Jaxolatga qarshi ma’rifat Globallashuv jarayoni va uning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri



Yüklə 35,22 Kb.
səhifə3/3
tarix24.09.2023
ölçüsü35,22 Kb.
#148008
1   2   3
Jaxolatga qarshi ma

MAFKURAVIY IMMUNITET — shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi.Immunitet (lot. immunitaq - ozod bo‘lish, qutilish) tibbiy tushuncha bo‘lib, organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli ta’sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Sodda qilib aytganda, immunitet - kishi organizmining turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir. YUqoridagidan farqli o‘laroq insonning umumiy immunitet tizimi tug‘ma bo‘lsa, M.i.ni shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin. M.i. tizimining, asosiy va birinchi elementi bu bilim. Ammo, bilimlarning turi ko‘p. Buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafkurasi tarafdorlari ham muayyan “bilim”larga tayanadilar, albatta. SHunday ekan, M.i. tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyitishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular, o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Vatan va millat manfaatlari b-n uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i kerak. M.i. tizimining ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg‘or bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik ob’ektiv va chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bir so‘z b-n aytganda, qadriyatlar tizimi M.i.ning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g‘oyalar yo‘lida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Ammo bilimlar va qadriyatlar tizimi mavjudligining o‘zi mafkuraviy immunitetning mohiyatini to‘liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki element M.i.ning uchinchi muhim elementi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi maqsadlar tizimi b-n bog‘liq. Ana shunday aniq maqsadlar tizimi bo‘lmas ekan, inson, millat yoki jamiyat goh oshkora, goh pinhona mafkuraviy tazyiqlarga duchor bo‘laveradi.
Har qanday jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma’naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan bog’liqdir.Garb faylasufi Alber Shveyster :”Voqelikni shakllantiradigan kuchlar ichida birinchisi –ma’naviyat va axloq.Qolgan barchasi ozmi – ko’pmi ikkinchi darajali”, [1]degan edi.Insoniyat tarixiga, xususan, bugungi kunda globallashib borayotgan dunyoda sodir bo’layotgan voqealarga diqqat bilan nazar tashlansa, bu gaplarga qoshilmaslikning iloji yo’q.Globallashuv kishilik tamadduni taraqqiyotining tabiiy mevasi ekanligi va ularning ijobiy jihatlarini inkor etmagan holda hozirgi dunyoda bir qator ixtilof va ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan jihatlarni ham e’tibordan qochirib bo’lmaydi.Bu haqda fikr yuritayotganda, avvalo, madaniyat va uning bosh tomirini tashkil etgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni asrab-avaylash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan , axloq-odob masalalarini ma’naviy qadriyatlar orqali yuksaltirish bugungi davr talabidir.O'zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev aytganlaridek “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat.”
Ma’naviy qadriyatlar kishilar ma’naviy faoliyati mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasida yuzaga kelgan bilim,qarash, malakalar samarasidir. Ma’naviy qadriyatlarni yaratishdan ko’zlangan bosh ma’no – bu moddiylikni ideallikka “bo’ysundirish”. Milliy va umuminsoniy ma’naviyat va qadriyatlardan to’la bahramand bo’lmagan, ona tilini bilmagan jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli tarzda hissa qo’shmagan inson ma’naviy qashshoqdir. Mustaqil respublikamiz istiqbolini belgilovchi har bir fuqoroning o’z burchi va majburiyati mohiyatida ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash; o’zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklarni , noyob tarixiy obidalarni avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish tadbirlarini ko’rish ; qadimiy va zamoniviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va san’atni bilish va rivojlantirish; respublikada yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilin munosobatda bo’lish; hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish; ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash; ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida umuinsoniy va milliy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini chuqur o’rganishga erishish kabi shartlarni amalga oshirish yotadi.Bir so’z bilan aytganda, insoniyat paydo bo’libdiki, hamisha odamiylik qiyofasini, fe’l-atvorda o’ziga yarashadigan xatti-harakatlarini, u yoki bu fazilatlarini mujassamlashtirishga intilgan.Hozirgi zamon kishisida odob, xulq-atvor qoidalari asrlar davomida tarkib topib, takomillashgan .Bu fazilatlar har bir odamning zohiriy va botiniy xislatlarida, o’zini tuta bilishida, xatti-harakatida, muomala-munosabatida o’z ifodasini topgan.
1.Hozirgi zamon jamiyatini ko'proq postmodern jamiyati deb atash keng tarqalgan. Uning asosiy belgilari: ishlab chiqarishda yuksak texnologiyalar qo'llaniladi, axborot texnologiyalari nafaqat ommaviy kommunikasiya sohasiga, shuningdek jamiyat hayotining barcha sohalariga, hatto ishlab chiqarishga ham kirib keldi, softver (elektron aloqa xizmatlari) sohasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning uzviy tarmog'iga aylandi, jahon taraqqiyotida globallashuv tendensiyasi vujudga keldi, ommaviy madaniyat keng tarqalgan ijtimoiy hodisaga aylandi, inson ongi, tafakkuri va xulq-atvori, jamiyat mentaliteti ancha o'zgardi. Natijada ba'zi bir mumtoz qadriyatlar deformasiyaga uchradi, ular o'rnini esa ayrim hollarda soxta qadriyatlar egallamoqda.
2. Jamiyatda turli-tuman axborotlar oqimi shunchalik kuchayib, ko'payib ketdiki, mutaxassislar tomonidan “axborot portlashi”, deb nomlanmoqda. Tabiiyki, portlash oqibatlari doim ham ijobiy bo'lavermaydi, u larzalarni, o'pirilish va vayronalarga ham olib keladi. Axborot portlashi har xil ziddiyatli, axborot xurujiga sabab bo'ldi. Oddiy inson yopirilib kelayotgan axborotning mag'zini chaqib ko'rishga, sarasini sarakka, puchagini puchakka ajratishga, tanqidiy tahlil qilib, baholashga ulgurmayotir. Ayrim axborotni baholashga uning ma'lumoti va saviyasi etishmayotir.
Tanlab tizimlashtirilgan axborotlar xuruji yordamida turli RR (piar)- kompaniyalar orqali omma ongi boshqarilmoqda.
3.Internet tarmog‘i, xorijiy telekanallar, uyali aloqa tizimi va hokazo vositalar orqali tarqatilayotgan turli g‘ayri milliy g‘oya va qarashlar yoshlar ongiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mustaqillikgning dastlabki yillaridanoq o‘nlab yangi gazeta va jurnallar, xususiy radiostantsiyalar, telestudiyalar tashkil topdi va shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda.
Mazkur nashrlarning g‘oyaviy yo‘nalishi, e’lon qilinayotgan maqolalardagi ma’naviyat masalasi eng dolzarb muammolardan biri sifatida yuzaga qalqib chiqmoqda. Nashr muassisi va bosh muharrir bevosita e’tibor qilishi shart bo‘lgan bu muammolar millat peshvolari — ziyolilarni o‘ylantirishi kerak. Toki, biz shu xalqning farzandi ekanmiz, hech birimizga uning axloqiy qadriyatlarini, qalb kechinmalarini ermak qilish huquqi berilmagan. Qator xususiy nashrlarda to‘xtovsiz, ta’bir joiz bo‘lsa, kim o‘zarga e’lon qilinayotgan «ijod» namunalarini millat ma’naviyatiga tajovuz, deb tushunish mumkin. O‘zbek mentalitetining yorqin ifodasi bo‘lgan uyat, or-nomus, andisha, g‘ururni («Er yigitning uyalgani — o‘lgani», «Uyat
— o‘limdan qattiq» xalq maqollari) arzon pullayotgan, toptayotgan hamkasblarimiz zimmasida istiqlol mas’uliyati ham bor.
Ayrim xususiy gazeta sahifalarida zo‘ravonlik, fahsh, shahvoniyatga boshlovchi hikoya va qissalarni uchratishimiz mumkin. Bu yerda gap nodavlat nashrlar faoliyati xususida bo‘lib, aksariyat gazetalardagi shahvoniy hikoya va maqolalarga o‘z munosabatimizni bildirar ekanmiz, shunday Gazeta ochishdan maqsad — pul topish, daromadli bo‘lish. Lekin bu xalqning ma’naviy tubanlikka, tor dunyoqarashga sudrash hisobiga bo‘lmasligi kerak, Lekin ko’pgina xususiy gazeta sahifalarida zo‘ravonlik, fahsh, shahvoniyatga boshlovchi hikoya va qissalarni uchratishimiz mumkin. Negaki, bu bozor iqtisodiyoti. «Talab va taklif», degan qat’iy xulosasi bizni ajablantirdi. To‘g‘ri, bozor iqtisodiyotida talab va taklifning o‘rni katta. Ammo bozor qonuniyatlari bilan ma’naviyatni belgilash qanchalik to‘g‘ri bo‘lar ekan? Eslaylik, ulug‘ adib Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romanida Otabek va Kumushning visol onlarini pardali, sirli va ayni paytda jozibali qilib emas, aksincha, besh-olti qog‘oz hajmida ochiq-oshkor, tuban bir tarzda tasvirlasa bo‘lmasmi edi. Yo‘q, adibimiz bunday qilmas, aniqrog‘i, qila olmas edi. Chunki, Abdulla Qodiriydagi botiniy ulug‘vorlik, millatga bo‘lgan mehru muhabbat, chin insoniy fazilatlar — hayo, nomus, g‘urur yo‘l qo‘ymas edi. Bunday misollarni istagancha keltirish mumkin. Bu kabi asarlarni ichdan yoritib turgan nur — Vatanga, xalqqa, insoniy muhabbatga bo‘lgan sadoqatdir.
Bugungi xususiy nashrlarning aksariyatida mezon — o‘lchovning o‘zi yo‘q. Ular uchun mezonsizlik — mezon, g‘oyasizlik — g‘oya vazifasini bajarmoqda. G‘ayri axloqiy va mutlaqo g‘ayri milliy sarguzashtlarning mualliflari o‘zbekona muhitda tarbiya topganmikan o‘zi, deb o‘ylab qolasan kishi.
Shuningdek, musiqa kanallari orqali uzluksiz ravishda berilayotgan saviyasiz kliplar, kinolar ham xalqni ishontirayotgani, kuldirayotgani, vaqti kelganda yig‘latayotgani og‘riqlidir. «Sariq matbuot» deb nom olgan axboriy vosita esa birinchi sahifasida bong urib, hayqirib, xuddiki ma’naviyatsizlikni, madaniyatsizlikni qoralaydiyu, lekin ikkinchi sahifasidan o‘sha ma’naviyatni, o‘sha madaniyatni o‘zi buzib turibdi. Gap chala pishgan tarvuzdek bemaza qo‘shiqlar, «qo‘lbola» kinolar yoxud o‘z so‘ziga o‘zi amal qilolmaydigan ayrim ommaviy axborot vositalarida emas, balki ular tomonidan xalq ma’naviyatiga, axloqiga, samimiy tushunchalariga yetkazilayotgan bemisl zarardadir. Bunday illatga, muammoga qarshi qanday samarali kurashish mumkin?
Albatta, bugungi kunda internet tizimida yaratilgan ijtimoiy tarmoqlar o'zining ijobiy taraflari bilan bir qatorda yoshlar ma'naviyatiga o'zlarining salbiy oqibatlari bilan ta'sir o'tkazib kelmoqda.Bu tarmoqlardagi mashhur san'atkorlarning o'zaro tortishuvlari, oilaviy, shaxsiy hayotlarini yoritib borishlari chegara bilmas darajaga chiqmoqda.Ularning chiroyli moddiy hashamatli hayotlarini, chet el sayohatlari-yu, yangi tug'ilgan farzandlarini ko'z-ko'z qilishlari oddiy fuqarolarning ayniqsa yoshlarning ma'naviyatiga qay darajada salbiy ta'sir etayotganligini xatto o'ylab xam ko'rishmaydi.Aslida ular ma'naviyat-madaniyat vakillari sifatida boshqa amaliy ishlarini namuna qilib ko'rsatsalar yaxshi bo'lar edi. Masalan , shu kunlarda o'qigan badiiy asarlari yoki kinofilmlari, spektakllari haqida, yoki jamiyatimizdagi muxtoj oilalar yoki iqtidorli lekin sharoiti yaxshi bo'lmagan yoshlarni qo'llab-quvvatlashlari haqida ma'lumot berib, yoritsalar milliy qadriyatlarimizning davomchisi, targ'ibotchisi bo'lishlari mumkin edi.
Ayrimlar bu jarayonlarni demokratiya bilan bog'laydilar. Demokratiya - tartibsizlik, degani emas. Aslida demokratiya tushunchasi G‘arb yoki Sharqqa tegishli alohida topildiq ham emas. Uning vujudga kelishi ongli insonning umumtafakkuri rivojlanishiga daxldor, idrokning yangi qirralari namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday hodisa esa ikkala makonda ham sodir bo‘lgan o‘z vaqtida. Demokratiyaning sodda va o‘zgarmas mazmuni - vijdon erkinligi! Vijdon degan so‘zning ortida yuksak ma’naviyatdan rang olgan vatanparvarlik, millatparvarlik, odamiylik, imon-e’tiqod, sadoqat, uyat, or-nomus, sharmu hayo, andisha kabi o‘ta nozik xislatlar turishini juda yaxshi bilamiz. O'zaro yordam, jamoaviylik, hamdardlik, mehr-oqibat ham inson tabiatini tashkil etuvchi fundamental qadriyatlardir. Virtual voqelik ularni deformasiyaga uchratmoqda.
Virtual voqelik, simulyakrlar dunyosi, kompyuterdagi ularning ko'pvariantligi ushbu olam bilan bog'lanib qolgan kishining an'anaviy qarashlarini, qadriyatlar tizimini, qabul qiladigan qarorlari, xulq-atvori oqibatlariga nisbatan uning javobgarlik hissini zaiflashtirib yubordi Bugungi O'zbekiston zamini tarixan «Buyuk ipak yo‘li»ning asosiy chorrahasi bo‘lgan. Dunyoni o‘z bilimi va salohiyati bilan lol qoldirgan allomalar, fozil zotlar bizning ajdodlarimiz edi. Sharqning buyuk uyg‘onishini harakatga keltirgan asosiy kuch ham aslida bizning bobolarimiz orasidan chiqqan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Imom al-Buxoriy, az-Zamaxshariy, at-Termiziy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Navoiy, Bobur tsingari yetakchilar edi.Bugun-chi, bugun bizning yoshlar boboyu momolariga munosib bo‘la olyaptimi?! Ular o‘z imkoniyatlari, salohiyatlaridan yetarlicha foydalana olishyaptimi?. Albatta, istiqlolga erishgan.
Vatan farzandlari bugun dunyo ko‘rmoqda, xoh sport sohasida, xoh bilim borasida bo‘lsin, jahonda o‘zimizga yarasha o‘rnimiz, nufuzimiz borligini baholi qudrat namoyish etishyapti. Agar bokschilarimiz Italiyada o‘tkazilgan jahon chempionatidan oltin medal bilan qaytishgan bo‘lsa, matematiklarimiz kamida kumush medal bilan kelishmoqda. Biroq ma’naviyatga ta’sir etuvchi madaniyatimizda uchrayotgan ayrim kamchiliklar dilni xira qiladi. Bunga G‘arbning nima aloqasi bor, dersiz. Hamma aybni osongina G‘arbga ag‘darib, o‘zingni oqlama, dersiz. Ha, G‘arb yaxshimi-yomonmi, to‘g‘rimi-xatomi o‘z yo‘lidan ketyapti. Ammo bizda so‘nggi vaqtlarda xalqning saviyasini tushirib yuborayotgan «ijodiy» asarlarning yuzaga kelishini qanday hodisa bilan izohlamang, ildizi «g‘arbcha madaniyat»ga borib taqalayotgani ajablanarlidir Tinimsiz axborot oqimi vujudga keltirayotgan global muhitda milliy qadriyatlar, o‘ziga xoslikni ifodalovchi oltin an’analar «zanglab» ketyapti. Buni televideniye, radio, matbuot, turli mavzu va mazmundagi kinolar, qo‘shiqlar, ularga ishlangan turli darajadagi kliplar zanglatayapti. Imon, e’tiqod va burchdan hosil bo‘lgan Aql tarozusiga qo‘yib o‘lchanmagan, xayolga kelgan dastlabki «g‘oya»ni andisha qilmay, bemalol «mahsulot» o‘rnida atrofdagilarga ulashilayotgan jamiyatda inson ongi tobora o‘tmaslashib ketyaptiki, u Gabriyel Garsia Markesning «xotirasiz»larini («Yolg‘izlikning yuz yili» romani) ayni haqiqatga aylantirmoqda. Bu ham G‘arbda. Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zamon talabi bo’lib kelmoqda. Zero, dunyodagi zo’ravon, tajovuzkor kuchlar bugun niyatlari hamda maqsadlarini emas, balki harakat uslublarini o’zgartirdilar.Ularning nishoni bugun millat qadriyatlari, tarixi, madaniyati, axloqi, ma’naviyatidir. Bunday g‘arbcha «demokratiya»ni niqob qilib, yurtimizga turli yo‘llar bilan kiritilayotgan har qanday tahdidlarga ongli ravishda to‘siq qo‘yish, o‘z millatimizning buyuk o‘zanlaridan kuch olgan ma’naviy immunitetimizni hosil qilishimiz bugungi kun talabidir.Shuning uchun quyidagi jixatlarga e'tibor qaratmog'imiz lozim:
– milliy qadriyatlarimizni bola ongiga singdirib borish;
– yoshlarning o'z oldilariga aniq maqsad qo'yishlari, o'z istiqbolini yaratishlariga ota-ona kichik yoshdan e'tibor berishi;
– ota-onalar bolalar bilan informasion manbalardan foylanayotgan vaqtda birgalikda axborotlarni taxlil etib borishga o'rgatish, shu yo'l bilan mafkuraviy immunitetni hosil qilish;
Yüklə 35,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin