Жаxон географияси маърузалар


Jahonda mahsulot eksporti bo'yicha yetakchi davlatlar ulushi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Jahonda mahsulot eksporti bo'yicha yetakchi davlatlar ulushi 
Yaponiya
6%
Fransiya
5%
Buyuk 
Britaniya
4%
Qolgan 
davlatlar
58%
XXR
8%
GFR
9%
AQSH
10%
Mavzu: Fan-texnika inqilobi. 
 
Insoniyat madaniyatining butun rivojlanishi fan-texnika taraqqiyoti (F.T.T.) bilan 
qattiq bog’langan Lekin bu taraqqiyot jarayonida ishlab chiqarish kuchlari tez va 
chuqur o’zgargan ayrim davrlar ham bo’lgan. XVIII-XXasrlarda bir qancha 
mamlakatlarda sanoatda keskin burilish bo’lgan davr ana shunday davrlardir. Bu 
davrlarda qo’l mehnati yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tildi. XX asrning 
o’rtalaridan boshlangan hozirgi FTI ham shunday keskin burilish davridir. 
FTI insoniyat ishlab chiqarish kuchlarida tub sifatiy burilish bo’lib, u fanni 
jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga asoslangan. 


30 
FTI asta-sekin rivojlana borib, keyin insonning moddiy va ma’naviy 
imkoniyatlarining benihoya o’sishiga turtki bo’ladi. Biz FTI yanada chuqurlashib 
borayotgan davrda yashayapmiz. Hozirgi zamon FTI 4 ta asosiy hususiyatga ega: 
Birinchidan, ko’p qirrali bo’lib, hamma tarmoqlar, hamma sohalarni mehnat 
jarayonini, turmush sharoitini, madaniyatini, kishilar ruhiyatini o’zgartiradi. Agar 
ilgari sanoatda burilishning ramzi deb bug’ mashinasi hisoblangan bo’lsa, hozirgi FTI 
ning ramzi EHM, kosmik kema, samolyot, AES, televizor, telefon, mini 
kompyuterlar bo’lishi mumkin. 
Hozirgi FTI ning ko’p qirrali ekanini geografik jihatdan ko’p sharxlash mumkin. 
Chunki FTI dunyoning barcha mamlakatlariga, Yerning butun geografik qobig’iga, 
shuningdek koinotga ham ozmi-ko’pmi ta’sir ko’rsatadi. 
Ikkinchidan fan-texnika qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yubordi. Bu 
tezlanish ilmiy kashfiyot bilan uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish o’rtasidagi 
vaqtning keskin qisqarganida mahsulotlarning juda tez ma’naviy eskirib qolishida va 
binobarin, muntazam yangilanib turishida o’z ifodasini topdi. 
Uchinchidan, insonning ishlab chiqarishdagi o’rnining tubdan o’zgarishiga olib 
keldi. FTI mehnat resurslari malakasi darajasiga talabni keskin oshirdi. Bu talab 
sizlarning har biringiz uchun ham zarurdir. Bu hol ingson faoliyati barcha sohalarida 
aqliy mehnat salmog’ini oshirdi, ya’ni mehnatni aqliylashtirish ro’y berdi. 
To’rtinchidan, FTI ning muhim hususiyati shuki, FTI II-jahon urushi vaqtida 
harbiy texnika inqilobi sifatida paydo bo’ldi. 1945 yil Xirosimada portlagan atom 
bombasi harbiy-texnika inqilobi boshlanganligi haqida jar soldi. Butun “sovuq 
urush” davomida fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari harbiy maqsadlarda 
foydalanishga qaratildi. 
Iqtisodchilar, faylasuflar va sosiologlar hozirgi zamon FTI ko’p qirrali bo’lib, 
yagona murakkab tizimdan iborat. Bu tizimda uning 4 ta tarkibiy qismi bir-biri bilan 
o’zaro juda bog’lanib ketgan, deb hisoblaydilar. Bu 4 ta tarkibiy qism: 
1.Fan 
2.Texnika va texnologiya. 
3. Boshqaruv. 
4. Ishlab chiqarish. 
Fan va talab tarmoqlarning rivojlanishi. 
FTI davrida fan bilimlarning juda murakkab majmuaga aylandi. Shu bilan birga ilm-
fan inson faliyatining juda keng sohasiga aylandi.; jahondagi ilmiy hodimlar soni 5,5 
mln. ga yaqin, ya’ni yer yuzida yashagan barcha ilmiy hodimlarning 9/10 qismi 
bizning davrimizda yashamoqda. Fanning ishlab chiqarish bilan aloqalari juda o’sdi, 
ishlab chiqarish tobora ko’proq fantalab bo’lib bormoqda. Lekin bunda rivojlangan 
mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar orasidagi farqlar juda katta. 
Masalan: Butun jahonda bajariladigan ilmiy ishlarning 4/5 qismi 10 ta rivojlangan 
mamlakatga to’g’ri keladi. Bu mamlakatlarda IYAMning 2-3 %i fanga sarflanadi. 
Hamma rivojlanayotgan mamlakatlarga esa jahondagi fanga qilinadigan harajatning 
4-5%i to’g’ri keladi. 
Texnika va texnologiya: taraqqiyotning 2 yo’li. Texnika va texnologiya ilm va 
kashfiyotni 
o’zida 
mujassamlashtiradi. 
Yangi 
texnika 
va 
texnologiyadan 


31 
foydalanishdan maqsad ishlab chiqarish samarasini, mehnat unumdorligini 
oshirishdir.
Jami eksport mahsulotining Malayziyada 50 % ini, YAponiya va Koreya 
Respublikasida 38 % ini, AQSH da 31 % ini yuksak texnologiya buyumlari tashkil 
etadi (2005 y.). 
Keyingi yillarda texnika va texnologiyaning asosiy vazifasi bo’lgan mehnatini iqtisod 
qilish bilan birga resurslarni iqtisod qilish va tabiatni muhofaza etish vazifalari tobora 
kuchayib bormoqda. Masalan: Buyuk Britaniya va Italiyada po’latni 2/3 qismi temir-
tersakdan olinadi. Buyuk Britaniya bilan Yaponiyada qog’ozning 1/2 qismi 
makulaturadan iborat, AQSH va Yaponiyada alyuminiyning katta qismi ikkilamchi 
alyuminiydan olinadi. FTI sharoitida texnika va texnologiyaning rivojlanishi 2 
yo’ldan iborat: 
1.Evolyutsion (mukammallashish) tarqqiyot yo’li. Bunda mavjud texnika va 
texnologiya tobora mukammallashib, mashina va jihozlar quvvati oshib, transport 
vositalarining yuk ko’tarish qobiliyati ko’payib boradi. Masalan: Dunyodagi eng 
yirik energiya bloklari va domna pechlari Rossiya bilan Yaponiyada, Kostroma 
GRESida quvvati 1,2mln. kVtli energiya bloki ishlab turibdi. 
50 yillar boshida eng katta dengiz tankeri 50ming t. Neftni tashiy olardi. 60- 
yillarga kelib yuk ko’tarish qobiliyati 100,200,300 ming t. 70 yillarga kelib 500,550 
ming t. Bo’lgan ulkan tankerlar vujudga keldi. Bulardan eng yirigi Yaponiya va 
Fransiyada qurildi. 
Hozirgi zamondagi jamiyat hayotini uy-ro’zg’orda ishlatiladigan elektron 
asboblarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Tranzistor, radiopriyomniklar, televizor, 
magnitafon, personal EHM, elektron soatlar, elektron o’yinlar tobora keng 
tarqalmoqda. FTI davridagi texnika va texnologiya taraqqiyotining asosiy inqilobiy 
yo’l. 
Ishlab chiqarish taraqqiyotning 6 asosiy yo’nalish. FTI davrida ishlab chiqarish 6 
ta asosiy yo’nalishda rivojlandi. 
1.Elektronlashtirish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarini elektron hisoblash 
texnikasi bilan to’ldirish. Elektronlashtirish tufayli ko’p ishlab chiqarish jarayonlari 
butunlay o’zgaradi. Elektronlashtirish ta’lim sog’liqni saqlash maishiy, uy-ro’zg’or 
ishlariga tobora ko’proq singib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektron jihozlar ishlab 
chiqarish sanoatning ilm-fanga talabi kuchli bo’lgan asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib 
qoldi. EHM, AQSH, GFR va Yaponiyada juda yaxshi rivojlangan. 
2.Kompleks avtomatlashtirish. 50 yillarda EHM paydo bo’lishi bilan kompleks 
avtomatlashtirish boshlandi. 70 yillarda mikro EHM va mikropressiya paydo bo’lishi 
bilan kompleks avtomatlashtirishni yangi bosqichi boshlandi. Chex yozuvchisi 
K.Chapek 20 yillardayoq mikroprosessorlarni robotlar deb atagan. 
Hlzirgi vaqtda robot yasash ishlab chiqarishning ilm-fanni talab qiladigan eng 
yangi tarmoqlardan biri bo’lib qolmoqda. Horijiy dunyoda sanoat robotlari eng ko’p 
bo’lgan mamlakatlar Yaponiya, AQSH va Germaniya, Italiya va Fransiyadir. 
3.Energetika xo’jaligini qayta qurish. Energiya xo’jaligi energiyani iqtisod 
qilishga yoqilg’i energetika balansi tarkibini mukammallashtirishga energiyaning 
yangi manbaalaridan tobora ko’proq foydalanishga asoslanadigan bo’ldi. 


32 
4.Yangi materiallar ishlab chiqarish. Hozirgi kunda ishlab chiqarish eski 
konstruktiv materiallar bo’lgan qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga yuqori 
talab qo’yadi. Bunday materiallar salmog’i oshdi. Lekin hozirgi ishlab chiqarish 
tamoili yangi kompozision yarim o’tkazgich, sopol materiallar, shaffof tolalar, 
shuningdek, “XX asr metallari” hisoblanadi. Berilliy, litiy, titan va boshqa ko’pgina 
metallar ishlatiladigan bo’ldi. 
5.Biotexnologiyaning jadal rivojlanishi. Bu yo’nalish 70 yilda paydo bo’ldi. 
Hozirda eng istiqbolli sohaga aylanib qoldi. FTIning ilm-fanni eng ko’p talab 
qiladigan yangi tarmoqlaridan bo’lgan biotexnologiya va biosanoat ham AQSH, 
Yaponiya, GFR hamda Fransiyada rivojlanmoqda.
6.Kosmosning o’zlashtirilishi. 
Boshqarish yuqori axborot madaniyat yo’lida. FTIning hozirgi bosqichi 
boshqarishga yangi talablar qo’yadi. Eskichasiga nazar solib boshqarish endi mumkin 
emas. Informatika kursidan sizga ma’lumki, amaliyot talabiga javob tariqasida 
boshqarish haqidagi yangi fan-kibernetika vujudga keldi. Kibernetika shu bilan birga 
axborot haqidagi fan ham hisoblanadi. 
Biz hozir axborot davrida yashayapmiz. Akademik A.P.Ershov ta’biri bilan 
aytganda axborotlarni qayta ishlash va uzatishning hozirgi sistemalari insoniyat 
jamiyatining o’ziga xos asab sistemasini shakllantiradi. Chunonchi, ilm-fan talab 
ko’p tarmoqlar yaxshi tashkil etilgan va turli xil axborotlar manbaiga yaqin erga, 
ya’ni yirik shaharlar hamda shahar aglomerasiyalarda joylashtirishni taqozo qiladi. 
Hozirgi vaqtda ilmiy axborotlar hajmi va axborot manbalari juda tez ko’payib 
bormoqda. Shuning uchun ham oddiy qog’ozli axborotdan mashina axborotiga o’tib 
borish juda muhimdir. Masalan: yozuv mashinkasi va kompyuter diski. Bu texnikani 
ishlatish uchun dasturchi (programmist), boshqaruvchi (operator) va boshqa 
mutaxassislar vujudga keladi. 
XX1 asrni Buyuk Britaniya mutaxassislari “sotnik” telefonlar davri bo’ladi. 500 
yil xizmat qilgan gazeta sinadi deb jar solmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin