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashki olamini timsollar sifatida 
ifodalanishdan iboratdir.
3.Psixikani tadkik etish insonning butun ongi faoliyatini - uning xam nazariy xam Amaliy 
xayot faoliyatini urganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli tuman faoliyatida xatti-xarakatlarida 
namoyon bo`ladi. Inson shaxsi xar xil shakl va mazmunga ega bo`lgan nazariy xamda Amaliy 
faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muxit, irsiy belgilar, tarbiya asosiy omillar xisoblanadi. 
Inson o`zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muxit ta`siri 
otsida bilimlarini uzlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan uzgaradi. Ontogenezda uning xis tuygulari, 
xarakteri, kobiliyati, iqtidori, tafakkuri, extiyojlari, e`tikodlari, uni faollikka da`vat kiluvchi xarakat 
motivlari, itsaklari tilaklari, xoxishlari, poxzitsiyasi xam atsa-sekin uzgarib boradi. 
4.Insoning bilish faoliyati rivojlanishi unga o`zini qurshab turgan borliqni yanada 
chuqurroq, to`g`riroq, to`larok va aniqrok aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl 
moxiyatini, turli yusundagi o`zaro boglanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tabora aniqrok 
yoritadi. Shu Bilan birga mazkur jarayonlarnda shakllanib kelayotgan insonning borliqka, vokelikka, 
jismlarga, kishilarga va o`ziga munosabati vujudga keladi. 



5. Inson ongining rivojlanishi uning tashki olamni faol aks ettirishda namoyon bo`ladi. 
Tarixiy materializm ta`limoticha, insoning moddiy turmushi, u xayot kechirayotgan tuzumning moddiy 
asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, 
e`tikodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy vokelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod maxsullari 
va xatti-xarakatlarining majmuasidir. 
6. Insoninng borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Ma`lumki, inson zotining rivojlanishi 
ob`ektiv borliqka va o`ziga faol ta`sir kursatishida sodir bo`ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar 
tashkil qiladigan Amaliy faoliyati, masalan uyini, kuzatishi, mexnati, ukishi, adabiy asarni mutolaa 
qilishi xamda kizikishining barqarorlashuvi, iqtidorning takomillashshi va boshkalar uning psixik 
rivojlanishini ifodalaydi. 
Kuzatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob`ektiv (tashki) va sub`ektiv 
(o`zini-o`zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasida uzgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga 
oshiriladi: 1) kuzatishning maksadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob`ekt tanlanadi; 3) 
sinaluvchining yoshi jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot utkazish vakti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha 
davom etishi kat`iylashtiriladi; 6) kuzatish insoning kaysi faoliyatida amalga oshirilishi tavsiya kilinadi; 
7) kuzatishning shakli (yakka gurux, jamoa Bilan utkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni kayd qilib 
borish vositalari (kundalik, suxbat daftari, kuzatish varakasi, magnitafon, videomagnitafon va boshkalar) 
taxt kilinadi. 
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, xis-tuygulari, nerv sistemasining tashki 
ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulk-atvori, nutk faoliyati va xakaozalari 
urganiladi. 
Suxbat metodi. Bu metod Bilan inson psixikasini urganishda suxbatning maksadi va vazifasi 
belgilanadi, uning bo`ekti va sub`ekti tanlanadi, mavzusi, utkaziladigan vakti aniqlanadi, yakka shaxslar, 
gurux va jamoa Bilan utkazish rejalashtiriladi, urganilayotgan narsa Bilan uzviy boglik savol-javob 
tartibi tayyorlanadi. Suxbatning bosh maksadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni xal qilish 
jarayonida isnon psixikasidagi uzgarishlarni urganishdir. Suxbat orqali turli yoshdagi odamlarning 
tafakkuri, akl-zakovati, xulk-atvori, kizikishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e`tikodi, dunyoqarashi, irodasi 
to`g`risida ma`lumotlar olinadi. 
Faoliyat maxsulini taxili qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, kobiliyati va xayolning 
xususiyatlarini aniqlash maksadida be metod yosh davri psixologiyasida keng qo`llanadi. Bolalar 
chizgan rasmlar, yasagan uyinchoklar, modellar, yozgan she`rlarni taxlil kili shorqali ularning mantikiy
xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy kobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar tuplash 
mumkin. Mazkur metodddan foydalanishda maxsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. 
Ob`ekt Bilan sub`ekt urtasida muloqot urnatish uchun shaxsning psixikasi to`g`risida sirtdan muayyan 
xukm xulosa chikriladi. 
Test metodi. Test- inglizcha So`z bo`lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning akliy 
o`sishini, kobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshka psixik xususiyatlarini tekshirishda qo`llaniladigan 
kiska tsandart masala, topshirik, misol jumboklar test deb ataladi: test ayniqsa odamning kanday kasbni 
egallash mumkinligini, kasbga yarokliligi yoki yaroksizligini, itse`dodlilar va akli zaiflarni aniqlashda, 
kishilarni saralashda keng qo`llaniladi. Test metodining kimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, yigilgan 
psixologik ma`lumotlarning ob`ektivligi va ularni ilmiy taxlil kila bilishga boglikdir. 
1905 yildan, ya`ni frantso`z psixologi A Bine va uning shogirdi A Simon insoning akliy o`sish 
va is`tedod darajalarini ulchash imkoniyatini borligini goyasini olga surganidan keyin psixologiyada tts 
metodi qo`lana boshlandi. 



Xozirgi davrda nodir testlar katoriga psixologlardan Rorshax, Rozentsveyg, Kettil, Varetgg, 
Veksler, Meyli, Ayze, Anatsazi, Raven va boshkalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. 
Tajriba metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlarning psixikasini chuqurroq, aniqrok tadkik 
qilish metodalari ichida eng muxumi xisoblanadi. Eksperement metodi yordamida sun`iy 
tushunchalarning shakllanishi, nutkning o`sishi, favqo`lotda xolatlardan chiqish, muammoli vaziyatni 
xal qilish jarayonlari, shaxsning xis-tuygulari, xarakter iva tipologik xususiyatlari urganiladi. 
Tajriba metodi uz navbatida tabiiy va labaratoriya metodlariga ajaratiladi. Tabiiy metod 
psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo`llaniladi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda. 
A.F,Lazurskiy ta`riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chikarish jamoalari a`zolarining, ilmiy 
muassalar xodimlarining, ukituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik uzgarishlari, o`zaro 
munosabatlari, ish kobiliyatlari, mo`taxasislikka yarokliligi muammolarini xal qilish nazarda tutiladi. 
Labratoriya metodi kupincha individual shaklida sinaluvchilardang yashirmay, maxsus 
psixologik asboblar, yul-yuriklar, tavsiyalar, kursatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Xozir 
inson psixikasidagi uzgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron xisoblash mashinalari, 
kurilmalar, moslama va jixozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, xolatlar, funktsiyalar, 
vujudga kelayotgan Yangi sifatlarni kayd kili shva ulchashda qo`llaniladi. 
Biografiya metodi. Inson psixikasini tadkiki qilish uchun uning xayoti, faoliyati, ijodiyoti 
to`g`risidagi ogzaki va yozma ma`lumotlar muxim axamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai
xoli, kundalgi, xatlari, esdaliklari, uzgalar ijodiga bergan baxolari, tanbexlari, takrizlari aloxida urin 
egallaydi. Shu bilan birga uzgalar tamonidan tuplangan tarjiami xoll xakidagi materiallar: esdaliklar, 
xatlar, rasmlar, tavsiflar, baxolar, magnitafon ovozlari, fotolavxalar, xujjatli fil`mlar, takrizlar 
urganilayotgan shaxsni to`larok tasavvur etishga xizmat qiladi. 
Anketa metodi. Yosh davri psixologiyasida keng qo`llaniladigan metodlardan biridir. Uning 
yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga munosabatlari 
urganiladi. 
Anketa odatda uchta xil to`ziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan motivlarni aniqlashga 
muljallangan savollardan to`ziladi. Ikkkinchi xilida xar bir savolningbir nechtadan tayyor javoblari 
beriladi. Uchunchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar Bilan baxolash tavsiya 
etiladi, anketadan turli yoshdagi odamlarning layokatlarini, muayyan soxaga kizikishlari va 
kobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maksadida 
foydalaniladi.
Sotsiometrik metod. Bu metod kichik gurux a`zolari urtasidagi bevosita emotsional 
munosabatlarni urganish va ularning darajasini ulchashda qo`llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon 
Morenko asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruxdagi xar bir a`zoning o`zaro 
munosabatini aniqlash uchun uning kaysi faoliyatida Kim Bilan birga katnashishi suraladi. Olingan 
ma`lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. 
Yosh davrlar psixologiyasi fani ham psixologiya ilmining boshqa sohalari singari o`zining ilmiy-
tadqiqot metodlariga ega. Psixologik qonuniyatlarni muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar 
tufayligina xolisona aniqlik kiritish mumkin. Psixologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy 
bosqichlarga bo`lish maqsadga muvofiqdir: 

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin