595. S: Jasurlik
J: Shaxsiy hayot uchun havf-xatarli bo‘lgan xarakatlarni ma’tonat bilan oqilona bajarishda ifodalanadigan xislat.
596. S: Zehn
J: Shahsning maxsus qobiliyatlarini maxsus qobiliyatlarini tarkib topishi va rivojlanish uchun asos bo‘ladigan anatomik-fiziologik imkoniyatlarini, tug‘ma is’tedod belgisi.
597. S: Ziyolilik
J: Nazariy masalalarni tushunishiga, ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorgarlikdan iborat ma’naviy –ma’rifiy sifat, ma’lum darajadagi aqliy yetuklik.
598. S: Komil inson
J: Prezilentimiz I.A.Karimov “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustivor sohasida deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, onggi yuksak, mustaqil fikirlay oladigan, xulq atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz” deb ta’kidlangan edi.
599. S: Maktab
J: Qadimgi Yunonistonda maktab “Quvonch uyi” – ya’ni bolalarni o‘yin va o‘quv faoliyatini tashkil etadigan joy, arablarda esa “ta’lim oladigan joy” ma’nolarini anglatadi. Bugungi kundla maktab yosh avlod ta’lim- tarbiya beradigan ijtimoiy institut. Maktablarda o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularning bilim olish e’tiyojlarini, ularnng asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy –ahloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof –muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |