Sub’ektiv tomondan, JKning 281-moddasida nazarda tutilgan jinoyat, to‘g‘ridan to‘g‘ri garaz bilan bilan sodir etiladi. Aybdor uning qarshilik ko‘rsatish va majburlash bo‘yicha hatti-harakatlari aynan boshliq yoki xizmat vazifasi yuklatilgan boshqa shaxsga qarshi qaratilganligini anglaydi va ushbu hatti-harakatlarni amalga oshirishni istaydi. Bunda, vaziyatga ko‘ra agar aybdor jabrlanuvchining huquqiy maqomini anglay olmagan bo‘lsa, u sodir etgan jinoyat ko‘rilayotgan moddaga asosan kvalifikatsiya qilinadi, asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda esa, JKning boshqa me’yorlari bo‘yicha kvalifikatsiya etilishi lozim.
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda uning sababi va maqsadi axamiyat kasb etmaydi.
Har qanday harbiy xizmatchi, jumladan, jabrlanuvchiga buysunmaydigan harbiy xizmatchi ham jinoyatning sub’ekti bo‘lishi mumkin.
JKning 281-modda, 2-qismida, boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni qo‘yidagi xizmat vazifalarni bajarmaslikka majburlash uchun javobgarlik belgilab qo‘yilgan:
a) bir gurux shaxslar tomonidan sodir etilgan;
b) qurol ishlatish orqali sodir etilgan;
v) og‘ir oqibatlarga olib kelgan.
JKning 281-moddasi, 2-qism «b» bandida nazarda tutilgan qurol tushunchasi ostida shtat armiya quroli (avtomat, tupponcha, shtыk-noj) yoki boshqa uqotar yoki sovuq qurol (ov quroli, finn pichog‘i va x.k.), ya’ni tirik nishonni yaralashda maxsus foydalaniluvchi predmetlar tushuniladi. Uqotar yoki sovuq qurol bo‘lmagan, qurol sifatida ishlatiluvchi predmetlar (osh pichoq, bolta, uqlov va b.) aybdorni JKning 281-moddasi «b» bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun nasos bo‘la olmaydi. SHuningdek, buzilgan qurol yoki soxtasi qurol deb hisoblanmaydi.
1.4 Boshliqqa taxdid qilish jinoyati uchun javobgarlik
(JKning 282-moddasi)
Boshliqning hayoti, salomatligi, tan xavfsizligini ta’minlovchi jamoat munosabatlari - jinoyatning bevosita ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu jinoyatda jabrlanuvchi deb unvoni bo‘yicha katta turuvchi boshliq hisoblanadi.
«Boshliq» tushunchasi to‘g‘risida JKning 279-moddasi taxliliga qarang.
Dostları ilə paylaş: |