Jas ayirmashiliq ped psix uzb



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI

 
 
Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar
1.Bog`cha yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlari. 
2.Bog`cha davrida bola shaxsishntg rivojlanishi shart-sharoitlari. 
3.Bog`cha yoshidagi bola faoliyatining psixologik xususiyatlari. 
4.Bog`cha yoshdagi bolada xulq motivlarining rivojlanishi va o`ziga baho berishi shakllanishi. 
5.Bog`cha yopshdagi bolada bilish jarayonining rivojlanishi. 
6. Bog`cha yoshdagi bolaning maktabdagi ta`limga psixologik tayyorgaligi.


28 
KIChIK MAKTAB YoShI DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARI 
ReJA: 
1. Kichik maktab yoshi davri haqida umumiy tushuncha. 
2. Kichik maktab yoshi davrida o`quvchilarda bilish jarayonlarining rivojlanishi. 
3. Kichik maktab yoshi o`quvchilarining jismoniy taraqqiyoti. 
4. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi. 
5. Bolanint maktabga psixologik tayyorgarligi. 
Kichik yoshdagi o`quvchilarning 7-8 yoshdan 10-11 yoshgacha bo`lgan bolalar bo`lib,ular 
boshlang`ich sinf o`quvchilari hisoblanadi.Bu yillarda bolaning hayoti va faoliyatida muhim 
o`zgarishlar yuz beradi.Binobarin,ularning psixikasida ham sezilarli darajada o`zgarishlar 
bo`ladi.Bolaning maktabga kirishi uning hayotida burilish chog`idir.Bola maktabga kirib o`qiy 
boshlashi bilanoq.uning hayotida asosisy faoliyat o`qish bo`lib qoladi.O`qish o`quvchining
vazifasi,ijtimoiy burchidir.O`qituvchi bilan birinchi uchrashuvdayoqbolalar ko`p narsalarni eshitadi va 
maktabdagi o`qish haqida ko`p narsalarni bilib oladi va o`qishning nimaligini anglay 
boshlaydi.Maktabda bola sistemali ravishda yangiliklar oladi.Bu o`quvchining kundan-kunga orttirib 
borayotgan,xilma-xil mazmundagi bilimlarning manbaidir.Bolaning bilimlarni sistemali ravishda
o`zlashtirib borishi natijasida undagi bilimning doirasi ham kengayib boradi,aqliy jarayonlar 
rivojlanadi,shu bilan bir qatorda,bolaning emotsional va irodaviy xususiyatlari qayta tarkib 
topib,rivojlana boshlaydi, Maktabdagi talim jarayonining o`zi bolaninig sezgi, idrok, tafakkur, nutq va 
diqqatlariga yangi talablar qo`yadi. Maktabdagi o`qish, tashkiliy muayyan maqsadga qaratilgan ancha 
ixtiyoriy protsesslar talab qiladi.Ko`rish sezgisi bilan idrok maktab ta`limida katta o`rin egallaydi.Gap 
shundaki, odam tashqi dunyodan keladigan axborotning asrsiy qismini ko`rish retseptori faoliyati 
orqali oladi. Ya`ni ko`rish retseptori orqali olinadigan axborot hamisha boshqa retsnptorlardan
keladigan axborotning 8O % ga to`g`ri keladi. O`quvchilarga dars paytida o`z diqqat e`tiborini
uzoqdagi predmetlarga doimiy ravishda ko`chirib turishga to`g`ri keladi. 
Masalan:o`quvchi diqqatini doskadan o`qituvchining oldidagi tsolga,so`ngra o`zi oldidagi
daftarga ko`chiradi.Bu jaorayon aksincha ham bo`lishi mumkin.Bu faoliyatda har ikkala ko`zni 
to`xtovsiz ravishda moslashtirish zararuriyati tug`iladi.Bola ko`zini akkomadatsiya qobiliyati o`sa 
boradi.Akkomadatsiyaning eng yuqori diopozoni 10 yoshli sh bolalardagina kuzatiladi. 
Mashg`ulot jarayonida bolada gox uzoqqa,gox yaqinga qarashga extiyoj bo`ladi.Har ikkala 
ko`zning simmetrik xolati ham sezilarli darajada boshlang`ich ta`limida takomillashadi.O`qish 
faoliyatining boshlarida o`quvchilarning toliqishlari yuqorida ko`zsatilgan ko`rish sezgi jarayonida 
akkomadatsiya va konvergentsiya aloqasi to`la garmoniyaga ega bo`lgan xolda takomillashadi,toliqish 
zaiflashadi.Kichik maktab o`quvchilari ranglarni va rang tuslarni seza boshlaydilar.e.I.Ignatevning 
tekshirishlari shuni ko`rsatadiki,asosiy rang tomonlarining tusini ajratish murakkab ishdir.Shuning 
uchun bolalarni bunga o`rgatish kerak.1-sinf o`quvchilari qizil rangning o`rta hisobda 3 ta tusini,sariq 
rangning 2ta tusini ajrata oladi.Yashil va ko`k ranglarni butunlay ajrata olmaydilar.1-inf 
o`quvchilari,ayniqsa qizlar asosa eng ko`p uchraydigan qizil,sariq, yashil va ko`k ranglardan iborat 4 
ta rangni yaxshi ajratadilar. 
Agar bolalar rangning tuslarini ajratishga maxsus o`rgatilsa,ularda ranglarni farqlay olish
xususiyati ancha o`sib boradi. 
Masalan bu sohada 20 ta eksperimental mashg`ulot o`tkazilganda, bolalar eng och ranggacha
bo`lgan ip kalavasini ajratganlar.Ana shundan keyin ular o`rta hisob bilan 12 ta qizil, 10 ta sariq,6 ta 


29 
yashil,4 ta ko`k ranglarni bir-biridan farq qila olganlar.Kichik maktab yoshi fonematik eshitish,ya`ni 
nuttsqning,eshitishning rivojlapnishi va takomillashuvi davridir.O`qish mashg`ulotlari va yozma 
mashqlar o`quvchilarda fonematik eshitishning ancha nozik xususiyatining paydo byuo`lishiga
yordam beradi. 
Diqqat 
o`qish 
jarayonining 
zarur 
sharti 
bo`lib 
hisoblanadi.Idrokning 
to`laligi,to`g`riligi,tezligi,esda qoldirishning tez va aniqligining diqqatiga bog`liqdir.Fikrlash 
jarayonlari diqqat tufayli aniq,mantiqli, mazmunli bo`ladi.Chunki,o`quvchilarning mutstsaqil ravishda
masala echishlari va masala tushunishdan oldin ular diqqatning kuchi va barqarorligini 
ta`minlaydi.O`quvchilarning aqliy faoliyatining zarur shartlarini ta`minlash uchun o`qituvchi kichik 
yoshdagi o`quvchilar diqqatining xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak.Diqqat asosiy nerv jarayonlari 
bo`lgan qo`zg`alish va tormozlanishning yoki xususiyatlari to`laligicha namoyon bo`ladigan psixik 
aktivligining muhim tomonidir.Qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari kitchik yoshdagi 
o`quvchilarining bosh miya yarim sharlari po`tsida juda tez paydo bo`ladi.Shu sababli agar bir 
qo`zg`aluvchi bolaning miya qobig`ida qo`zg`alishni vujudga keltirsa,2 qo`zg`ovchi bosh miyada juda 
tezlik bilan yangi qo`zg`alish o`chog`ini tormozlab qo`yishi mumkin.Bu kichik yoshdagi bolaning 
diqqatini jud atez va oson chalg`itish mumkinligini ko`rsatadi.O`quvchilar diqqatining bu xususiyatining
ularning o`qish materiallarini o`zlashtirishlariga xalaqit beradi.Shu sababli o`qituvchi bola diqqatini 
bunday xususiyatlarini doimo esda tutgan xolda,darsning uning bir momenti bilan ikkinchisin 
bog`lab,utsalik bilan o`tkazishi va bu momentlarning bir-birini tormozlab qo`ymasligi uchun darsning 
har bir bosqichini yaxshilab o`ylab ko`rishi kerak.O`qish faoliyati tomonidan qo`yilgan jiddiy 
talablarning bir qismi tabiiy o`quvchilarning diqqatini ishga soladi.O`qish jarayonining ta`siri otsida 
kichik yoshdagi o`quvchilar diqqatining barcha xususiyati va sinflari intensiv ravishda o`sib boradi va 
bu bilan ixtiyorsiz diqqatidan ixtiyoriy diqqatga ko`chsh osonlashadi. 
Kichichk yoshdagi bolalarda emotsiyalik kuchli bo`lib,diqqatga ham o`z ta`sirini 
o`tkazadi.Agar o`qish materiali o`zining yorqinligi,obrazliligi va jonliligi bilan ajralib tursa,diqqat 
bilan ancha kuchli namoyon bo`ladi.Bu yoshdagi o`quvchildar diqqatning darsga jalb qilishning eng 
muhim sharti o`qitishni ko`rgazmali qilish,illyutsratsiyalardan foydalanish hamda o`qituvchi nutqinig 
yorqin,obrazli bo`lishidir.emotsionallik bir tomondan bola tafakkurining ham tanqidiy xarakteriga ega 
emasligi 
bo`lsa,ikkinchi 
tomondan 
tafakkur 
taraqqiyotining 
xali 
uncha 
yuqori 
darajada 
emasligidir.Bularning hammasi kichik yoshdagi o`quvchilarda tashqi diqqatning namoyon bo`lishiga 
sabab bo`ladi.Shuning uchun o`qish materialini idrok etishda diqqatning o`zlashtirilishi lozim bo`lgan 
materialining muhim tomonlariga emas,ikkinchi darajali tomonlariga qaratiladi. 
Kichik yoshdagi o`quvchilarda ixtiyorsitz diqqat yuqori turadi.Lekin,maktabda o`qish birinchi 
yiliyoq o`quvchilarda ixtiyoriy diqqatning vujudga kela boshlashiga kuchli ta`sir ko`rsatadi.Diqqatning 
bu turi B.T.Annoevning yozishicha,»… katta odamlar bilan bolalarning birgalika faoliyati va 
tarbiyaning maxsuli bo`lib hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatning yanada yaxshiroq o`sishi maktab yoshidagi 
bolalarda idrok va tafakkurning tarbiyalanishga bog`liqdir». Kichik yoshdagi o`quvchilarning ihtiyoriy 
diqqati to`g`risidagi masala bilin K.D.Ushenskiy ko`p shuqullangan. U ba`zi pedagoglarning, kichik 
yoshdagi o`quvchilarda ihtiyorsiz diqqatning afzalligiga tayangan holda maktabdagi barcha o`qish 
jarayonining faqat qiziqarli va maroqli qilib tashkil etish kerak degan fikrlarga qo`shilmagan. 
O`qish 
faoliyatining 
birinchi 
davrlarida 
o`quvchilarning 
ixtiyoriy 
diqqatibutunlay 
o`qituvchining hukumronligida bo`ladi. O`quvchilarning darsdagi diqqatini 1-sinf o`quvchilarining 
o`zlari emas, balki o`qituvchining o`zi tashkil qiladi va yo`lga soladi. Masalan, darsda kichik yoshdagi 
o`quvchi o`z diqqatini tarqoqligini enganligini uchun emas, balki o`zi itoat etishga majbur bo`lgan, 


30 
o`qituvchining ta`siri otsida quloqsolib o`tiradi. Muayyan maqsadga qaratilgan barqaror diqqat bolalarda 
ham uncha rivojlanmagan tarmoqlanish jarayoni bilin bag`langandir. 
Ma`lumki, idrok ham bilim manbaidir. Idrok murakkab aqliy jarayondir. Idrokda retseptiv, 
pertseptiv va appertseptiv tamonlarni ajratish mumkin. Kichik yoshdagi o`quvchilarda idrakning o`sishi 
yuqorida ko`rsatilgan retseptiv, pertseptiv va appertseptivdan iborat barcha tamonlarini qayta to`zilishi 
va o`sishi demakdir. 
O`quvchilar predmetlarni, ularning tasvirini va nutqini idrok qiladilar. Bolalar predmetlarni 
idrok qilishi hususiyati ularni batafsil aniq aks ettirishlari bilin harakterlanadi. Bular diqqatning 
hususiyati bilan tushuntiriladi. O`quvchilar diqqati asosan tashqi diqqat harakterida bo`lib, ichki diqqat 
ularda hali taraqqiy etmagandir. Shuning uchun yaxshi tanlangan ko`rgazmali qurol kichik yoshdagi 
o`quvchilarni o`qitishda foydalidir. Kichik maktab o`quvchilariga ta`lim berishda biror ko`rinishni, biror 
predmetni aks ettiruvchi rasmlar va boshqa ko`rgazmali qurollar katta ahamiyatga egadir. 
quyi sinf o`quvchilarning ukish protsessida materialni so`zma-so`z esga tusharishlari 
xam katta urin egallaydi. Bunday esga tushirish yangi programma asosida qayta kurilgan yangi maktab 
xayotida xam zarur urin olmokda. 
O`quvchilarga yangidan-yangi bilimlarini berilishi ular nutkining lugat jixatdan tobora 
o`sib borishni takoza kilayotganidan dalolot beradi. Kichik yoshdagi o`quvchilar xotirasining o`sishida 
ikkta asosiy xarakterli momentlar borligini aytib utish zarur. O`quvchilar kupincha ukuv materialini 
zarur narsa tarikasida esda koldirishga va esga tushurishga xarakat qiladilar. Ular bilim olishning 
zaruriyatini tushunadilar, darsga tayyorlanadilar, bir-biriga savol beradilar. Uzlarining dasrdagi
javoblarining sifatiga e`tibor beradilar. Javoblariga beriladigan baxolarga diqqat bilan qo`lok 
soladilar. 
Kichik yoshdagi o`quvchilar xotirasining o`sishida ikkinchi xususiyat o`quvchilarda 
abtsrak tafakkurning o`sishi munosabati bilan boglik bo`lgan katta uzgarishlardan iborat. 


31 

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin