1.6 Bo‘ysunuvchining o‘z boshlig‘ini yoki boshliqning o‘ziga bo‘ysunuvchini haqorat qilishi jinoyati uchun javobgarlik (JKning 284-moddasi)
Jinoyatning bevosita ob’ekti – boshliq va buysinuvchining obru va g‘ururini hurmat qilishni ta’minlovchi jamoat munosabatlari.
Boshliq yoki unga buysinuvchi ushbu jinoyatning jabrlanuvchisi hisoblanadi.
Ob’ektiv tomondan jinoyat, shunday xatti-harakatlar uchun intizomiy chora ko‘rilishidan so‘ng, boshliqning buysinuvchini yoki buysinuvchining boshliqni haqoratlashidir.
Sub’ektiv tomondan jinoyat, to‘g‘ridan to‘g‘ri g‘araz bilan amalga oshiriladi. Aybdor o‘z hatti-harakatlari bilan konkret harbiy xizmatchining obru va g‘ururini erga o‘rayotganligi, kamsitayotganligini anglaydi va shu ishni qilishni istaydi. Buni anglamagan holda esa uni harbiy jinoyat uchun javobgarlikka tortish mumkin emas.
Jinoyatning sub’ekti bo‘lib, xizmat yoki harbiy unvoni bo‘yicha boshliq yoki buysinuvchi bo‘lishi mumkin.
1.7 Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish jinoyati uchun javobgarlik (JKning 285-moddasi)
Jinoyatning bevosita ob’ekti – harbiy xizmatchilar uchun o‘zaro munosabatlar qoidalarini tartibga soluvchi umumharbiy nizomlar talablariga rioya etilishini ta’minlovchi jamoat munosabatlari. Kushimcha bevosita ob’ekt – harbiy xizmatchining salomatligi, tan daxlsizligi xavfsiziligi, uning obrusi, hurmat-e’tiborini hurmat qilish.
JKning 285-moddasida kuzda tutilgan jinoyat ob’ektiv tomondan, harbiy xizmatchilar orasida o‘zaro buysinish munosabatlari bo‘lmaganda, ular tomonidan o‘zaro munosabatlar nizom qoidalarining buzilishi, takroriy ravishda ustidan qo‘lish, tan jaroxatlari etkazib sog‘liqqa zarar keltirish yoki o‘rtacha og‘irlikdagi tan jaroxatlari etkazish, noqonuniy ravishda ozodlikdan maxrum qilishdan iborat.