Jismoniy madaniyat


-rasm. Juftlikda tezlik bilan bajariladigan mashqlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/11
tarix02.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#123850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BASKETBOL

15-rasm. Juftlikda tezlik bilan bajariladigan mashqlar.
“Barvaqt hujum” — jamoa tomonidan amalga oshiriladigan mazkur usul ham deyarli tezkor “yorib” o’tish usuliga o’xshash tartibda qo’llaniladi. Faqat bu usulni qo’llashda avvaldan belgilangan va taktik kombinatsiyalar bilan yakunlanadigan harakatlardan ko’proq foydalaniladi.
Pozitsion hujum. Bunday hujum, asosan, tezkor “yorib” o’tish “barvaqt hujum” choralari natija bermaganda juda qo’l keladi. Mazkur hujum usulida jamoaning barcha o’yinchilari o’z o’yin funksiyalari va o’z o’yin “joylarida” asoslangan holda maydon bo’ylab himoyalanayotgan raqiblari ta’qib qilib, savatni ishg‘ol qilish xavfini tug‘diradi. Ta’qib davomida sust yoki zaif raqibni payqagan zahoti boshqa raqiblarni chalg‘itish asosida savatga hujum uyushtiriladi.
Pozitsion hujum ikki xil tizimda ijro etilishi mumkin: bir yoki ikki markaziy hujumchi orqali va markaziy hujumsiz.

2.2. Himoya taktikasi
Keskin raqobat ostida kechayotgan zamonaviy basketbol musobaqalarida raqib hujumiga qarshi qo’llaniladigan himoya harakatlari taktik jihatdan qanchalik serqirrali va mukammal bo’lsa, shunchalik raqibning hujum rejasini “puchga” chiqarish, to’pni olib qo’yish va qayta hujum uyushtirish imkoni keng bo’ladi.
Himoya taktikasi ham hujum taktikasi kabi individual, guruhli va jamoa harakatlari asosida amalga oshiriladi. Lekin himoya taktikasini samarali ijro etish va uni foydali natija bilan yakunlash ustuvor jihatdan o’yin texnikasini mukammal o’zlashtirilganlik, jismoniy va psixofunksional imkoniyatlar salohiyatiga bog‘liqdir. Bundan tashqari raqibni individual, guruhli va jamoaviy hujum taktikasini hamda ularning sirli xatti-harakatlarini, rejalarini oldindan bashorat qila olish (bilish), vaziyatni tezda payqash va unga asosan qarshi himoya usullarini qo’llay olish himoya taktikasini foydali koeffisient bilan ado etishga yo’l ochib beradi.
Individual himoya taktikasi ikki yo’nalishda ijro etiladi:
- to’psiz hujum qo’llanilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo’llash;
- to’p bilan hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo’llash
Yaxshi tashkil etilgan himoya nafaqat hujum tufayli erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlaydi, balki jamoaning keyingi harakatlari xarakteriga ham ta’sir qiladi. Ishonchli himoyaga ega bo’lgan jamoa o’yinni keskinlashtira borishga, o’rtacha va oils masofalardan savatga to’p otishni dadillik bilan qo’llashga qurmaydi hamda shchitdan qaytgan to’p uchun astoydil kurashadi.
Himoyalanuvchi jamoaning harakatlari hujum qiluvchi jamoaning harakatlariga javob bo’lib, raqib taktikasining xususiyatlariga qarab tashkil etiladi.
Himoyalanayotgan jamoa oldida to’rtta asosiy vazifa turadi:
1) raqib savatga aniq, to’siqsiz to’p tashlashiga yo’l qo’ymaslik;
2) raqibdan to’pni olib qo’yish va qarshi hujum uchun sharoit yaratish;
3) raqibning ba’zi bir aloqalarini va o’yin liniyalari orasidagi aloqa va o’yinchilar o’zaro harakatlarini buzib, hujum qilish uchun tayyorlov operasiyalarini o’tkazishga qarshilik ko’rsatish;
4) raqibni tez qarshi hujumga o’tishga yo’l qo’ymaslik.
Jamoa harakatlari
Jamoa butun tarkibi bilan taktik maqsadga muvofiq jamoa harakatlari orqali mohirlik bilan himoyalanayotganda, eng qiyin masalani ham muvaffaqiyatli echishning yetarlicha imkoniyatiga ega bo’ladi. Jamoa harakatlari u yoki bu asosiy vazifani echishga qaratilgan mo’ljaliga qarab himoyaning ikkita turiga bbo’linadi: zichlashtirilgan va tarqoq himoya.
Zichlashtirilgan himoya. Bu avallo raqibga shchitga yaqin kelishi va to’pni yaqin yoki o’rta masofadan tashlash imkoniyatini bermaslikka qaratilgan. Shuning uchun hamn hujumchilar bi9lan kurash odatda himoyaning barcha o’yinchilari to’planadigan jarima otish maydonchasi yaqinida bo’ladi. Zichlashtirilgan himoya ikkita sistemada tashkil etiladi: shaxsiy va zonali himoyada. Shuningdek, o’z ichiga shaxsiy va zonali himoyani, ba’zan esa shaxsiy pressing elementlarini oluvchi aralash himoya sistemasi ham bor.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin