Jinoyatning asosiy bevosita ob’ekti mansabdor shaxs bo‘lgan harbiy xizmatchining o‘z funksional vazifalarini bajarishining belgilangan tartibini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar bo‘ladi. Qo‘shimcha bevosita ob’ektbu erda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, o‘zgalar mulkining xavfsizligini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar bilan ifodalangan.
JKning 302-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomoni ko‘p miqdorda zarar etkazilishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o‘z xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligida ifodalanadi.
Sub’ektiv tomonidanjinoyat ehtiyotsizlik bilan, jinoiy o‘z-o‘ziga ishonish yoki jinoiy beparvolik shaklida sodir etiladi.
Jinoyatning sub’ekti mansabdor shaxs bo‘lgan harbiy xizmatchi bo‘ladi.
Jinoyat-ijroiya huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. Mas’ul muharrir-yu.f.n., dots. B.J.Axrorov. –T.: O‘qituvchi, 2012. – 208b.
Jinoyat-ijroiya kodeksiga sharhlar. Rustamboev M.H., Axrarov B.J. va boshqalar. Ma’sul muharrir: yu.f.d., prof. M.H.Rustamboev. – T.: TDYUI, 2007. – 574 b.