portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI
- ikkinchisi - odamga o`zoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta`lim tarbiyaning
ta`siri;
- uchinchisi - odamga tug`ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta`siridir.
Ma`lumki, har bir odam o`ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muxitda, aniq
ijtimoiy munosabatlarda, ya`ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg`ayadi, shakllanadi.
Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a`zosi sifatida, ma`lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy
guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, tashkil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo`lgan
muayyan jamoalarning faol a`zosi sifatida qatnashadi.
Shaxsning mohiyati o`z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik
xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlaiish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda,
jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog`liqlikda bo`lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana
shu ma`noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani
egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari,
xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e`tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.
Muhit, ma`lum maqsadga qaratilgan ta`lim va tarbiya, azaldan berilgan, genotik jihatdan qat`iy
belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo`lib qolmay, balki inson psixik
xususiyatlarini tarkib toptiradi.
Bu borada, birinchidan, odam muhit ta`siri ostidagi passiv ob`ekt bo`lmay, balki faol mavjudotdir,
Shu bois hayot sharoiti, tashqi ta`sir inson psixikasini belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo`lgan
o`zaro ta`siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilanadi. Shu sababli muhitning ta`siri haqida
emas, balki odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan faol o`zaro ta`siri haqida gapirish maqsadga
muvofiqdir.