Jismoniy madaniyat



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə10/11
tarix02.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#123850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BASKETBOL

Shaxsiy himoya sistemasi. Himoyaning bu universal sistemasida jamnoaning har bir raqibni ta’qib etish topshiriladi. “O’yinchi-o’yinchini” ushlash shaxsiy ta’qib prinspi yakka himoya hissini tarbiyalashga yordam beradi, himoyadagi o’yinchilarni shaxsiy xususiyatlariga qarab taqsimlash imkonini beradi: baland bo’yli hujumchiga qarshi, tezkor o’yinchi tezkorga qarshi, sekin harakatlanuvchi qarshi va h/k/ har bir o’yinchi ta’qib qilayotgan o’yinchini o’rganish, kurashga moslashish uning nozik tomonlaridan foydalanishga qodir.
Bu sistemaning kamchiligi shundaki, hujumchilar erkinroq harakat qilaoladilar, oldindan o’ynalgan va tayyorlangan hujumchilarni amalga oshirish uchun yetarli vaqt va imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Zonali himoya sistemasi. Bu sistema ham himoyalanayotgan jamoa o’yinchilarini jarima otish maydonchasi atrofida to’playdi. Har bir o’yinchi shchit yaqinidagi ma’lum zonani qurqlaydi, o’yin davomida uning zonasiga kirgan har qanday raqib hujumchisini ta’qib qiladi. Bunday himoya asosan nisbatan sekin harakat qiladigan markaziy o’yinchilarini shchit yaqinida ishlatishga harakat qilayotgan va o’rta va uzoq masofadan to’pni savatga aniq tashlayolmidigan hamda to’pni tez va aniq uzata olmaydigan baland bo’yli o’yinchilari ko’p bo’lgan jamoaga qarshi qo’llaniladi.
Sistemaning ijobiy tomonlari shundaki, u raqibning orqasidan tinmay yugurishni talab qilmaydi, o’zining shchiti yaqinida shchitdan sapchigan to’p uchun kurashga yengillashtiradi, rejali ravishda tez qarshi hujumga o’tish imkonini beradi, raqibning oldindan o’rganilgan to’siq, to’qnashtirish, kesishib o’tish bilan bo’g’liq kombinatsiyalarini amalga oshirishini qiyinlashtiradi.
Sistemaning salbiy tomonlari shundaki, qurqlanayotgan uchastkadan tashqarida to’pni egallash uchun kurashning faolligini susaytiradi, tashabbus hujum qilayotgan jamoaga o’tadi, to’siqsiz savatga to’p otishga yo’l qo’yiladi va birinchi hujumchining bir ikki qatnashuvchi doyrasiga gruppirovka bo’lsa, himoyaning balansi ta’minlanmaydi.
Tarqoq himoya. Avvaliga bu himoya raqiblarni o’zini shchitidan uzoqda har qanday huqtada kurash olib borishga majbur qiladi, shu bilan birga o’yinchilar to’pni olib qo’yishga yoki hujumchilarning rejalangan kombinatsiyali o’yinini buzishga, ularni shoshilishiga, ma’lum bir rejasiz harakat qilishga majbur etishadi.
Tarqoq himoya ikkita sistemada amalga oshiriladi; shaxsiy pressing va zonali pressingda.
Shaxsiy pressing himoyaning eng faol sistemasidir. Buning mohiyati shuki, to’p raqibning qo’liga o’tishi bilan himoyalanayotgan jamoaning har bir o’yinchisi “o’zini” hujumchisini butun maydon bo’ylab unga erkin harakat qilishga yo’l bermay, to’pni olish va o’zi xohlagan yo’nalishda uzatishga yo’l qo’ymay ta’qib qila boshlaydi. Pressing yo’rdamida hujumkor o’yin olib boorish sur’atni ko’tarish, raqibni o’yinini olib boorish uchun mo’ljallangan rejadan voz kechishga majbur qilish mumkin.
Agar hujum qilayotgan jamoa pressinga qarshi hujumni jarima otish maydonchasining yarim doyrasiga chiqarilgan markaziy o’yinchi orqali o’tkazishga harakat qilsa, markaziy o’yinchini to’p olishiga yo’l qo’ymay, uni orqa-yo’n tomondan ta’qib qila boshlash kerak. Himoyachi tepasidan hujumchiga yuqoridan uzatilgan to’pga qarshi straxovkani shu paytda to’pdan ancha uzoqdagi o’yinchini ta’qib etib yurgan o’yinchi amalga oshirishi kerak.
Zonali pressing. Buning mohiyati shundaki, to’p bilan bo’lgan o’yinchini doim ikki kishi bo’lib hujum qilib, to’pni uzatishi mumkin bo’lgan yo’nalishlarni tosib, zona prinspi asosida asosan raqib maydonida jamoaviy faol himoya tashkil etadi. To’pli hujumchilar III yoki IV mintaqada kirib kelganda zona pressingi vaqtincha birmuncha oldinga surilgan 3-2 zona himoyasi xarakterini qabul qiladi. Bu holda biron-bir hujumchining zonali himoya orqasiga yoki jarima otish maydonchasiga xavfli kirib kelganda, himoyalanayotgan jamoa bu hujumchini vaqtincha shaxsiy ta’qib qiladi. Maydon burchaklarida to’pli hujumchiga guruh bo’lib to’pni olish uchun hujum qilinadi.
Zonali pressingning afzalligiga qo’yidagilarni kiritish mumkin:
a) raqib uchun kutilmaganlik;
b) raqib jamoaning to’pni juda yaxshi olib yuruvchi etakchi o’yinchilariga butun maydon bo’ylab qarshi harakat imkoniyati;
v) o’yinchiga ta’sir etib to’pni noto’g’ri uzatish, qoida buzishga olib keluvchi, to’pni guruh bo’lib olib qo’yishni muntazam qo’llash;
g) bir-birini straxovka qilishni yengillashtiruvchi va to’pni olib qo’yishga chiqqanda tavakkalga yo’l qo’yuvchi butun maydon bo’lab barqaror himoya muvozanati;
d)aniq paytda (vaziyatda) hamjihatlik va harakat qilish qoidalarining oddiy va oydin tushunarliligi.
O’z maydonidagi faol himoya. Bu sistemada jamoa harakatlarining zichlanish va taqoqo prinsplari birlashadi, shu bilan birga qarshi harakatlarning struktira va intensivligi o’yinchining shchit va maydonning to’p bo’lgan tomonga, yoki to’psiz tomonga nisbatan egallagan pozisiyaga bog’liq ravishda farqlanadi. To’p turgan tomonga to’p bilan bolgan o’yinchiga qattiq va doymiy ta’sir ko’rsatiladi, qolgan sheriklari to’pni uzatilishgi mumkin bo’lgan yo’nalishlarda raqibni zich ta’qib qiladi: markaziy o’yinchi – oldidan yoki yonidan, kanot hujumchisi – to’pni olish imkonini bermaslik va raqib burilib mo’ljallovchi aloqani yoqotmasdan orqaga o’yib olganda, uning orqasidan yugurib ulgurish uchun yo’piq turishda (yuzma-yuz) turishi kerak.

Xulosa
Kurs ishimning xulosasida quyidagilarni namoyon qilaman.Basketbol o’ynashning turli xil hujum taktikalarini ko’rib chiqamiz. Agar jamoa ustuvor vazifa sifatida hujumkor harakatlarni tanlagan bo’lsa, unda bir nechta variant ham bo’lishi mumkin. Masalan:tezkor pas,tez tanaffud,halqa ostidagi parchalar.Hali ham ko’plab hujum variantlari mavjud, ular birlashtirilishi, o’zgartirilishi mumkin, ammo biz ushbu asosiy narsalarni ko’rib chiqamiz.Tezkor uzatma - bu to’pni so’nggi chiziq orqasidan darhol hujumga o’tib, raqibning yarmida ochilgan jamoadoshiga uzatishni anglatadi. Ba'zan bir nechta sheriklar kashfiyotga kirishishlari mumkin, ular raqib himoyachilarini o’zlari orasida cho’zishlari mumkin, agar ulardan biri reaksiyaga kirishib, himoyaga qaytmoqchi bo’lsa.
NATIJA
Haqiqiy daraja, birinchi navbatda, basketbol o’ynash taktikasi va barcha raqiblarni mag'lubiyatga uchratish va raqibning savatiga istalgan pozitsiyadan hujum qilish uchun bitta maydonchada bitta o’yinchini ishlatmaslik. Ko’pincha havaskorlar darajasida bo’lishiga qaramay, ayanchli vaziyat mavjud.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin