Jismoniy madaniyat


rasm-To’pni olish uchun kesib chiqish 9 rasm-Raqibni chalg’itib to’pga



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə8/11
tarix02.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#123850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BASKETBOL

8 rasm-To’pni olish uchun kesib chiqish 9 rasm-Raqibni chalg’itib to’pga
chiqish
a-to’psiz o’yinchilar b-to’pli o’yinchi

Uch kishidan iborat o’zaro harakatlar. Ushbu harakatlarda juftlik harakatlarida qollaniladigan usullar bilan bir qatorda “uchburchak”, “uchlik”, “kichik sakkiz”, “kesma chiqish”, “ikki yoqlama to’siq ”, “ikki o’yinchiga taqib”, kabi usullar qo’llaniladi (10- rasmlar)


10 rasm-Guruhli o’zaro harakatlar


11-12 rasm-Guruhli o’zaro harakatlar a-“kichik sakkizlik” b-“kesma chiqish”

13-rasm. Guruh bo’lib bajariladigan mashqlar.
Ushbu o’zaro harakat usullarining mohiyati, mazmuni va ijro etilish tartibi qayd etilgan rasmlarda keltirilgan.
Jamoali harakatlar. Hujumda ijro etiladigan individual va guruhli o’zaro harakatlar jamoaning taktik vazifalariga asoslanadi Jamoa harakati har bir o’yinchining o’zaro kelishilgan, muvofiqlashtirilgan va jamoaning muayyan hujum taktikasini amalga oshirishga qaratilgan integral faoliyatidir. Ushbu faoliyatni amalga oshirishda jamoani himoyaga qaratilgan o’ta keskin va tezkor hujumga o’tib, raqibni “shoshiltirib” qo’yish, uni xato qilishda majbur qilish choralari qo’llaniladi. Bu chora ikki tizimli jamoa harakati bilan ifodalanadi: tezkor “yorib” o’tish va “barvaqt” hujum.
14-rasm. Jamoviy mashqlar.
Savat oldida turib shchitdan qaytganda to’p tashlash mashqlari.
Bu mashq bo’yicha rejalashtiriladi, u savatga (shchitdan qaytganda) to’p tashlashlar amaliyoti sifatida yaxshi ish beradi. Xonaning har bir tomonida past blokda bittadan to’p qo’yib chiqing. Bir o’yinchi (hujumchi zona bo’ylab) siljib harakatlanadi hamda past blokdan to’pni ko’tarib olib, kuchli to’p tashlashni (shchitdan sapchitib) bajaradi. Ikkita boshqa o’yinchi zonaning har bir tomonidan joy egallaydilar. Ularning vazifasi hujumchi keyinchalik yana tashlashni bajarish uchun zonalarida uchib kelgan to’pni ko’tarib olish va dastlabki nuqtasiga (pastki blokka) joylashtirish. Mashq 30 sekund davomida bajariladi, shundan so’ng o’yinchilar vazifalari bilan almashadilar.
Savat oldida turib (shchitdan qavtganda) va aldamchi harakat bilan to’p tashlashda ikkita to’p.
Bu mashq xuddi avvalgi mashq sifatida bajariladi. Farqi shundaki, hujumchi to’p tashlashni bajarilishdan oldin aldamchi harakatni qo’llaydi.
Perimetr bo’ylab to’pni olib yurimasdan kuchli to’p tashlash (shchitdan sapchitib).
Bu mashqning maqsadi — to’pni olib yurmasdan zonada sakrab to’xtashni va kuchli to’p tashlashni amalda sinash har bir o’yinchining qo’lida bittadan to’p va ular erkin zarba chizig‘idan boshlashadi. Hujumchi aldamchi harakatni bajaradi, o’ng qo’lda to’p olib yurishni oshiradi, raqibning to’pga bir marta tegishidan iborat bo’lishi kerak, keyin zonada to’xtaydi va yuqoriga sakrab to’p tashlashni bajaradi. Tashlashdan so’ng ikkinchi o’yinchi xuddi shu mashqni bajaradi, vaqti 30 sekund, keyin ular driblingni chap qo’lga yoki perimeter bo’ylab bo’sh joyga o’zgartiradilar.
Harakatlanishda to’p tashlashlar.
Jamoa ikkita qatorga bo’linishadi. Birinchi qatordagi birinchi ikki o’yinchi to’pga egalik qiladi. 1-o’yinchi to’pni savat tomonga olib boradi, chap qatordagi 2-o’yinchi esa u bilan bir vaqtda savatga tomon harakatni boshlaydi, 1-o’yinchi 2-sherigiga poldan sapchitib to’p uzatadi. To’pni qabul qilib olib sherigi depsinib yuqoriga sakraydi va to’pni tashlashni bajaradi 1-o’yinchi qaytgan to’pni ilib oladi va 2-o’yinchiga uzatadi, 2-o’yinchi to’pni yon chiziq tomonga olib yurishni boshlaydi va o’ng tarafdan qatorda turgan keyingi o’yinchiga to’pni uzatib, o’sha yerdan joy egallaydi. 1-o’yinchi chap qatorga ketadi 3 va 4-o’yinchilar ham joylarini o’zgartirgan holda shunday yo’l tutadilar.
Aldamchi harakat bilan stullar orasidan o’tib to’p tashlash
O’yinchilarni uchta va to’rtta kishidan iborat guruhlarga bo’ling. Guruhlarni savatga qarata joylashtiring va o’yinchilarga bittadan to’p bering. Birinchi o’yinchi jarima zarbasi hujumida turadi. Mashq o’yinchining to’pni o’ziga otib berishi va sakragan holda to’xtab uni ilib olishi bilan boshlanadi. U aldamchi xarakatni bajaradi va to’pni stullar orasidan savat tomonga olib bora turib shchitdan sapchitib savatga to’p tashlaydi. Mashqning davomiyligi 2 daqiqa. Keyin to’pni olib yurishni bajaruvchi o’ng qo’lni chap qo’lga o’zgartirish yoki maydondagi stullar joylashishini almashtirish mumkin.
To’pni olib yurishda joyni o’zgartirgan hoida to’p tashlashlar
To’rtta o’yinchi savat oldida joylashadi ulardan uchtasi orqa chiziqda, to’rtinchisi esa jarima chizig‘ida turadi. To’p ushlab turgan o’yinchi jarima chizig‘ida turgan o’yinchiga ikkala qo’lda ko’krakdan to’p uzatadi. To’p uzatgan o’yinchi to’pni qabul qilib olgan o’yinchining oldiga yugurib chiqib, unga bosim o’tkazishga harakat qiladi. To’pni qabul qilib olgan o’yinchi aldamchi harakat bajarib, to’p tashlash uchun to’pni savat tomonga olib yuradi. To’pni ko’tarib olib, orqa chiziqqa navbatga turadi, himoyachi vazifasini bajargan o’yinchi esa jarima chizig‘i yonida hujumchiga aylanadi. Bu mashqni ma’lum bir vaqtda bajarish hamda ijro etish joylarini o’zgartirishi mumkin.
Tezkor “yorib” o’tishda qo’llaniladigan harakatlar texnikasi — bu jamoani raqibga nisbatan son jihatdan ustun bo’lgan tarkib asosida qayta hujum uyushtirish va qisqa oraliqlardan savatni ishg‘ol qilishga mo’ljallanadi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin