590. S: Darslarga nisbatan talablar.
J: Darsning samaradorligini oshirish yuqori natijalarga erishish uchun quyidagi talablarga rioya etish zarur:
Har bir darsda ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantirish maqsadlari yaxlitligini ta’minlash;
Har bir dars didaktik qonuniyat, tamoyil va qoidalar, eng avvalo ta’limning ilmiyligi, xayot bilan bog‘lanishi asosiga qurilish;
Har bir dars o‘zining aniq ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni har tomonlama rivojlantirish maqsadga ega bo‘lish;
Darsning har bir bosqichida o‘quvchilarning o‘quv –bilim faoliyatini oshiruvchi xilma xil usul, uslub, vositalardan foydalanishi;
Darslar o‘quvchilarning hissiy holatlarini kuchaytirishga ta’sir etish orqali yangi, muhim bilim, ko‘nikma va malakalarini oson, samarali o‘zlashtirib olishlarini ta’minlash;
Ha bir darsda o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini doim nazorat etish va baholashni amalga oshirish;
Har bir dars o‘quvchida, o‘qituvchida Fan texnika madaniyat tajribalar sohasidagi yangiliklarni egallab olishga intilish, erishilgan natijalardan quvonish, ma’naviy qoniqish, mustaqil bilim olishga qiziqishlarini o‘stirishi;
Har bir dars didaktik va texnik jihatdan optimal jihozlangan bo‘lishi;
Har bir darsda doim bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlab, takrorlab borish;
Har bir darsni boshqa o‘quv predmetlari darslar bilan bog‘lanishini ta’minlash;
Har bir darsda samarali natijalarga erishishga intilish;
Dars davomida o‘quvchilarni o‘quv mehnati, intizomini ta’minlashga erishish;
Har bir dars o‘zining tarkibiy qismlari bilan ajralib turish;
Har bir dars muayyan nisbiy yo‘nalishiga, o‘rganilayotgan materialini o‘quv, bilim, mehnat faoliyatini qaysi sohasida qo‘llanishini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
Uy va o‘quv topshiriqlari samaradorligi va uning natijasini doimiy tekshirib borish;
Har bir darsda ijodiy, ma’naviy, axloqiy, ruhiy va sanitariya-gi gigienik shart –sharoitlarini yaratish.
Dostları ilə paylaş: |