Xalqaro sport harakati jahondagi barcha davlatlar va xalkdarning kundalik faoliyati sifatida tarkib topgan hamda umumjahon miqyosida ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlarni o’zada ifodalovchi ijtimoiy faoliyatdir. Uning vujudga kelishi va taraqqiyot yo’li uzoq darvlarni hamda juda ko’p turli-tuman faoliyatlarni o’z ichiga oladi.
E’tirof etish kerakki, jahonda taraqqiy etgan AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar taraqqiyotida o’zining salmokdi o’rni va har tomonlama mavqei jihatidan e’tiborga loyiq bo’lgan Rossiya, Xitoy, Hindiston, Arab mamlakatlari o’rtasida sport sohasida o’zaro aloqalar mavjud. Bu faoliyatlar esa xalqaro sport harakatiga ijobiy ta’sir o’tkazmoqda.
Jahon xalqdari tarihida xalqaro sport harakati ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan jarayondir. U xalqlarni faqat sportdagi faoliyatlari bilangina emas, balki turli millatlarning madaniyati, ijtimoiy taraqqiyoti, insonparvarlik hamda progressiv g’oyalari bilan ham o’zaro bog’laydi.
Xalqaro sport harakati o’zining tarixiy taraqqiyot bosqichlariga ega. Ya’ni XIX asrning oxirlarida Evropa mamlakatlarida xalqaro sport uchrashuvlari tashkil etilib, asta-sekin rasmiy musobaqalar tusini oldi. Natijada turli sport uyushmalari (federasiyalari) tashkil qilina boshlandi. Buning oqibati esa Xalqaro Olimpiya o’yinlarini davr talablari asosida tashkil qilishga da’vat etdi.
XIX asrning ikkinchi yarimida o’tkazilgan musobaqalarning yagona tartib va qoidalari bo’lmaganligi sababli Xalqaro sport harakatining rivojlanishiga birmuncha salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Shunday bo’lsada,1881 yilda Evropa gimnastika uyushmasi, 1892 yilda akademik eshkak eshish Xalqaro federasiyasi, 1904 yilda Xalaaro futbol federasiyasi tashkil etildi. Bu siljishlar Xalqaro Olimpiya qo’mitasini tuzishga (1894) va uning faoliyatini rivojlantirishga sababchi bo’ldi. Bunda buyuk mutafakkir P’er de Kubertenning (Fransiya) xizmatlari nihoyat kattadir.
Shuni ta’kidlash kerakki, xachkaro sport federasiyalari hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasining dasturlari, xartiyasi, tashkiliy asoslar burjua sport xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu uzoq yillar davomida o’zgarishsiz faoliyat kursatib keldi.
Hozirgi kunda ham uning asosiy qismi o’z kuchi va mavqeini saqlab kelmoqda.
Xalqaro sport harakatining birinchi bosqichi Oktyabr to’ntarishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu, albatta, birinchi Xalqaro Olimpiya o’yinining o’tkazilishi (1896) va keyingi davrlarda har 4 yilda bir marta o’yinlarning tashkil qilinishi bilan belgilanadi.
1894 yilda Parijda I Xalqaro sport kongressi bo’ldi. Bunda quyidagi masalalar ko’rib chiqilgan edi:
Havaskorlik va professionalizm.
Olimpiya o’yinlari.
Hozirgi davrda Xalqaro Olimpiya qo’mitasiga 200 dan ortiq mamlakat a’zo bulib kirgan. Sobiq SSSR dan ajralib, hozir mustaqil davlat sifatida faoliyat ko’rsatayotgan respublikalar 1991-1992 yillarda Xalqaro Olimpiya ko’mitasiga a’zo qilib qabul qilindi. Bu mamlakatlarning sportchilari sport cho’qqilarini zabt etish, xalkdar o’rtasida tinchlik va do’stlikni mustahkamlash uchun o’z g’oyalarini olg’a surmoqdalar.
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Xalqaro sport harakatining rivojlanishi va uning tashkilotchisi Xalqaro Olimpiya qo’mitasi faoliyatining rivojlanishini e’tiborga olgan holda bu ishlarni kuzatib borish, tegishli yordam qilish maqsadida o’zining muhim tayanchi bo’lgan YUNESKO huzurida jismoniy tarbiya va sport bo’yicha Xalqaro sport kengashini tashkil qildi. Bu tashkilot davlat hisobida bo’lmagan davlat tashkilotlari bilan aloqador bo’lib, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, tajriba almashish ishlari bilan shug’ullanadi. Xalqaro sport harakatida sport uyushmalarining ahamiyati va o’rni juda kattadir.
Bular o’z klassifikasiyalariga (turlari) qarab jahon va hududiy uyushmalarga bo’linadi.
Jahon sport uyushmasiga Xalqaro Olimpiya qo’mitasi va Xalqaro sport federasiyalari, jismoniy tarbiya va sportning xalqaro kengashi, Xalqaro sport federasiyalari Bosh Assambleyasi, milliy olimpiya qo’mitalarining Bosh assambleyasi va boshqa uyushmalar kiradi.
Xududiy uyushmaga xududdagi milliy sport tashkilotining birontasi kiradi. Bunday tashkilotlarga Afrika sporti Oliy kengashi, Osiyo Olimpiya kengashi, Panamerika sport tashkiloti, Markaziy Amerika va Qarib dengizi o’yinlari sport tashkiloti, O’rta er dengizi o’yinlari xalqaro qo’mitasi va boshqalar kiradi.
Ijtimoiy-siyosiy xususiyati bo’yicha xalqaro sport uyushmalari quyidagilarga bo’linadi:
milliy uyushmalar, ligalar, davlat va jamoatchilik asosida tuzilgan mamlakatlarning uyushmasini o’z ichiga oluvchi Xalkaro sport uyushmalari;
kapitalistik davlatlarni ichiga oladigan Xalqaro sport uyushmalari (harbiy sport xalkaro kengashi - jismoniy tarbiya va sportning xalqaro katolik federasiyasi);
milliy sport tashkilotlarining professional holatlari bo’yicha temiryo’lchilarning Xalqaro sport uyushmasi, aloqa, telegraf va telefon xizmatchilarining Xalqaro uyushmasi;
ilmiy sohalar bo’yicha (sport tibbiyotining Xalqaro federasiyasi, sport psixologiyasining xalqaro assosiasiyasi, Xalqaro sosiologiya assosiasiyasi va boshqalar);
jinsi bo’yicha (xotin-qizlar) jismoniy tarbiyasi va sportining xalqaro assosiasiyasi;
liniy e’tiqodlar bo’yicha (Xalqaro katolik va xristian sport uyushmalari).
Har bir xalqaro sport uyushmasi o’z ustaviga ega. Ustavda uyushmaning vazifasi, maqsadi, ish mazmuni, a’zolikka qabul qilish va undan chiqarish qoidalari, yig’ilishlar, kongresslar o’tkazish, qarorlar chiqarish tartibla-ri, moliyavii masalalar, nashriyot ishlari va hokazolar aks ettirilgan. Ustavda rahbar xodimlarni saylash va ularning hisobot berib turishlari belgilangan.
Xalqaro sport uyushmalarining byudjetlari asosan milliy sport tashkilotlarining badallari, sport musobaqalaridan yig’ilgan mablag’larning bir qismi, televizion ko’rsatuvlar, nashriyot, ayrim shaxslarning homiyligi, hukumatlarning ba’zi badallaridan hamda homiy-likdan tashkil topadi.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi jahon sport harakatini boshqaruvchi oliy tashkilotdir. Uning vazifasiga xalqlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ’ib qilish va har 4 yilda bir marta o’yinlarni tashkil qilish kiradi. Xalqaro Olimpiya qo’mitasi havaskorlik sporti rivojlanishini taqdirlaydi, kelgusi o’yinlarni o’tkazish vaqti va joyini belgilaydi. Bu o’yinlar xalqdar o’rtasida sportdagi do’stlikni mustahkamlaydi.
E’tirof etish kerakki, Olimpiya o’yinlarining aso-siy g’oyalari sportni rivojpantirish, u orqali xalqaro hamdo’stlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bu o’rinda P’er de Kubertenning «Sportga qasida»si /1912/ muhim ahamiyat kasb etish bilan birga, u o’zining mazmunan mohiyatini tobora rivojlantirmoqda.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining faoliyatini belgilab beruvchi asosiy hujjat Xartiya (ustav) hisoblanadi. Unda Xalqaro Olimpiya harakatining maqsadi va vazifalari, huquq va burchlari belgilangan. Shuningdek, unda Xalqaro Olimpiya qo’mitasining milliy va xalqaro sport uyushmalari bilan munosabatlari, olimpiya musobaqalarining dasturlari, olimpiada o’yinlarini ochish va yopishdagi tadbirlar ham alohida ko’rsatilgan.
Xartiyada olimpiada o’yinlariga sportchilarni qo’yish shartlari ifodalangan. Bunda professional sportchilarning xalkaro olimpiada o’yinlarida qatnashishi man etilgan. Shuningdek, irkchilik, millatlarni kamsitish va diniy yo’llar bilan harakat qilishga yo’l qo’ymasligi alohida qayd qilingan.
2001 yil ma’lumoti bo’yicha Xalqaro Olimpiya qo’mitasi 200dan ortiq mamlakatning milliy olimpiya qo’mntalarini tan olgan.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining Oliy organi har yilda o’tkaziladigan sessiyasi hisoblanadi. Sessiyalar oralig’ida Xalqaro Olimpiya qo’mitasi faoliyatini ijroiya qo’mita boshqaradi. Olimpiya o’yinlari oldidan Xalqaro Olimpiya qo’mitasi o’zining Konfessi va Assambleyalarini tashkil etadi. Unda Prezident va ijroqo’mni saylash, o’yin qoidalari va dasturga kiritiladigan sport turlari va boshqa masalalar hal etiladi. Xalqaro Olimpiya qo’mitasining tarkibida Xalkaro Olimpiya akademiyasi mavjud.
U asosan Olimpiya g’oyalarini targ’ib qiladi. Bunda Prezident, 3 ta vise-prezident va a’zolar bo’ladi. Prezident har 8 yil muddatga saylanadi. Xalqaro Olimpiya qo’mitasi a’zolarini saylash muddati belgilanmaydi. Lekin u 72 yoshga kirsa, a’zolikdan chiqib ketadi.
Xalqaro Olimpiya harakatining barcha davrlarida 8 ta prezident saylangan. Ular quyidagilar:
D. Vikalis, Gresiya, 1894-1896 yillar.
Xalkaro Olimpiya qo’mitasining (XOK) moliyaviy manbai asosan Milliy olimpiya qo’mitalari (MOQ) a’zoligidan, ya’ni har bir a’zo Amerika dollari hisobidan badallar to’laydi, Olimpiya o’yinlariningtelevizion ko’rsatuvlaridan yig’ilgan pullarning bir qismi, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi byulleteniga obunalardan bir qismini tashkil qiladi. Olimpiya o’yinlari jarayonidagi barcha harajatlarni o’yinni tashkil qilgan mamlakat ko’taradi.
Olimpiya o’yinini o’tkazish uchun mamlakatda (shahar) Tashkiliy qo’mita tuziladi va u barcha ishlar uchun Xalkaro Olimpiya qo’mitasi, Xalkaro sport federasiyasi va Milliy Olimpiya qo’mitasi oldida to’la javob beradi.
Xalkaro Olimpiya qo’mitasi 26 ta Xalkaro sport federasiyalarini tan oladi. Ma’lum bir sport turini Xalkaro tan olishi uchun kamida 3 ta qit’alardagi 40 ta mamlakatida erkaklar va 2 ta qit’aning 25 ta mamlakatida ayollar tomonidan qo’llanishi shart.
Yozgi Olimpiya o’yinlari dasturi kam deganda 15 ta sport turi bo’yicha o’tkazilishi kerak. Sportchilarning Olimpiya o’yinlari bilan bog’liq bo’lgan moddiy harajatlarini (yotish joyi, ovqatlanish, transport va boshkalar) milliy Olimpiya qo’mitasi (MOQ) to’laydi.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining rezidensiyasi Lozanna (SHveysariya) shahrida joylashgan.
Ta’kidlash zarurki, har bir qit’ada Olimpiya o’yinlari kengashi mavjud, ular Milliy olimpiya qo’mitalari, sport uyushmalari bilan hamkorlik qiladi.
Xalqaro sport harakatida hozirgi davrda bir qator muhim muammolar mavjud. Turli mamlakatlarning sport-chilari yig’ilib musobaqa o’tkazish joyi faqat sportdagi kurashgina bo’lib qolmasdan, balki u professiv davlatlar bilan reaksion harakat nomoyandalari o’rtasida bo’la-yotgan siyosiy va g’oyaviy keskin kurash ob’ekta ham bo’lib hisoblanadi. Bunday kurashlar Olimpiya o’yinini o’tka-zishni hal qilish uchun yig’ilgan jarayonlarda va o’yin yakunlarida ko’proq namoyon bo’lmoqda.