Jismoniy sifatlar (harakat) ni rivojlantirish


Chaqqonlikni va chidamlilikni rivojlantirish



Yüklə 130,5 Kb.
səhifə2/7
tarix23.03.2023
ölçüsü130,5 Kb.
#89273
1   2   3   4   5   6   7
26 Harakat malakalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni

Chaqqonlikni va chidamlilikni rivojlantirish

Tarixan mavjud bo`lgan jismoniy madaniyat tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini madaniyatlay olishiga qarab baxo berildi. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana buginlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar deb atash kabul qilingan. Inson organizmining shu sifatlarini qanday pamosp qila olishiga qaray kuchli, chaqqon, tezkor va \.k. deb qaray boshlaganlar, bu sifatlar ulchoviga ega, uning ko`rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko`rsatkichlari deb ataladi va ko`rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlandn. Masalan, individ 100 kg ogirlikdagi shtangani yelkaga olib faqat 3 marotaba utirib tura olsa, boshqasi shu vazn bilan 5 marotabadan ortik utirib tura olishi mumkin. Shu mashqni ikki marta ortik bajarganligi uchun ikkinchi urtokning kuch sifati rivojlangan deb qaraladi. Bu sifat organizmning suyak, muskul va boshqa organlarining tukimalari, xujayralari va xokazolarning rivojlanganliligigagina bog`liq bo`lmay, ma`naviy-ruxiy fazilatlariga ham bog`liq. Shuning uchun harakat sifatlarini madaniyatlash ma`naviy-ruxiy fazilatlarni madaniyatlash ishi bilan chambarchas bog`liq va madaniyatning shu yunali shiga vosita bo`lib xizmat qiladi.
Harakat sifatlarini madaniyatlashga intilish insoniyatning azaliy orzusi. Mehnat qurollari, harbiy anjom va aslaxa bilan muomala qilish ning samaradorligi tabiat insonga in`om etgan va uni madaniyat jarayonida rivojlantirish mumkin bo`lgan jismoniy fazilatlarga bog`liq. Ibti doiy odamning jismoniy sifatlarining rivojlanganligi past bo`lsa, yashash uchun ko`rasha olmagan. Keyinchalik abstrakt tafakko`rning shakl lanib rivojlanishi shaxsni jismoniy va har tomonlama garmonik (ak liy, axloqiy, ruxiy, estetik, mehnat va madaniyatlarining boshqa element lari) madaniyat lash lozimligi masalasini kundalang kuydi.
Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, e`tikodli, sadokat li, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraf lama ma`naviy yetuk, jismonan garmonik rivojlangan kishini madaniyatlash hozirgi kungacha davrimizning asosiy vazifalaridan biri deb xisoblanib kelindi. Hozir ham bu dastur o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. U mamlakatimizda amalga oshiralayotgan "sog`lom avlod uchun" dasturining o`zagini tashqil etadi.
Xulosa qilganda, jismoniy madaniyatni, xususan, jismoniy sifat larni rivojlantirnshni moxiyatining yuqoriligi va salmoqliligi ko`zga yakkol tashlaiib turibdi. Shuni qayd etish kerakki, jismoniy sifatlar ni rivojlantirishda ularning (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va xokazolarning) barchasini o`zaro o`zviy boglab olib borishni madaniyat ja rayoni takazo qiladi. Lekin sportning ma`lum bir turida muayyan fazilat kuchlirok shakllanadi, rivojlanadi va u yetakchi harakat sifati tarzida nomoyon bo`ladi. Boshqa sifatlar ham nisbatan ri vojlanadi, lekin ular yordamchi, kumakchi harakat sifati tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, sport uyinlaridan basketbolda ayeosan chaqqonlik sifati rivojlanadi deb xisoblansa, tezlik yordamchi sifati tarikasida rivojlanadi. Lekin basketbol chidamlilikni ham madaniyatlashda asosiy vositadir. Ogir atletikachilarda kuch jismoniy sifati yetakchi fa zilat sanaladi. "Siltab kutarish (rkvok)ni ko`p mashq qilish esa tezkorlikni rivojlantiradi. Amaliyotda bu mashqlar orqali chidamlilik va egiluvchanlik ham kumakchi jismoniy sifat tarzida rivojlanishini guvoximiz. Umuman, chaqqon lnkni rivojlantirish uchun ko`prok uyinlardan: voleybol, basketbol, futbol, tennis, stol tennisi, gandbol, xokkey, regbi va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aslida bu uyinlar uchun tezlikning ahamiyati ham ikkinchn darajali emas. Chakkonlikni rivojlantirish esa tez o`zgaruvchan uyin sharoitiga moslasha bilishni, ko`zatuvchanlikni, muljalga to`g`ri olishni, qisqa fursat ichida turli murakkab vaziyatda aniq, to`g`ri tuxtamga kelish, uni xis qilish va o`z harakatlarini shu vaziyatga moslay olishdek hayotiy-zaruriy amaliy harakat malakalarni shakllantiradi.
Velosiped, harakatli uyinlar ham chaqqonlikni rivojlantiradi. Kuchni rivojlantirish uchun biz, odatda akrobatika, gimnastika, ogir atletika, ko`rash, eshkak zshish, o`rta masofaga yugurish, regbi, kulturizm kabi sport turlaridan foydalanishimizga to`g`ri kelmoqda. Aslida shu sport turlarining ayrim mashqlaridan to`g`ri va samarali foyda lanish maqsadga muvofiqdir.
Biz yosh sportchilarda egiluvchanlikni rivojlantirish uchun, odatda, badiiy va sport gimnastikasi mashqlaridan, akrobatikadan, suvga sak rashdan, kulturizmdan va boshqa mashqlardan foydalanimiz. Chidamlilikni rivojlantirish uchun o`rta va uzoq masofalarga yurish, sport yurishi, changida yurish, eshkak eshish, velosipedda yurish va shu bilan birga, ayrim mashqlarni qaytarishlar sonini oshirish bilan erishish mumkin. 300 m. ga 3 marta emas, balki 4 yoki 5 marta so`zish, 30 m. 60 m. 100 m. 200m. 400 m. ga yugurish; shu masofalarga so`zish, velosipedda qisqa masofa ga poyga(git), sport uyinlari, shtangada "siltab kutarish" mashqlarni bajarish tezkorlikni rivojlantirishning asosiy vositasi xisoblanadi.
Tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, kuch, shu kabi jismoniy sifatlar xech qachon alohida ajratib rivojlantirilmaydi. Madaniyatning boshqa turlari - aqliy, axloqiy, ruxiy, mehnat, va boshqalarni tar biyalash jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashg`ulotlarida osonrok kuchadi va madaniyat jarayonining samaradorligini oshiradi. Har qanday harakat biror-bir konkrekt harakat vazifasi deb atala digan vazifani xal qilishga qaratiladi. Masalan, iloji boricha balandrok sakrash, tupni ilib olish, rakibni aldab utish, shtangani kutarish va xokazo. Harakat vazifasining murakkabligi, bir vaqtda va ketma-ket bajariladngan harakatlarning uygunligiga bo`lgan talablar, harakatlar koordinatsiyasi va boshqalar bilan belgilanadi.
Harakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi ulchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakter» stikala ri harakat vazifasiga mos bo`lsa, harakat yetarli darajada aniq bo`ladi, hara kat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi ulchovidir.
Hayotda va sportda duch kelishi mumkin bo`lgan barcha harakatlarni ikki guruxga ajratamiz.
1. Nisbatan stereotip harakatlar.
2. Nosteriotip harakatlar.
Engil atletika yulkasida, tyokiz joyda yugurishlar, uloktirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, birinchi gurux harakatlarnga, sport uyinlari, yakkama-yakka olishuv, slalom, kross va shu kabilar ikkinchi gu ruxga kiritiladi. Stereotip harakatlardagi aniqlik, kishi bu harakat larni bajarishning qanchalik uzoq mashq qilganligiga, va uni tezxnikasini o`zlashtirganligiga bog`liq. Agar inson o`zi uchun yangi harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, bu harakatni o`zlashtirib olishiga ko`ra vaqt ni turlicha sarflannshiga qarab chaqqonlikka ham baxo beriladi.
Bu ta`rifimizdan ko`rinib turibdiki, chaqqonlik - bu baxo lash uchun yagona ulchovga (kriteriyga) ega bo`lmagan murakkab kompleksli fazilatdir. Har bir muayyan xolda, sharoitga qarab u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar. Chakkonlik anchagina xususiy fazilatdir. Sport uyin larida chaqqon bo`lib, gimnastikada unchalik chaqqonlik ko`rsata olmaslik mumkin. Chakkonlikning hayotiy muhim harakat sifati tarzida namoyon bo`lishi gavdaning nisbatan kam harakatda bo`lgani xolda, qo`llar bilan moxirona harakat qilishda kul chaqqonligini namoyon bo`lishi (ajratuvchi, slesarlik, uymakorlik, duradgorlik, stanokda ishlash, kosiblik va bosh kalarda) ko`zga tashlanadi. Har qanday harakat qanchalar yangi bo`lib tuyulmasin, doimo koordinatsiyaviy boglanishlar asosida bajariladi.
Sxematik tarzida har qanday individ yangidan-yangi harakatlarning barchasini oldindan o`zlashtirgan tajribalari zaxirasi asosida o`zlashti radi va mustaxkamlangan, goyat ko`p elementar koordinatsnyaviy bo`lakcha larning yiginini to`zadi. Kishida harakatlar koordinatsiyalarining zaxi rasi, harakat kunikmalari zamini qanchalik ko`p bo`lsa, u yapgi harakatlarni shuncha tez o`zlashtirib oladi. Unda chaqqonlik darajasi aytarli yuqori bo`ladi. Chakkonlikning namoyonlik darajasi analizatorlar faoliyatiga, jumladan, harakat analizatorlarining faoliyatiga bog`liqdir. Individning harakatlarni aniq taxlil etish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo`lsa, yangi harakatlarni tez egallab, ularni qayta o`zlashtirish, yangilash imkoniyatlari shunchalik yuqori bo`ladi. Sport bilan endigina shug`ullana boshlagan kishilardi harakat tuygusi (kinesteziya) ko`rsatkich lari zaxirasiga tayanib urgatish (o`qitish) jarayoni yulga qo`yiladi. Bosh kacha qilib aytsak, shug`ullanayotganlarda o`z harakatlarini aniq sezish va idrok qilish qobiliyatlari qanchalik yaxshi bo`lsa, yangi harakatlarni ular shunchalik tez o`zlashtiradilar. Chakkonlik markaziy nerv sistemasi ning plastikligiga ham bog`liq va uning darajasi shu bilan aniqlanadi.
Chakkonlik, psixologiya nuktai nazaridan, o`z harakatlarini va tevarak-atrofidagi harakatni ijro etish, sharoitni idrok etish qobiliyati qanchalik ekanligiga, shuningdek, shug`ullanuvchining tashabbuskor ligiga bog`liq. Bu harakat sifati murakkab harakat reaksiya larining tezligi va aniqligini namoyon qilishda juda muhim rol uynaydi.
Chakkonlikni rivojlantirishi metodikasi bilan tanishib chiksak: birinchidan - chaqqonlikni rivojlantirish koordinatsiya jixatdan murak kad harakatlarni bajarishni; ikkinchidan - harakat faoliyatini tusat dan o`zgargan sharoit talablariga muvofchk ravishda qayta to`za olish qobiliyatini madaniyatlashdan iboratdir. Bunda chaqqonlik uchun zarur bul gan o`z harakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish, lozim bo`lsa, sta bil harakatlar, muvozanat saqlay olish, galma-gal zur berish va muskul larni bushattirib olish yoki, aksincha, muskullarni taranglash tirish qobiliyati va shunga uxshash boshqa xususiyatlarni tanlab takomillashti rish muhim ahamiyatga ega. Demak "chaqqonlik" deganda, harakatlar koordinaiyalarning umumiy tuplamiyigindisi tushuniladi.
Chakkonlikni rivojlantirish va madaniyatlashning asosiy yuli yangi xilma-xil harakat malakalarini va kunikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa harakat malakala rining zaxirasi ortib borishiga sabab bo`ladi va harakat analizatorlarining funksional imkoniyatlariga sama rali ta`sir ko`rsatadi. Yangi harakatlarni o`zlashtirish o`zluksiz bulga ni yaxshi. Agar uzoq vaqt oraligida yangi harakatlarni o`rganish rejalash tirilgan bo`lsa ham, o`quvchilarga vaqti-vaqti bilan o`zlariga ma`lum bo`lmagan mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki yangi hara katlar (mashqlar) o`zlashtirib turilmasa shug`ullanuvchini harakatga urgatish qiyinlashadi. Bunday mashqlarni tula o`zlashtirib olish shart emas, chunki u shug`ullanuvchilarning qandaydir yangi harakatlarni xis qilib turishlari uchun zarur. Bu kabi mayda-chuyda harakatlarni, odatda, aktiv dam olish uchun ajratilgan kunlardagi trenirovka jarayoni tarki biga kiritiladi. Chakkonlini rivojlantirishda yangi harakatlarni o`zlash tirib olish qobiliyati sifatida har qanday ixtiyoriy harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi element lari bo`lgani uchungina urganiladi. Malaka avtmatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati kamayib boradi.
Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq qayta to`zish qobiliyati tusatdan o`zgargan sharoitdagi ta`sirlarga darxol javobning berilishi chaqqonlikni rivojlanayotganligidan dalolat bera di. Bunda yo`qlamning o`zgarishi sodir bo`ladi, chaqqonlikni rivojlantirishga yunaltirilib yo`qlamani oshirish shug`ullanuvchilarga koordinatsi yaviy qiyinchiliklarni oshirib amalga oshiriladi. Ular yengishi lozim bo`lgan koordinatsiyaviy qiyinchiliklarni uch guruxga bo`ladilar:
1. Harakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchiliklar;
2. Ularning o`zaro moslasha oluvidagi qiyinchiliklar:
3.Birdaniga, qisqa, o`zgargan sharoitdaduch kelinadiganlari.
Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni oson xal qilish uchun, vsosan, L.P.Matveyevning chaqqonlikni madaniyatlash uslubiyatidan ko`prok foydalaniladi:
1. Gayritabish, gayri oddiy dastlabki holatdan foydalanish(chyarur bo`lgan tomonga orqa bilan turib uzunlikka sakrashlar va x.k).
2. Mashqni oynaga qarab bajarish( diska»» chan kul bilan ulokti rish yoki bokschini chap tomonlama turib zarba berishi).
3. Harakatlar tezligi va surgatning o`zgartirish (m., tezlashtiril gai usulda yoki sekinlashtirib mashqlar bajarish).
4. Fazoda mashqlar bajarilayetgan chegaralarni o`zgartirish (m., ulok tirishda snaryadlarni kichiklashtirilgan aylanadan uloktirish yoki maydonining satxi kichiklashtirilgan sport uyinlaridan foydalani lanish, chunki keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish uchun qulaylik tugdirmaydi; balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash va xokazolar).
5. Kushimcha harakatlar kiritib mashqlarni murakkablashtirish (masalan, yerga tushish oldidan qo`shimcha burilishlar qo`shib, tayanib sak rash va boshqalar).
6. Tanish mashqlarni oldindan rejalashtirmay, ma`lum bo`lmagan tarzda qo`shib bajarish(myasyalt, gimnastik kombinatsiyalarini kurgan va ukitgan zaxoti bajarish musobaqasi va shunga uxshashlar).
7. Juft va gruppa bo`lib bajariladigan mashqlarda shug`ullanuvchilar ning bir-biriga ko`rsatadigan qarshiliklarini o`zgartirish (masalan, uyin larda turli taktik kombinatsiyalarni qullash, mashqlarni bajarishda tez-tez sheriklarni o`zgartirish).
Chakkonlikni nisbatan xususiy bo`lgan sifatlaridan biri muskullar ni ratsional bushashtira bilishni o`rganish va uni takomillashtirishdir. Har qanday harakat ma`lum ma`noda muskullarni ko`zgalishi va bushash tirilishining natijasidir. Ko`zgalishdek, bushashtirish(lozim bo`lgan mus kulni, lozim bo`lgan payitda)ni bilish har qanday harakatni samarali bajarishda muhim rol uynaydi. Harakatni koilmakom qilib bajarish uchun vaqtincha bushashib turishi kerak bo`lgan muskullar guruxining tarangligi harakatni bajarish uchun lozim bo`lgan bemalollik (bugiklik) ni, harakatni erkin bajarishni yo`qka chiqaradi.
Harakatni bugik, erkin emin bajaraolmasak ruxiy va muskul tarangligi orqali sodir bo`ladi deb uni nkki guruxga ajratiladi. Ruxiy tarang lik vsosan xis xayajonga sabab bo`ladigan faktorlar (kuchli rakibni ko`rish, musobaqalashadigan muhit, tomoshabinlar va x. k.) orqali so dir bo`ladi va chaqqonlikgagina emas, organizmning boshqa funksional hamda jismoniy sifatlariga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bu dikkatni tuplay olmaslik, faoliyat tarkibidagi o`zgurtirish knlishda kechiqish, harakatlar ketma-ketligini bo`zilishi va boshqalar tarzida namoyon bo`ladi. Bu noqulayliklar bilan ko`rashish yulari haqida "Sport psixologiyasi" fanida lozim bo`lgan ma`lumotlarni olish mumkin. Ruxiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir bo`lishi bilan ko`zatiladi.
Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib kuyidagi qayd qilingan uch shaklda namoyon bo`ladi; a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul taranglashishi; b) uta tez bajarish okibatida muskulni taranglikdan tushishga, bushashishga ulgurmasligidan sodir bo`ladigan taranglik fiziologiyasi va jismoniy madaniyat nazariyasi fanlari orqali urganiladi.
Chakkonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni bajarishda muskullar nixoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muxtoj bo`lib, charchash sodir bo`lganda, mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga ko`ra organizm sarflangan energiyani nisbatan tulik tiklanishi uchun yetarli bo`lganda dam olish oralik laridan (inter valdan) foydalaniladi. Yuqori dara jada energiya sarflash bilan baja rilgan mashqlardan so`ng chaqqonlikni madaniyatlaydigan mashqlarni baja rish biz kutmagan natijani beradi.

Yüklə 130,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin