Jas ayirmashiliq ped psix uzb



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI

- uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyaning shakllanishi bilan xarakterlanadi. 
Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qat`iylasha boradi. Axloqiy tushunchalar 
manbai sifatida, ularning ta`lim-tarbiyasi bilan shugullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham 
bo`lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, ko`zatish, gaqlid qilish jarayonida, shuningdek, 


34 
kattalarning ayniqsa, onalarning maqtovi va tanqidlari ta`sirida o`tadi va mustahkamlanadi, Bola doimo 
baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovaar bolaning muvaffaqiyatga erishishga 
bo`lgan harakatlarining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti hamda uning kasb tanlashida 
ahamiyati juda kattadir. 
Bog`cha yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. U shaxsiy va 
ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu bolaning tashvishga solayotgan ichki 
muammolari bilan bog`liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog`liq bo`lgan 
motivlardir. Bu motivlarga asta-syokinlik bilan bilim, ko`nikma va malakalarni egallash bilan bog`liq 
bo`lgan o`qish motivlari qo`yiladi. Bu motivlar ilk bolalik davridan boshlanib, yuzaga keladigan 
bolalarning tabiiy qiziquvchanligi o`rnida paydo bo`ladi. o`zini namoyon qilish motivlari ham bu yoshda 
yaqqol namoyon bo`ladi. Bu motiv, asosan, bolalarning syujetli-rol`li o`yinlarda asosiy rol`ni 
egallashga, boshqalar ustidan rahbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga qo`rqmasligida, nima 
bo`lganida ham yutishga harakat qilishlarida ko`rinadi. Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar 
beradigan baholari juda muxim. Bolalar birinchi navbatda ma`naviy axloq me`yor va qoidalarini, o`z 
majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish 
me`yorini egallaydilar. Bunday me`yorlarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni 
yaxshi o`zlashtirishi uchun syujetli-rol`li o`yinlar yordam berishi mumkin. Bog`cha yoshining oxirlariga 
kelib, ko`pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat 
bilan bog`liq bulgaya shaxsiy sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqat-e`tibor, mehribon 
bo`lishi xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar ko`p hollarda o`z xatti-harakatlari sabablarini tushuntirib 
bera oladilar. 
3-3,5 yoshlar oraligida o`zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o`z munosabatlarini 
bildiradilar va bu munosabat, asosan, ularning o`zlariga beradigan baholari asosida shakllanadi. 4 yoshli 
bolalar esa o`z imkoniyatlariii real baholay oladilar. Lekin, 4-5 yoshli bolalar hali shaxsiy 
xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o`zlari haqida ma`lum bnr 
xulosani bera olmaydilar o`z-o`zini anglash layoqati katta bog`cha yoshidan rivojlanib, avval u qanday 
bo`lganini va kelajakda qanday bo`lishini fikrlab ko`rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan 

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin