51. S: Sport zali deb nimaga aytiladi?
J: Sport zali deb – usti berk, yorug‘ va atroflariga tegishli to‘siqlar bilan to‘silgan faqat yog‘och pollardan iborat bo‘lgan usti berk binoga aytiladi.
52. S: Sport zallarining o‘lchamlari qanday bo‘ladi?
J: Uzunasi 42 m, eni 24 m, balandligi 8 m yoki 6 m. 24 m, eni 12 m balandligi 6 m, undan tashqari sport zalida yechinish, ustozlar va meditsina hamshiralari uchun aloxida xona hamda cho‘milishi xonalari (dushxona) bo‘ladi.
53. S: Gipodenamiya o‘zining ma’nosini ayting?
J: Gipodenamiya degani inson harakatini susayishi demakdir. Olimlar bu masalada eng chopqir hisoblanadigan ikkita quyonda tajriba-sinov o‘tkazganlar. Quyonning har ikkalasini dumiga bir xil og‘irlik bog‘lab qo‘yilgan. Bir oydan keyin ikkala quyon tekshirilganda ikkovini ham harakat faolligi kamaygan. Yuraklari esa anchagina kattalashgan. Shu sababli maktab o‘quvchilari har kuni hech bo‘lmasa bir soat jismoniya tarbiya yoki sport turi bilan shug‘ullanishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |