12
ifodalab beradi. Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta`lim faqat rivojlanish tomonidan
erishilgan narsalardan foydalanadi Shuning uchun aqliy jihatdan etilish jarayoniga aralashmaslik, unga
xalaqit bermaslik, balki ta`lim uchun imkoniyat etilguncha chidam bilan passiv kutib turish kerak.
Shveytsariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g`oyalar bilan yo`g`rilgandir.
J.Piajening fikricha, bolaning aqliy usishi o`zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat
jihatdan o`ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o`tadi. Ta`lim - bu aqliy etilish jarayonini faqat
bir qadar tezlatishga yoki syokinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan etilish jarayoniga hech
qanday jiddiy ta`sir ko`rsata olmaydi. Demak, ta`lim rivojlanish qonunlariga buysunishi kerak. Masalan,
bolada mantiqiy tafakkur etilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o`rgatish foydasizdir. Ta`limning
turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib etiladigan muayyan yoshidan qat`iy
nazar bog`liqligi ana shundan kelib chiqadi.
Ta`kidlash joizki, ta`lim etakchi rol`ni bajaradi, ta`lim va rivojlanish esa o`zaro bir-biriga bog`liqdir;
ular alohida sodir bo`ladigan ikki jarayon bo`lmay, balki bir butun jarayondir Ta`limsiz to`la aqliy
rivojlanish bo`lishi mumkin emas. Ta`lim rivojlanishga turtki bo`ladi, rivojlanishni o`z ortidan
ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug`ilganda ta`lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va
tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin bo`ladi, lekin, ta`lim rivojlanishga turtki bo`lish bilan bir vaqtda
o`zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini, rivojlanishning ichki
qoidalarini albatta, inobatga oladi. Ta`limining imkoniyatlari juda keng bo`lsa-da, biroq cheksiz emas.
Yirik rus psixologi L.S.Vigotskiy ta`lim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon nuqtai-
nazaridan yondashib, bilimlarni o`zlashtirish insoniyatning tarixi taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda
ishtirok etish jarayonidir, deb ta`kidlaydi. U olga surgan psixik funktsiyalar taraqqiyotining madaniy-
tarixiy nazariyasiga ko`ra, psixik faoliyat taraqqiyot uning
“tabiiy” shaklini bevosita qayta qurgan holda,
turli alomatlar bilan avval tashqi, so`ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, “madaniy” shaklini egallash
tushuniladi,
Shu munosabat bilan L.S.Vigotskiyning psixologiyaga kiritgan
“psixik taraqqiyotning eng yaqin
zonasi” tushunchasi muxim ahamiyat kasb etadi. Buning asl mohiyati, bolaning mustaqil faoliyat
kattalar bilan hamkorlikda, uning rahbarligida amalga oshiriladi. L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan
“psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi” tushunchasi “ta`lim taraqqiyotdan oldinda boradi” degan
umumiy qoidaning yaqqol mazmunini tushunish uchun imkoniyat yaratadi,
E.Torndayk va J.Piajening ta`lim bilan taraqqietni ayni bir narsa deb tushuntirishiga qaramay
L.S.Vigotskiy:
“.Bola taraqqiyotinn hech mahal maktab ta`limidan tashqaridagi soya deb hisoblash
Dostları ilə paylaş: