II.BOB.Basketbol hujum hamda himoya taktikasi 2.1.Hujum taktikasi Hujum jamoani asosiy va hal qiluvchi funksiyasi bo’lib, uni taktik jihatdan puxta rejalashtirish, tashkil qilish va amalga oshirish har bir hujum harakatini hamda butun o’yin jarayonini foydali natija bilan yakunlanishiga imkon yaratadi.
Hujum taktikasi qanchalik serqirrali bo’lsa, taktik usullar hajmi qanchalik ko’p bo’lsa, taktik bilim va ko’nikmalar doirasi qanchalik keng bo’lsa, qulay va foyda keltiruvchi usullarni tanlash hamda ularni qo’llash imkoniyati shunchalik samarali kechadi.
Hujum taktikasi individual, guruhli va jamoa harakatlaridan iborat bo’ladi.
Kirib borish va to’p tashlash. Yorib kirish ham to’siqlarni bartaraf etish uchun mo’ljallangan o’zaro harakatlar hisoblanadi. Himoyachilar uchun to’pni bir-biriga uzatib o’ynash noqulay bo’lgan paytda uningqo’llanilishi maqsadga muvofiq. Ta’qib qilinayotgan o’yinchilar bilan almashgandan ko’ra yorib kirish himoyadagi o’yinchilarga raqiblarini muntazam ta’qib qilib turishga imkon beruvchi harakatlarni nazarda tutadi. Buning ikki xil yo’li mavjud: a) ikkita hujumchi orasidan yorib kirish, b) o’z sherigi va to’siq qo’yayotgan hujumchi orasidan yorib kirish.
Birinchi usul ancha samaraliroq lekin amalga oshirish qiyinroq. Undan hujumchi yaqindan ta’qib qilayotganda foydalanish mumkin va himoyachidan vaziyatni yaxshi nazorat qilishni tezkor hamda qat’iy harakatlarni taqoza etadi.2-jadval. Ikkinchi usulda yorib kirishni bajarishda o’zaro harakatlar muvaffaqiyatini sherikning o’zi ta’qib qilayotgan o’yinchidan o’z vaqtida bir qadam orqaga chekinishi belgilab beradi. Aynan bo’sh qolgan hudud orqali himoyachi o’zining hujumchisi orqasidan o’tib oladi va pozitsion ustunlikka ega bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Sherigining yorib kirishidan so’ng orqaga chekingan himoyachi o’zining dastlabki holatini tiklashi kerak.
Individual harakatlar. Har bir o’yinchi maydonda kechayotgan vaziyatni bilishi, uni o’z vaqtida payqashi va jamoa oldiga qo’yilgan taktik vazifa doirasida foydali natija keltiruvchi shaxsi (individual) harakat qobiliyatini namoyish etishi lozim.
Individual taktika to’psiz va to’p bilan amalga oshirilishi mumkin.