Jismoniy madaniyat



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə6/11
tarix02.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#123850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BASKETBOL

3 rasm-Shartli belgilar
O’yinchini to’psiz harakatlari — himoyachi (raqib) yoki himoyachilarning ta’qibi va zich qarshiligidan qochish va sherigidan to’p qabul qilish uchun hamda qulay joy tanlab navbatdagi harakatni davom ettirishga qaratiladi. To’psiz harakatlar raqibni chalg‘itish, uning diqqatini “zaiflashtirish” va to’p bilan harakatlanayotgan o’z sherigiga qulay yo’l ochishda qo’llaniladi.
O’yinchini to’p bilan harakati — to’pni o’yinga kiritishda, to’pni boshqarish, uzatish va savatga tashlash usullari bilan ifodalanadi. Bunday usullarga to’pni ilish, urib yuborish, urib yurish, uzatish va savatga tashlash ko’nikmalari kiradi.
Guruhli harakatlar — ikki yoki uch kishidan iborat o’yin- chilarning o’zaro kelishilgan va jamoa oldiga qo’yilgan taktik vazifalarni hal qilishga qaratilgan faoliyatini anglatadi.
Ikki kishidan iborat o’yinchilarning o’zaro harakati (4-rasm) bir necha usularda (“to’p uzat ozing chiq”, to’siq, juftlik”) ijro etiladi (4, 5-rasm).
“To’p uzat — o’zing chiq” usuli —- eng oson va samarali xususiyatga ega bo’lib, to’pni uzatib, o’zi raqibni ta’qibidan bo’sh joyga chiqib, to’pni yana qabul qilish bilan ifodalanadi (4 a,b –rasm)
“To’siq” — zamonaviy basketbolda bu usul zich tashkil qilingan himoyaga qarshi qo’llaniladigan hujum ko’nikmasi sifatida xizmat qiladi.
Savatdan qaytgan to’pni ilib va qayta otish. Bir qarashda, halqa tagida turib to’p tashlashlar juda osondek tuyiladi. Biroq, shunday lahzalar bo’ladiki, bunday tashlashni bajarish juda qiyin bo’lib qoladi. Savat tagida turib to’p tashlash qiyinchiligini oshiruvchi elementlariga himoyachining bosimini, muvozanatining yo’qligini yomon burchak hamda fol bilan bog‘lash bo’lgan harakatlari, tashlanadigan to’pni to’sib qo’yishi ehtimoli kiritish mumkin. Biroq, agar o’yinchi to’pni burchak ostida va tezlik bilan to’g‘ri mashq qilsa, savat tagidagi (shchitdan qaytgan) har qanday to’p tashlashlarni istalgan vaqtda bajarishi uchun kerakli jihatni rivojlantira oladi.

4-rasm. “To’pni uzat –o’zing chiq” usuli

To’xtash bilan to’p tashlash oson o’rganiladigan tashlashlarda biri hisoblanadi va u savat tagida to’p tashlash bilan birgalikda bajarish mumkin bo’lgan usullardan biri sanaladi. Bu to’p tashlash zonada bajariladi va mudofa bosimi ostida bo’ladi. Undan tashqari, bu to’p tashlash muvozanatini yo’qotgan o’yinchini qoida buzishga majbur qilishi mumkin.


Basketbolda to’pni ko’tarib olish deganda jamoalardan biri savatga to’p tashlashni muvaffaqiyatsiz bajargandan so’ng to’pni egallab olish tushiniladi. Bu atama aslida “rebound” deb ataladi. Basketbolning yozilmagan qoidalaridan biri shunday deydi: “Kimda-kim to’pni ko’tarib olishda g‘alaba qilsa. U o’yinda g‘olib bo’ladi”. Uchrashuvdan keyingi matbuot-anjumanlarida murabbiylar aynan “boy berilgan shchit” ni muvaffaqiyatsizlik yani mag‘lubiyatning sababi deb ko’rsatishadi. To’pni ko’tarib olishlarning asosiy ustunligi takroriy hujum uyushtirish yoki aksincha raqibga hujum qilish imkonini bermaslikdir. Bu basketbol elementi to’g‘risida tartib bilan gaplashamiz.
To’pni ko’tarib olish mohiyati shundaki, bunda ancha qulayroq holatda turib qolish va shchitdan yoki halqadan qaytgan to’pni ilib olish kerak bo’ladi. Eng yaxshisi raqibni to’pni ko’tarib olishi uchun har qanday imkoniyatdan mahrum qilishdir.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin