Jas ayirmashiliq ped psix uzb


Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI

Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar: 
1.Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning o`ziga xos psixologik xususiyatlari. 
2. Maktabga ijtimoiy-psixologik moslashuv yullari 
3. Bolalar intelektual rivojlanishda kichik maktab ahamiyati. 
4. O`quv jarayoni davomida yuzaga keladigan muammolar; 
5. Kichik maktab davridagi bolalar shaxsi rivojida yuzaga keladigan yangilanishlar. 


38 
O`SMIRLAR DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARI 
ReJA: 
1. O`smirlik davri haqida tushuncha. 
2. O`smirlarning anatomik fiziologik xususiyatlari. 
3. O`smirlarniig intelektual rivojlanishi. 
4. O`smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari. 
5. O`smirlarning emotsional xayoti. 
6. O`smirlar shaxsining tarkib topishi.
O`qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o`smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik 
nuqtai nazaridan ham pedagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz yana o`tish davri ham 
deb ataymiz. O`smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o`z ichiga qamrab oladi, ya`ni 5-8 sinf 
o`quvchilarini. 
O`smir o`quvchilarni ta`lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu 
yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba`zan etarli darajada bilmaslikdan yoki inkor 
qilishdan kelib chiqadi. 
Kichik va katta yoshdagi maktab o`quvchilariga qaraganda o`smirlik yoshidagi bolalarni 
tarbiyalashda juda ko`p qiyinchiliklar bo`ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni 
juda kiyin kechadi. Bu jarayon o`smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo`lgan munosabat 
formalarining jiddiy ravishda o`zgarishi, hamda hayot sharoitining o`zgarishi bilan bog`liqdir.
Bu davrda o`smirlarning o`z shaxsiy fikrlari paydo bo`ladi. Ularda o`z qadr-qimmatlari 
haqidagi tushuncha kengayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo`yicha o`smirlarningpsixik 
taraqqiyotini xarakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug`iladigan extiyojlar bilan bu 
extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni yuzaga kelishi va bartaraf 
qilinishidan iboratdir. 
Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi 
faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik hususiyatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf 
qilishdan iboratdar.Shundan keyin psixik taraqqiyotning yuksakroq bosqichiga o`tiladi.sana shu nuqtai 
nazardan o`smirlik yoshini yanada oydinroq qarab chiqaylik. Bola boshlang`ich sinfni tugatadi. 
Bolaning o`rta maktabda o`qishga o`tishi uning hayotida burilish davri hisoblanadi.O`smirlarning yangi 
ijtimoiy jixatdan tashkil topgan va rang-baranglantirilgan faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning 
tarkib topishiga asos, sharoit va vosita xizmat qiladi. 
Shunday qilib, o`smirlarga ta`lim-tarbiya berishning yangi to`g`ri usullari hamda vositalarni 
topishi uchun o`smirlik yoshining o`ziga xos hususiyatlarini jismoniy va psixologik taraqqiyotini yaxshi 
bilishimiz kerak. O`smirlik yoshining mazmuniy xarakteritsikasi vaqt o`tishi bilan o`zgarib boradi, 
chunki inson xayotining xususan ijtimoiy sharoitlari o`zgaradi. 
Psixologiya taraqqiyotining biologik omillariga o`smirlar ongiga og`ir, ba`zan kuchi 
etmaydigan bo`lib tushadigan, ularni jiddiy psixik inqirozga va hayajonga soladigan, masalan:
o`smirlar uchun xarakterli bo`lgan norozilik, qo`pollik, qaysarlik, o`z-o`zini analiz qilishga moyillik 
sub`ektiv olamga va shunga o`xshash hislatlarni keltiradigan jinsiy etilishga nixoyatda katta axamiyat 
beradilar.
Jinsiy etilish munosabati bilan paydo bo`ladigan yangi sezgilar fikrlar,maylliklar,kechinmalar 
guyo usmirlar ongida xukmron bo`ladi.Ularning xulki atvorini belgilaydi.Mana shu tarika oqibat 
natijada o`smirlarning psixologik qiyofalari asosan yolg`iz sof biologik omil deb qaraladi. 


39 
Psixologlarning fikricha yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg`iz biologik jihatidan 
etilishi va taraqqiyot etilishining natijasi bo`lmay balki bolaning ijtimoiy hayot sharoitlari va 
faoliyatlarining o`zgarishi hamda bu jihatdan yangi ijtimoiy omillarning paydo bo`lishi natijasida 
o`smirning taraqqiyotiga va unga beriladigan maktabdagi ta`lim va tarbiya berishni aniq tashkil qilish
o`smirlarning konkret hayot sharoitlari va faoliyatning mahsuli deb qarab bo`lmaydi. 
Boshqacha qilib aytganda ijtimoiy sharoitlar rolini konkret hayot sharoitlari va 
faoliyatlarining roliga almashtirib bo`lmaydi.Mana shu yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish 
mumkinki,o`smirning yoshi va uning hususiyatlari absolyut ahamiyatli kasb etmaydi shu munosabat 
bilan o`smirlik yoshi mutloqo aniq ma`lum va absolyut chegara hamda xarakteritsikaga ega emas bu 
erda ancha muhim bo`lgan ma`lum fikrlar bor. 
Bu farqlarni konkret ijtimoiy omillarning ta`siri bilan va o`smirlarga beriladigan turli ta`lim 
va tarbiya sharoitlarining ta`siri bilan tushuntirish mumkin.Taraqqiyotning asosiy yo`nalishi bolaning 
o`smirlik davridagi taraqqiyotining asosiy xarakteritsikasini ajratish mumkin.O`smirlik davri 
organizmning jo`shqin o`sish davridir. Bu davrda tananing intensiv ravishda rivojlanishi yuzaga 
keladi,Musqo`l apparatlari mutsahkamlanadi va skeletning suyaklanish jarayoni davom etadi. 
Bu davrda yurak qon tomirlari sitsemasining taraqqiyotida mos kelmaslik hodisasi 
kuchlaniladi. Bu paytda yurak xajmi jihatidan ancha kattalashadi,ancha kuchli ishlay boshlaydi. 
Ko`pincha qon aylanishining vaqtincha bo`zilishida qok bosimining yoshga bog`liq xolda 
ko`tarilishiga,yurak faoliyatining zo`r berilishiga olib keladi. Natijada o`smirlarda uchraydigan bosh 
aylanishi, yurak urishi, bosh og`rig`i paydo bo`ladi. 
O`smirlarning yoshi ham jismoniy psixik hususiyatga egadir,organizm Pavlov ta`limotiga 
ko`ra,bir butun sitsemadan iborat bo`lib,bunda barcha to`qimalar va organlar fiziologik jarayonlar 
uzviy ravishda bir-biri bilan bog`langan bo`ladi. 
Lekin bir butunlikda nerv sitemasi va uning bilan bog`langan yuqori qismi I.P.Pavlov so`zi 
bilan aytganda organizmda sodir bo`ladigan barcha hodisalarni boshqarib turuvchi bosh miya po`tsi 
asosiy etakchi rolni o`ynaydi.O`smirlik yoshida nerv sitsemasining yuqori qismi sifat jihatidan o`sa 
boshlaydi va miya ichki to`zilishining murakkablashishga o`tadi. 
Katta yarim sharda nerv xujayralarning etishi tugallanadi.O`smir organizmining jismoniy 
taraqqiyoti uning organlari va to`qimalarining rivojlanishi bosh miya po`tsining boshqaruvchanlik roli 
otsida amalga oshadi,ammo o`sib borayotgan to`qimalar va organlar o`z navbatida nerv sitsmasining 
o`sishiga ta`sir ko`rsatadi.O`smirlik yoshida o`pkaning xajmi kattalashadi nafas olish ancha miqdorda 
tezlashgan va sayoz bladi.O`smirlik yoshida bola qancha toza havoda yursa shuncha foydalidir. 
Bu davrda ichki sekretsiya bezlarining qayta qurishiga bog`liq bo`lgan jinsiy etilish 
davridir.Bu bezlarning etilishi kishi organizm faoliyatida xizmati juda kattadir.O`smirlik yoshining 
xarakterli xususiyatlaridan biri jinsiy etilish jarayonidir. 
Jinsiy etilishning boshlanishi ko`p jihatdan iqlimga va milliy epiografik omillarga va shuning
bilan birga individual xususiyatlarga bog`liqdir. 
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki jinsiy etilishning boshlanish davri o`g`il bolalarda 12-13 
yoshda,qiz bolalarda 11-12 yoshda boshlanadi.Ko`pchilik o`g`il bolalar hozirgi vaqtda jinsiy etilish 15-
16 yoshda,qiz bolalarda 13-14 yoshlarda kuzatiladi. 
O`qituvchilar sinf rahbarlari datsavval shkni chuqur anglashlari lozimki,jinsiy etilish 
organizmning jismoniy taraqqiyotiga ta`sir qilishdan ularning psixik rivojlanishiga ham katta ta`sir 
kursatadi.O`smirlarda jinsiy etilish bilan birga shu paytgacha ularga noma`lum bo`lgan qandaydir 
xislar,kechinmalar qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish noma`lum mazmundagi kitoblarga 
qiziqishlarning paydo bulishi tabiiydir. 


40 
O`smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so`z boyligini oshishi hisobiga bo`lsa, ikkinchi 
tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga 
bo`ladi. Bu dovrda o`smir til yordamida atrof-borliqni aks zttirilishi bilan bir qatorda nnson 
dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlandi Aynan usmirlik davridan boshlab, 
iison aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi o`smirni 
ko`pincha muomalada so`zlarni ishlatish qoidllari - “qanday qilib to`g`ri yozish kerak?”, “qanday qilib 
yaxshiroq aytish mumkni?” kabi savollar juda qiziqtiradi. o`smirlar maktabdaga o`qituvchilar. kattalar 
sta-onalar nutqidagi kamchiliklarga kitob, gazeta radio va telividenie diktorlari xatolariga tez e`tibor 
beradilar. Bu holat o`smirning bir tomondan o`z nutqini nazorat qilish urgatsa, ikkinchi tomondai 
kattalar ham nutk, qoidalari bo`zilishi mumkinligini bilishlariga va o`zida mavjud xatoliklarni 
birmuncha barham toptirishlariga olib ksladi. 
O`smir so`zlarning kelib chiqish tarixga, ularniig aniq mazmuni va mohiyatiga juda qieiqadi. U endi 
o`z mutqida yosh bola singari emas, bolki katta oddmlardan so`zlarni tanlashga harakat qiladi. Nutq 
madaniyatnii egallash borasida o`smir uchui o`qituvchi, albatta, namuna bo`lishi shartdir. Aynon maktvb 
ta`limi o`smir bilshi jarayonlarini rivojlanish yo`nalishinn sifat jihatidan o`zgarishdi asosiy omil bo`lib 
xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq ham oshadi, ham yozma mavjud bo`lishi bilan 
ham kuchli vosita xisoblamadi. Maktabdagi O`quv Jarayonlarining to`g`ri tashkil etiliishi va amalga 
oshirilishi bilan o`smir nutqining to`g`ri rivjlanishiga sharoit yaratiladi Nutqni o`zlashtirishga harakat bu
o`smirniig muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishi ehtiyoj va intilish hisoblanadi. 
O`smirlik davrida o`qish va yozma monologik nutq jadal rivojlanadi. 5 sinfdan boshlab to 9-sinfgacha 
o`kish to`g`ri, tez va ifodali bo`lish darajasidan, yoddan ifodoli, ta`sirli aytib bera olish darajasigacha 
ko`tariladn. Monilogik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so`zlab berishdan, mustaqil ravishda 
nutq va chiqishlar tayyorlash, ogzaki mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularii asoslab berishgacha 
o`zgaradi. Yozma nutq ham yaxishlangan holda o`smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo`yicha 
mustaqil holda insho yoza oladilar, O`smirlarning nutqi tula tafakkur bilan bog`liq holatida amalga 
oishriladi. 5-6 sinflardagi o`quvchilar ogzaxi va yoama matn uchun reja to`zib, unga omal qila oladalar. 
O`smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo`la boshlaydi. Chunki bu davrdagi 
o`quvchilar atrof-olamdagi boglanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu 
davrda o`smirning bilishga bo`lgan qiziqishida progress sodir bo`ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning 
egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta`sirida isbot, dalilar bilan fikrlash 
qobilyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyat paydo bo`ladi. 
Maktabda o`kitiladigan fanlar usmir uchun o`z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun 
sharoit bo`lib xizmat kiladi J.Piajening ta`kidlashicha, “Ijtimoiy xayot uch narsaning ta`siri - til, 
mazmun, koidalar asosida shakllantiriladi”. Bu borada o`zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o`z-o`zidan 
tafakkurini yangi imkoniyatlarini yaratadi. 
11-12 yoshdan boshlab o`smir endi mantikiy fikrlab xarakat kila boshlaydi O`smir bu yoshda xuddi 
kattalar singari keng kamrovai taxlil etishni urgana boshlaydi. O`smir tafakkurning nazariy 
darajaga kanchalik tez ko`tarila olishi, o`kuv materiallarini tez va chukur egallashi uning intellektini 
xam rivojlanishini belgilab beradi. O`smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan
farklanadi. Bu faollik o`ta kizikuvchanlik xamda atrofdagilarga o`z layokatlarini namoyish 
etish, shuningdek, ulardli yuqori baxo olish extiejining mavjudligi bilan belgilanadi usmirning 
kattalarga beradigan savolllri mazmunli, muloxazali va aynan o`sha masala doirasida bo`ladi. Bu
yoshdagi bolalar turli-farazlarni keltira oladilar taxminiy fikr yuritib, tadkikot utkaza oladilar
xamda matlum bir masala buyicha mukobil variantlarni takkoslay oladilar. O`smir
tafakkur ko`pincha umumlashtirishga moyil bo`ladi. Respublikamizning bozor iktisodi sharoitida


41 
utishda kishilardagi amaliy tafakkurning axamiyati oshmokda. Amaliy tafakkur tizimiga
kuyidagi akliy sifatlar qiradi: 
- tadbirkorlik. tejamkorlik, xisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez echa olishlik va 
boshkalar. 
Kursatilgan barcha sifatlar mavjud bo`lgan takdirdagina amaliy tafakkurini rivojlangan deb xisoblash 
mumkin. Bu sifatlarni 1 sinfdanok rivojlantira borish nixoyatda muxim usmirlik davrida ishbilarmonlik
sifatini o`kuvchilarning o`z-o`zini boshqarishni yulga kuyishi umumiy foydali tadbirkorlik
ishlarida ishtirok etishi arqali rivojlantirish mumkin. Bu borada ukuvchi ijrochi rol`ida emas balki
boshkaruvchi, mustakil yul tanlovchi va| tadbirkorlik munosabatlarida o`zi ishtirokchi bo`lgan 
takdirdagi rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda tadbirkorlikni rivolantirishda ko`prok 
mustakillikning berilishi usmir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. usmir yoshdagi 
bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aklning boshka sifatlariga nisbatan osonrok kechadi,
buni kuprok ularning kiziktiradigan narsalarga mustakil ravishda xisob-kitob qilib borishga kullash 
orkali amalga oshirish mumkin usmirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ xolda
echish malakasini shakllatirish birmuncha qiyinrok kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga 
xam boglab. Barcha usmirlarni xam tez yullab, tez xarakat qilishga urgatish mushkul, lyokin ularni biror 
muammo yuzaga kelishi bilan orkaga chyokinmay, zudlik bilan echishning umumiy koidalariga 
o`rgatib borish mumkin. Usmirlik davrida entellektning yuqori darajada rivojlangan bo`lishi kimmatli va 
obruli xisoblanadi O`smir shaxsida va uning bilishga kizikishidagi o`zgarishlar o`zaro boglik bo`ladi. 
Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi o`smirdagi shakllanib kelayotgan shaxs mustakilligiga 
tayanadi, o`zining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkuriy 
rivojlanishi bilan belgalanadi. 
O`smirlik davrida diqqat, xotira, tasavvur to`la mustakillik kasb etib, endi ularni o`z ifodasiga ko`ra 
boshkara oladigan bo`ladi. Bu davrda kaysi etakchi funktsiya (dikkvti, xotirami yoki t`savvur ustunlik 
kilayotgani yakkol namoyon bo`lib, Xar bir o`smir o`zi uchun axamiyatlirok bo`lgan funktsiyani 
e`tiborga olish imkoniyatiga ega bo`ladi, O`shbu funktsiyalarning rivojlanish xususiyatlarini kurib 
chikamiz. 
Diqqat:Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik kilsa, o`smirlik davrida bola o`z diqqatini 
o`zi boshkara oladi. Dars davamida intizomning bo`zilishi aksariyat xollarda ukuvchilar diqqatsizligidan 
emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. O`smir o`z diqqatini to`la ravishda o`zi uchun axamiyatli 
bo`lgan va yuqori natajalarga erishishi mumkin bo`lgan faoliyatlarga karata oladi. Usmirni diqqati 
yaxshi boshkariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo`lishi mumkin. Bolaning 
rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o`kituvchi tomonidan doimo ko`llab-kuvvatlanishi juda zarurdir. 
Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtayoriy diqqat darajasiga ko`tgarish uchun bir kancha uslublar 
ishlab chikilgan, shuningdek, o`smirning dars jarayonida o`z tengdoshlari orasida o`zini ko`rsatashi 
uchun sharoitni yaratilishi xam usmirdagi diqqatni ixtiyorsizlak ixtayoriga aylanishida zamin bo`lib 
xizmat qilishi mumkin. Lekin, o`smirlik davrida juda kattik charchash xolatlari xam bo`ladi, Aynan 13-
14 xamda 16 yoshlarda charchash chiziga keskin ko`tariladi. Bunday xolatlarda o`smir atrofdagi narsa 
va vokealarga to`lik diqqatini karata olmaydi, diqqatini ko`rnishlariga usmirlik erishish va yo`kotish 
bo`yicha tula karama-karshi bo`lgan davr xisoblanadi.

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin